Jamiyat

Oʻzbekistonda 30 kishilik toʻy oʻtkazish talabini doimiy saqlab qolish taklif qilinmoqda

CC0 / Unsplash / Nick Fewings / Svadebnoye ukrasheniye na mashiyen
Svadebnoye ukrasheniye na mashiyen - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻttiz kishi ishtirokida toʻy oʻtkazish koʻpchilikka maʼqul keldi. Endilikda fuqarolar toʻy oʻtkazishdagi bunday chegara karantindan keyin ham saqlanib qolishini xohlashmoqda.

TOSHKENT, 5 avg - Sputnik. "Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portaliga toʻy marosimlarini 30 kishilik tartibda oʻtkazilishini doimiy saqlab qolish haqida petitsiya joylashtirildi.

Svadebnыe koltsa - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Dabdabaning dabdalasi: dabdabaga qarshi qonun qabul qilinadigan vaqt keldi

"Ijtimoiy tarmoqlarda "yashil" hududlarda 30 kishilik toʻylarni oʻtkazishga ruxsat berilganini guvohi boʻlmoqdamiz. Koʻpchilik toʻylardagi bunday chegara karantindan keyin ham saqlanib qolishini xohlamoqda.

Shu sababli, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining "Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumning xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qoʻshma qarorida belgilangan toʻylarga 200 kishidan ortiq mehmon chaqirmaslik haqidagi qoidani "30 kishilik" deb oʻzgartirishni taklif qilaman.

Ugoщeniya na uzbekskoy svadbe - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Surxondaryoda hashamatli toʻy ommaviy karantin bilan tugadi

Toʻy taraddudida yurganlarning koʻpchiligi shu kunlarda tezroq toʻyini oʻtkazishga shoshilayotgani sir emas. Yoshlar ham bunga qarshilik qilayotgani yoʻq. Toʻylarni ixcham, dabdababozlik va isrofgarchiliklarsiz oʻtkazishni hamma xohlaydi. Ammo, biror qonun yoki qaror bilan tasdiqlanmasa, 200 kishiga toʻy qilinaveradi. 200 kishilik toʻylarga ketadigan sarf-xarajat 500-600 kishilik toʻylarnikiga teng boʻlib qoladi. Toʻy qilaman deb qarzga botib, ertasi kuni kuyov bola yoki uning otasining xorijga ketayotganlik holatlari ham kam emas.

Hatto, buning ortidan jiddiy kasalliklar orttirib olinayotgan holatlar ham mavjud. Abdulla Avloniyning yuz yil oldin yozib qoldirgan "Oʻzbek xalqini toʻy balosidan qutqaring" degan soʻzlari bugungi kunimiz uchun ham ayni haqiqatdir. Toʻy qilish, buni koʻpchilikka maʼlum qilish yaxshi, lekin bu oilaning kelajagiga yomon taʼsir oʻtkazadi.

V Almalыke proshla pervaya svadba vo vremya karantina - foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻttiz kishilik toʻylar qanday oʻtkazilishi kerak - Mahalla vazirligi javobi

Shu toʻyga atalgan pullarga yoshlarni uy-joy bilan taʼminlashga, oilasining moliyaviy ahvolini yaxshilashga, taʼlim olishiga sharoit yaratib bersak, qanchalik baxtiyor oilani tuzgan boʻlamiz. Qanchadan-qancha oilalar iqtisodiy ahvoli tufayli hozir toʻy qila olmayapti. Menimcha, 30 kishilik toʻyni doimiy qilish vaqti keldi", deyiladi petitsiyada.

Eslatib oʻtamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga koʻra, 2020 yil 1 iyundan boshlab "yashil" hududlarda bir qator faoliyat turlari qatorida oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishga ruxsat berildi. Bunda tantana va marosimlar faqatgina fuqarolarning uy-joyi va hovlisining oʻzida 30 kishidan koʻp boʻlmagan holda oʻtkazilishi majburiyligi belgilangan edi.

Yangiliklar lentasi
0