O‘ttiz kishilik to‘ylar qanday o‘tkazilishi kerak - Mahalla vazirligi javobi

© Telegram-kanalV Almalike proshla pervaya svadba vo vremya karantina - foto
V Almalike proshla pervaya svadba vo vremya karantina - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belgilangan 30 kishilik tarkibga birinchi navbatda, oilaviy tantana va to‘y egalari, ma’raka va marosim tashkil etuvchilar, ularning yaqin qarindoshlari, qo‘ni-qo‘shnilarning kam sonli vakillari kiritiladi.

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi O‘zbekistonda 30 kishilik to‘ylar o‘tkazilishi tartibi haqida ma’lumot berdi.

Fatastin, G‘azo, to‘y marosimi foto sessiyasi. 23.03.20 - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya vaqtida to‘ylar qanday o‘tmoqda – foto

Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva AOKA huzuridagi shtabda tashkil qilingan brifing davomida to‘xtalgan.

"Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 2020-yil 1-iyundan boshlab "yashil" hududlarda bir qator faoliyat turlari qatorida oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berildi. Bunda tantana va marosimlar faqatgina fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazilishi majburiydir.

Belgilangan 30 kishilik tarkibga birinchi navbatda, oilaviy tantana va to‘y egalari, ma’raka va marosim tashkil etuvchilar, ularning yaqin qarindoshlari, qo‘ni-qo‘shnilarning kam sonli vakillari kiritiladi. Shuningdek, oilaviy tantana va to‘y egalarining istaklariga ko‘ra, ishtirokchilar sonidagi cheklov doirasida xonanda va boshqa xizmatlarni bajaruvchi xodim qatnashishi mumkin", - degan vazirlik vakili.

ChP v Bishkeke — povod otmenit svadbu? Ot etogo video u vas pobegut murashki - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda ham yoshlar to‘yni onlayn o‘tkazdi – video

Shu bilan birga, oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda quyidagilarga qat’iy amal qilish talab etiladi:

oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni faqat Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan «yashil” toifadagi hududlarda o‘tkazish (dafn marosimlari bundan mustasno);

"yashil" toifadagi hududlarda o‘tkaziladigan oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarda ishtirokchi etuvchilar sonini 30 kishidan oshirmaslik;

oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etish.

Yangiliklar lentasi
0