Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olinadi

© AP Photo / Sakchai LalitVaksina ot COVID-19 vo vremya testirovaniya v issledovatelskom sentre vaksin
Vaksina ot COVID-19 vo vremya testirovaniya v issledovatelskom sentre vaksin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi Mixail Murashko Rossiyada ommaviy vaksinatsiya oktabr oyida boshlanishini ma’lum qilgan edi. Uning aytishicha, barcha harajatlar davlat budjetidan qoplanadi

TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Koronavirusga qarshi vaksinatsiya dastlabki bosqichda tibbiyot xodimlari va mamlakatning keksa yoshdagi aholisiga qilinadi,deb xabar qildi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Oleg Gridnev.

Sotrudnik restorana vozle tablichki Teper otkrito v San-Antonio - Sputnik O‘zbekiston
“Vaksinalar uchun poyga”: G‘arb Rossiyani ayblamoqda

"Gamaleya markazida ishlab chiqarilgan vaksina 12-avgustda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Hozirda oxirgi, uchinchi bosqich ustida ish olib borilmoqda. Uning sinovlari - o‘ta muhim. Biz vaksina xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Birinchi galda tibbiyot xodimlari va keksa yoshdagi kishilar vaksinatsiya qilinadi", - deb aytgan Gridnev Ufada onkomarkaz korpusi ochilishi marosimida jurnalistlarga.

Gridnevning aytishicha, preparatning samaradorligiga aholida ommaviy immunitet shakllanganiga qarab baho berish mumkin bo‘ladi.

Koronavirusga qarshi vaksinaning ishlab chiqarilishi

Sal oldin Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi Mixail Murashko Rossiyada ommaviy vaksinatsiya oktabr oyida boshlanishini ma’lum qilgan edi. Uning aytishicha, barcha harajatlar davlat budjetidan qoplanadi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev koronavirusga qarshi vaksinatsiya qilish yo‘llarini puxta o‘rganish topshirig‘ini berdi

Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan vaksinaning klinik sinovlari 18-iyun kuni Sechenov universitetida boshlangan edi.

O‘ttiz sakkiz nafar ko‘ngilli ishtirok etgan tadqiqotlar davomida vaksinaning xavfsizligi tasdiqlandi. Ta’kidlanishicha, vaksinani sinovdan o‘tkazgan barcha ishtirokchilarda infeksiyaga nisbatan immunitet shakllangan.

Markaz direktori Aleksandr Ginsburg koronavirus vaksinasi hammaga ham to‘g‘ri kelmasligiga e’tibor qaratgan.

Uning aytishicha, preparat kasallikni zo‘raytirib yuborishi mumkin, shu bois, surunkali kasalligi bor odamlar dastavval mutaxassislar bilan maslahatlashishlari zarur bo‘ladi.

Shuningdek, "Vektor" markazi ham o‘z preparatini tayyorlamoqda. Muassasa bosh direktori Rinat Maksutov vaksina ishlab chiqarilishi noyabr oyiga rejalashtirilganini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0