"Uni tutib bo‘lmaydi": AQSh Rossiyaning qaysi qurolini umuman kuzatuvga ololmadi

© Foto : U.S. Air Force / Tech. Sgt. Heather RedmanAmerikanskiy visotniy samolet-razvedchik Lockheed U-2
Amerikanskiy visotniy samolet-razvedchik Lockheed U-2 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harakatlanayotgan poyezd oldida yo‘l ochish, lokomotivni tezda ta’mirlash, qo‘shinlarni butun mamlakat bo‘ylab ko‘chirish – 6-avgust, payshanba kuni harbiy temir yo‘lchilari o‘zlarining kasb bayramini nishonlamoqda.

TOShKENT, 6 avg - Sputnik, Andrey Kos. Harakatlanayotgan poyezd oldida yo‘l ochish, lokomotivni tezda ta’mirlash, qo‘shinlarni butun mamlakat bo‘ylab ko‘chirish – 6-avgust, payshanba kuni harbiy temir yo‘lchilari o‘zlarining kasb bayramini nishonlamoqdalar. Ularning jangovar texnikasi har doimgidek noodatiy bo‘lgan. Relsdagi zirhli mahluqlar haqida - RIA Novosti materialida.

Zaxira yo‘lida

Garchi zirhli poyezdlar XIX asrda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ular hali ham Rossiya armiyasi zaxirasida mavjud. Birinchi chechen kampaniyasi paytida, SP-1 va SP-2 maxsus poyezdlari Nazran-Grozniy uchastkasida ta’mirlash-tiklash guruhlarini himoya qilgan. Ularning har birining platformalarida ikkitadan BMP-2 mavjud. Shuningdek, ushbu maydonchalarda qum va shpaldan yasalgan boshpanalar, avtomatlar va avtomatik granatomotlar uchun o‘t ochish nuqtalari jihozlangan.

Ikkinchi chechen kampaniyasida beshta maxsus poyezd ishtirok etdi. Ekipajlarga temir yo‘l yo‘nalishlarini muhandislik razvedkasi, fugaslardan tozalash, qo‘shin eshelonlarini jangovar kuzatuvi va mudofaasi yuklatilgan. Va bugungi kunda "Baykal", "Terek", "Amur" va "Don" zirhli sostavlari, zaruriyat tug‘ilsa, yo‘lga chiqishga tayyor. Xususan, 2015-yilda ulardan ikkitasi bir nechta harbiy okruglarda moddiy-texnik ta’minot qo‘shinlarining mashqlarida ishtirok etgan.

Podgotovka k transportirovke raketnogo ekranoplana proyekta 903 Lun - Sputnik O‘zbekiston
“Kaspiy mahluqi”ni qayta tiklash kerakmi yoki yo‘q

Biroq, yaqin vaqtgacha relslardagi eng qo‘rqinchli mahluklar - 1980-yillarning oxirlarida xizmatga qabul qilingan RS-22 qit’alararo ballistik raketalari bilan jihozlangan jangovar temir yo‘l raketa tizimlari (BJRK) edi. Ushbu yadroviy ushlab turish vositalari rivojlangan temir yo‘llar tarmog‘i tufayli juda harakatchan edi, ularni yo‘ldoshlardan kuzatish juda qiyin bo‘lgan. BJRK birinchilardan bo‘lib yadroviy qurolsizlantirish dasturining bir qismi sifatida xizmatdan chiqarildi.

2013 yil aprel oyida Mudofaa vazirining o‘rinbosari Yuriy Borisov "Barguzin" nomli yangi avlod BJRK loyihasi haqida ma’lum qildi. 2014-yil dekabriga kelib, Mudofaa vazirligi kompleksga qanday raketa o‘rnatilishi bo‘yicha qaror qabul qildi: bu RS-24 “Yars”. Bitta poyezdga – oltita raketa. Ular oddiy yuk vagoniga sig‘adi, bu esa fuqarolik poyezdlari oqimida BJRK-ni samarali niqoblash imkonini beradi.

Biroq, 2018-yilda loyiha muzlatilganligi ma’lum bo‘ldi va bo‘sh qolgan mablag‘lar shaxtada joylashtiriladigan "Avangard" raketa majmuasini yaratishga sarflandi. Shunga qaramay, raketa poyezdlari bo‘yicha ishlanmalar saqlanib qoldi va Rossiya ularni ishlab chiqarishni tiklashga doim qodir.

Birinchi "Xunxuz"lar

BJRKning katta nabiralari deb 1915-yilda imperator armiyasi tarkibiga kiritilgan birinchi rus zirhli poyezdlarini atasa bo‘ladi. Unda qo‘shinlar tarkibiga beshta maxsus poyezd kiritildi. Birinchi jahon urushining eng yaxshi zirhli poyezdlari deb “Hunxuz” tipidagi to‘rtta poyezd hisoblanadi.

Ularning har biri "O" seriyali parovoz va ikki o‘qli platformadan iborat bo‘lgan. Ular Avstriyaning 12 ta qo‘lga olingan sakkiz millimetrlik Shvarsloze pulemoti va 1904-yilda ishlab chiqarilgan 76,2 millimetrlik tog to‘piga ega minora bilan jihozlangan. Qalinligi 1,2-1,6 santimetr po‘lat tunuka bilan qoplanishi 94 kishidan iborat ekipajni o‘qotar quroldan himoya qilishga yetarli edi.

