Rossiyaning dunyoda yagona "Lun" raketali ekranoplani 31-iyul kuni Kaspiyskdan Derbentga dengiz orqali tortib kelindi, u “Patriot” parkining markaziy eksponatiga aylanadi.
34 yil oldin Nijniy Novgorodda qurilgan “Lun” ekranoplani, uzoq sinovlardan so‘ng 1991-yilda tajribali foydalanish uchun Kaspiy flotiliyasiga topshirildi. Va u 903 loyihaning rejalashtirilgan sakkizta apparatidan faqat bitta yagona bo‘lib qoldi. Ammo ekranoplanlar tarixga g‘arq bo‘lmadi.
Yuqori tezligi (500 km/s) va parvozning pastda amalga oshirilishi (7 - 10 metr) tufayli raketa tashuvchi-ekranoplanlar radarlarga sezilmay dengiz va tekisliklar uzra minglab kilometrlarni uchib o‘tib dengiz bazalari yoki aviatashuvchi guruhlariga kutilmagan yo‘nalishlardan raketa uchish masofasiga yaqinlashib, zarba berishi mumkin
Yangi ekranoplanlar harbiy-dengiz kuchlarining jangovar imkoniyatlarini kengaytiradi. Avvalroq, Rossiya Harbiy-dengiz flotining kemalar qurish boshqarmasi boshlig‘i, 1-chi darajali kapitan Vladimir Trapichnikov "Ekranoplanlarni rivojlantirish" loyihasi 2050-yilgacha kemalar qurish dasturiga kiritilganini ma’lum qildi. RF Mudofaa vazirligi yangi ekranoplanni yaratishga taktik-texnik topshiriqni ishlab chiqdi, tajriba-konstruktorlik ishlari olib borilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi ekranoplan 2022-yilda birinchi parvozini amalga oshiradi.
OAVlar "Kaspiy mahluqi"ni (bu appratni G‘arbda ulkan o‘lchamlari va fantastik ko‘rinishi uchun shunday atashgan) qayta ishga tushirish masalasini qizg‘in muhokama qilmoqdalar. Amerikaning National Interest nashri ham, Xitoyning Sohu nashri ham chetda qolmadi.
Ilmiy-texnologik va ishlab chiqarish bazasi ham bor - Rossiya ko‘p maqsadli ekranoplanlarni ishlab chiqarishda G‘arb mamlakatlarini ancha ortda qoldirgan. Misol uchun, "Lun" bundan 29-yil oldin ham parvozlarni yaxshigina amalga oshirib, raketa zarbalarini amalga oshirgan, 1990-yillarning oxiridan AQShda loyihalashtirilgan, 1200 tonna yuk ko‘tarish loyihaviy quvvatiga ega bo‘lgan yuk tashuvchi ekranoplani (yukxonasi 17 dona Abrams tankiga mo‘ljallangan) hatto prototip ko‘rinishida ham bitkazilmadi.
Bugungi kunda Rossiya Harbiy-dengiz kuchlarining jangovar ekranoplanlarini tiklash istiqbollari qanday?
Foydalanish xususiyatlari
Yaqin kelajakda ko‘p maqsadli ekranoplanlar (G‘arbda ular WIG - Wing-In-Ground effect deb ataladi) so‘nggi yuqori aniqlikdagi qanotli va gipertovushli raketalar, hujum dronlari, elektromagnit zambaraklar, og‘ir torpedalarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Tezkor harakat kuchlari sifatida zarba ekranoplanlari Rossiya Arktikasini samarali patrul qilishi mumkin bo‘lar edi.
Desant (yuk tashuvchi) modifikatsiyasida ushbu apparatlar harbiylarni o‘z odatiy quroli va zirhli transporti bilan katta masofaga tezkor ravishda yetkazish imkoniyatini yaratadi. Yangi ekranoplanlar dushman radarlariga deyarli ko‘rinmaydi, tejamkorligi va yuk tashishi bo‘yicha samolyot va vertolotlardan, shuningdek, tezlik borasida qanotlari suv ostida joylashgan kemalardan ustundir. Ular mojaro zonasidan juda katta masofaga ("Chayka-2" - 5000 kmgacha) "kuchlarni tarqatish" imkonini beradi va jangovar foydalanishning barcha sohalarida Rossiyaning imkoniyatlarini oshirishga yordam beradi.
National Interest ma’lumotlariga ko‘ra, yangi A-050 "Chayka-2" ekranoplani "Kaspiy mahluqi"ning reinkarnatsiyasi hisoblanadi va (Nijniy Novgoroddagi Alekseyev nomidagi markaziy konstruktorlik burosida) yo‘lovchilarni (100 kishigacha) va yuklarni qirg‘oq mintaqalarda, shu jumladan, Arktikada tashish uchun yaratilmoqda. Turli og‘irlikdagi yuklarni tashish qobiliyatiga (ixtisoslashuvga) ega bo‘lgan "qanotli kemalar"ning qator liniyasi qurilmoqda, ular 2022-yildan kechikmay parvozini amalga oshiradi.
