Namanganda MChJ rahbari va bank xodimi qariyb 100 mln so‘mni talon-taroj qildi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ular “Agrobank”dan fuqarolar nomlariga kredit pulini issiqxona qurish maqsadida olib, talon-taroj qilishgan.

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Namanganda MChJ rahbari va bank xodimi qariyb 100 mln so‘mni talon-taroj qildi.

Ladon zapachkannaya neftyu - Sputnik O‘zbekiston
“Andijonneft” davlat budjetini 12 mlrd so‘mga talon-taroj qildi

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsudinovning ma’lum qilishicha, “To‘raqo‘rg‘on A.T.” MChJ rahbari G‘.T “Agrobank” To‘raqo‘rg‘on tumani filiali bo‘lim boshlig‘i N.E. bilan birgalikda ushbu bankdan 4 nafar fuqarolarning nomlariga jami 99,2 mln. so‘m kredit pul mablag‘larini issiqxona qurish maqsadida olib, talon-taroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan JKning 167-moddasi (“O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish”) 2-qismi "b, v" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0