Pusk ballisticheskoy raketi operativno-takticheskogo raketnogo kompleksa Iskander-M s poligona Kapustin Yar v Astraxanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya quroli: “Iskander” nima uchun matroslarning yo‘l-yo‘l maykasini kiyib ko‘rmoqda

Bosh zirhli poyezd 1915-yil 24-sentabr kuni erta tongda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Avstriya okoplar chizig‘iga yetib borib, bo‘ronli o‘t ochgan. Shoshib qolgan dushman chekindi va rus piyoda qo‘shinlari darhol hujumga o‘tdilar. Biroq, avstriyaliklar tezda o‘zlariga kelib, ikkinchi himoya chizig‘ida “Xunxuz”ni ishdan chiqarishdi.

Rossiya armiyasi yirik operatsiyalarda zirhli sostavlardan faol foydalangan, xususan, Brusilov hujumida.

Front yo‘llarida

Zirhli poyezdlar fuqarolar urushida janglarda ikkala tomonda ham ishtirok etishgan. Ikkinchi Jahon urushida o‘nlab turli xil loyihalar bo‘yicha qurilgan, yengillaridan tortib o‘ta og‘irlarigacha, ikki yuzdan ortiq zirhli poyezdlar temir yo‘llarda janglar oborgan. Ulardan eng mashhuri, shubhasiz, Sevastopolni himoyasida qatnashgan “Jeleznyakov”dir.

U haqiqiy quruqlikdagi mahluq bo‘lib, to‘rtta platformada joylashgan beshta 76 millimetrlik to‘p, ikkita 82 millimetrlik minomot, o‘n to‘rtta 7,62 millimetrlik Maksim pulemetlari va ikkita 12,7mm zenitli DShK bilan qurollangan edi. Zirh qalinligi 30 millimetrga yetgan, tezligi esa soatiga 50 kilometrni tashkil etgan, bu esa “Jeleznyakov”ga zarbani samarali ushlab turishga va hujumdan tezda chiqib ketishga imkon bergan.

Raketniy kompleks Iskander-M - Sputnik O‘zbekiston
NATO yangi raketali "Iskander-M" tizimi joylashtirilishiga javob bermoqchi

Nemislar uni "yashil sharpa" deb atashgan. Tinch holatda ekipaj kamuflyaj ranglarini o‘zgartirib, sostavni qayta bo‘yashgan. Yo‘lga "Jeleznyakov" faqat sinchkov razvedkadan so‘ng chiqardi. Hujum chizig‘ida u dushman istehkomlariga kuchli zarba berib, darhol pozitsiyasini o‘zgartirardi. "Jeleznyakov" tosh qoyalarda yoki tunnellarda o‘yilgan tor chuqurchalarda yashirinar edi. Gitlerchilar tutib bo‘lmas zirhli poyezdni kuzatishga muvaffaq bo‘lishdi. Aviatsiya u yashiringan tunnelga hujum qilib ikkala chiqish yo‘lini to‘sib qo‘ydi.

1942 yil 1-mayda shakllantirilgan 31-chi zirhli poyezdlar divizioni Volgadan Berlingacha janglar olib bordi. Uning asosiy zarba kuchi "Kozma Minin" va "Ilya Muromes" sostavlari. Ularning har biri 76 millimetrlik to‘rtta to‘p, ikkita reaktiv snarad uchirish uskunasi, 12 tadan DT pulemeti va to‘rttadan 25 millimetrlik avtomat zenit qurollari bilan jihozlangan bo‘lgan. Zirh qalinligi 4,5 santimetrga yetgan.

Bo‘linma Kursk jangida 61-chi armiyaning hujumini himoya qilib turgan, G‘arbiy Ukrainani ozod qilgan va nemislarga Polshada zarbalar bergan. Uning hisobida – artilleriya duelida vayron qilingan bitta nemis zirhli poyezdi, 42 ta minomot batareyasi, 24 ta alohida qurol nuqtasi, 14 ta dzot, 94 ta pulemot punkti, 15 ta samolyot va yuzlab dushman askarlari.

Urushdan keyin

1970-yillarda, XHR bilan munosabatlar keskinlashuvi tufayli SSSR Sovet-Xitoy chegarasi bo‘ylab Transsibir magistralini patrullash va himoya qilish uchun to‘rtta zirhli BP-1 poyezdini qurishga qaror qildi.

Yangi texnika, hozirda aytilganidek, modulli bo‘lgan. Zirhli teplovoz sakkizta platformada ikkita PT-76 suzuvchi tanki, sakkizta BTR-40JD zirhli transportori, shuningdek ikkita Zu-23-2 zenit qurollari joylashgan maydonchani tortib kelgan.

Pilot F-35 vo vremya podgotovki k vzletu v Saut-Berlingtone, SShA - Sputnik O‘zbekiston
F-35 modernizatsiyasi - to‘kilgan obro‘ oqibati

Shuningdek, beshta BTL-1 rusumidagi jangovar modul: manevrli teplovoz va T-54, T-55 yoki T-62 tanklari o‘rnatilgan ikkita to‘rt o‘qli platformalardan iborat bo‘lgan. Bunga qo‘shimcha odatiy qurollarga ega piyodalar bo‘linmasi. Bu poyezdlar mustaqil ravishda ham harakat qilishlari mumkin edi.

Darvoqe, bu poyezdlar janglarda qatnashishiga to‘g‘ri kelmadi. Pekin bilan aloqalar yaxshilandi va BP-1 zaxiraga yuborildi.

Yangiliklar lentasi
0