O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 29 mingga yaqinlashmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishVrach v zapotevshix zashitnix ochkax vo vremya raboti v gospitale dlya lecheniya zarajennix koronavirusnoy infeksiyey COVID-19
Vrach v zapotevshix zashitnix ochkax vo vremya raboti v gospitale dlya lecheniya zarajennix koronavirusnoy infeksiyey COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu bilan birga, ushbu infeksiyadan Olmazor tumanida yashagan 39 yoshli erkak hamda Uchtepa tumanida yashagan 68 yoshli ayol vafot etdi.

TOShKENT, 7 avg - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28 809 nafarga yetdi, deb xabar berdi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Izobrajenie novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar koronavirusning zaif joyini aniqladi

Yangi kasallanish holatlarining 136 nafari Toshkent shahrida, 130 nafari Toshkent viloyatida hamda 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aniqlangan.

Shu bilan birga, infeksiyadan Olmazor tumanida yashagan 39 yoshli B.S. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 68 yoshli L.K. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Hozirda mamlakatda 9 043 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 728 nafari og‘ir, 217 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Butun dunyoda koronavirus bilan bemorlanganlar soni 19 milliondan oshgan, deb xabar bermoqda Jons Xopkins universiteti.

Bunda AQSh 4,9 million holat bilan yetakchilikni saqlab turibdi. 

Dunyo bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni 712,5 mingdan oshgan, shularning 160 mingdan oshig‘i AQShda.

Yangiliklar lentasi
0