Talonchilik jinoyati bo‘yicha qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishHibsga olish jarayoni
Hibsga olish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda ular bilan Toshkent shahri hududida sodir etilib, ochilmay qolgan boshqa jinoyatlar yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda

TOShKENT, 16-may — Sputnik. Toshkent shahar IIBB tomonidan talonchilik jinoyati bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan 4 nafar shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xodimi xabar berdi.

2017 yil 19 va 29-aprel kunlari noma’lum shaxslar tomonidan Olmazor tumanida va Shayxontoxur tumanida ikkita talonchilik jinoyati sodir etilgan. Jinoyatchilar voqea joyidan yashiringanlar.

O‘zbek militsiyasi patrul mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda "Samarqand Darvoza" savdo majmuasiga "bomba" qo‘yishdi
2017 yil 14-may kuni Toshkent shahar IIBB va Shayxontoxur tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda yuqoridagi keltirilgan tumanlarida sodir etilgan talonchilik jinoyatlarini fosh etish maqsadida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida:

1989 yilda tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan, Shayxontohur tumanida yashovchi Olimjon Ravshanovich Azimov, 1993-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, Olmazor tumanida vaqtinchalik yashovchi Sobirjon Mirfayzi o‘g‘li Axmedov, 1990-yilda tug‘ilgan, Olmazor tumanda yashovchi Azizjon Axmedjanovich Axrarov, 1991-yilda tug‘ilgan, Olmazor tumanida yashovchi Sherzod O‘lmas o‘g‘li Mirzabekovlar aniqlanib ushlandilar.

Ular bilan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida A.A.Axrorov boshqaruvi bo‘lgan "Spark" rusumli avtoulovda O.R.Azimov va S.M.Axmedovlar bilan, shuningdek Sh.O‘.Mirzabekovning boshqaruvida bo‘lgan "Matiz" rusumli avtoulovda O.R.Azimov va S.M.Axmedovlar bilan joriy yilning 11-may kuni soat taxminan 21-40 larda, Shayxontoxur tumani yashovchi fuqaroning bo‘ynidan bahosi 4 mln so‘mlik tilladan ishlangan zanjirni talonchilik yo‘li bilan tortib yulib voqea joyidan yashiringanliklari aniqlangan.

Hozirda ular bilan Toshkent shahri hududida sodir etilib, ochilmay qolgan boshqa jinoyatlar yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0