Avvalroq Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi uchun bir nechta “Chayka” ekranoplanlarini sotib olish bo‘yicha muzokaralar tashabbusi bilan chiqdi. Bu kemaning dushman uchun katta surpriz bo‘lishi mumkin bo‘lgan bilvosita yuqori tayyorgarligi va samaradorligini ko‘rsatadi.
Aerodromsiz aviatsiya sifatida ekranoplanlar tinch davrda ham samaralidir. Masalan, Rossiyaning "Ekolen" IIChBsi “Kaspiy mahluqi”ning muqobili yer-havo amfibiyani ishlab chiqmoqda. U ham havoda, ham yer ustida ucha oladi, 750 tonnagacha yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega. Dengiz va darolar, tundra va cho‘lda foydalanilanish mumkin. Uchish va qo‘nish uchun ekranoplanga faqatgina yetarlicha suv havzasi yoki tekis yer maydoni kerak bo‘ladi.
Ulkan xususiyatlari
Ekranoplan juda past balandlikda uchayotib, kirayotgan havo oqimi qanot ostida zich "havo yostig‘i"ni yaratganda yuzaga keladigan effektni qo‘llaydi. Suv yuzasidan (muzli dala, qorli tekislik yoki janubiy dasht) ko‘tarilayotganda, apparat barqarorlikka erishib, soatiga 500 km tezlikda yoqilg‘ini minimal sarflab, katta yuk bilan - "Chayka-2" - 10 tonnagacha, “havoda suzadi”.
Alekseyev nomidagi Nijniy Novgorod konstruktorlik burosi ham uchish og‘irligi 100 tonna bo‘lgan A-080 "Chayka-3" ekranoplanining og‘ir variantini yaratish ustida ishlamoqda. Istiqbolli mashina Rossiyaning zamonaviy avionikasi va navigatsion-pilotash majmuasi bilan jihozlanadi. U besh daraja nishoblikka ega jihozlanmagan qirg‘oqqa mustaqil ravishda chiqishi, suvda va aerodromga joylashtirilishi mumkin.
Hatto ko‘hna "Lun" ham texnologik jihatdan hayratlantiradi, u 450 km/soat tezlikda 2000 km dan oshiq masofani, uch metrdan 500 metrgacha balandlikda bosib o‘tib, o‘zining yirik o‘lchamlari bilan yoqilg‘ini transport samolyotidan besh baravar kam sarflagan.
U o‘zining tashqi qiyofasi bilan ham hurmat qozontiradi. Korpusning old qismida, pilonda 8 dona tortish dvigatellari (Il-86 turbinalari asosida) joylashgan, ularning soplolari ekran effektini kuchaytirish uchun suvga burchak ostida o‘rnatilgan (kuchaytirilgan oqim biroz orqada joylashgan qanotlarga aks etadi). Ekranoplan fuzelajida uch juft kemalarga qarshi zarba masofasi 250 km bo‘lgan va o‘z radiolokatsion stansiyasiga ega ZM-80 "Moskit" raketalari o‘rnatilgan. Uzunligi qariyb 74 metrni tashkil etishi va trapetsiya shaklidagi qanotlarning uzunligi 44 metr va maydoni 550 kvadrat metrni tashkil etishi, 380 tonnalik kemani kosmik qiyofaga keltiradi.
Jangovar maqsadlarga kelsak, uchta tovushdan tez “Moskit” raketasi (maksimal tezligi 2,8Max-da, har 5 soniyada uchirishi shartida) aviatashuvchini yo‘q qilishga yetarli bo‘lar edi.
Ekranoplanlar SSSR Harbiy-dengiz flotiga dushman kemalarini yo‘q qilish vositasi sifatida yaratilgan. O‘zining birinchi parvozini “Lun” 1985-yilda amalga oshirdi. Uning yuqori tezligi va chidamliligi, katta yuklarni tashishi va quruqlik va muz ustidan uchish (shuningdek, balandliklarda uchish) qobiliyati bilan birgalikda boshidanoq aql bovar qilmaydigan imkoniyatlarni yaratdi. "Lun", "Orlonok" ekranoplanalari raketalar va desantchilarni yetkazish uchun muvaffaqiyatli moslashtirildi. Desantli "Orlonok" kichikroq bo‘lib, qo‘shinlar va texnikalarni tezkor tashishga mo‘ljallangan edi (150 ta desantchi yoki ikkita piyodalar jangovar mashinasi). SSSR parchalanib ketganidan so‘ng qurilmalar qurilishining butun turkumi to‘xtatildi (shu vaqtga kelib 903 loyihasining ikkinchi "Lun" apparati 95%ga tayyor edi), jangovar "aviatashuvchilar qotili" esa Kaspiyskda langarga o‘rnatildi. Bu kabi holat yana takrorlanmasligi kerak, chunki G‘arbiy "sheriklar" buni baribir qadriga yetmaydilar. Bugungi kunda Rossiya va uning ittifoqchilari manfaatlari uchun tinchlikni mustahkamlash maqsadida ekranoplanlarni sifat jihatidan yangi texnologik darajada jangovar xususiyatlarini takomillashtirish kerak.