TOShKENT, 7 avg - Sputnik. O‘zbekiston poytaxti IIBB xodimlari Xitoy fuqarosini talaganlikda gumonlanuvchi shaxslarni qo‘lga oldi.
Hodisa 3-avgust kuni yuz bergan. Yakkasaroy tumani ichki ishlar organlariga 24 yoshli Xitoy fuqarosi Ya.D. murojaat qilib, soat taxminan 22.40 da o‘zining "Lasetti" avtomobilida ikki notanish kimsa tomonidan talab ketilganini xabar qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, g‘arazgo‘ylar xitoylik fuqaroni savollar bilan chalg‘itib, salondan ichida pasport, so‘m, AQSh dollarlari, bank kartalari bo‘lgan sumkani o‘g‘irlab ketishgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida, sumka, pasport va kartalar shaharning Bog‘tepa ko‘chasidagi daraxt ostidan topilgan.
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 166 moddasi ("Talonchilik") bo‘yicha jinoiyi sh qo‘zg‘atilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijalariga ko‘ra, shuningdek tashqi videokuzatuv kameralari yozuvlari asosida Yakkasaroy tumani IIO FMB xodimlari talonchilikda gumonlanuvchi shaxslar sifatida 25 yoshli Azizxon M. va 23 yoshli Mirzofil S.lar qo‘lga olingan. Tergov davomida o‘g‘irlangan narsalarning bir qismi jabrlanuvchiga qaytarilgan.
Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.