Surxondaryoda hashamatli to‘y ommaviy karantin bilan tugadi

© Sputnik / Dmitriy MatveyevUgosheniya na uzbekskoy svadbe
Ugosheniya na uzbekskoy svadbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryoda to‘ydan so‘ng 200dan ortiq fuqaro karantinga olindi. Undan tashqari Termiz, Denov, Sho‘rchi va Mizrobot, Qumqo‘rg‘on va Boysun tumanlarida karantin choralari qat’iylashtirilmoqda.

TOShKENT, 17-iyun - Sputnik. Surxondaryoda belgilangan ehtiyot choralariga amal qilinmagani tufayli 4000dan ortiq fuqaro karantinga olingan. Bu haqida viloyat hokimi To‘ra Bobolov mahalliy televidenie orqali chiqishida xabar qilgan.

Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda aholi orasida koronavirus aniqlandi

Xususan, Muzrabot tumanida o‘tkazilgan to‘yda belgilangan karantin qoidalariga amal qilinmaganligi natijasida 250 dan ortiq fuqoro karantinga olindi.

Undan tashqari Toshkent shahrida xizmat safarida bo‘lib qaytgan bemor xodim ishga chiqib, hamkasablariga koronavirus infeksiyasining yuqishiga sababchi bo‘lgan.Korxonada shaxsiy himoya vositalarian foydalanilmagani, o‘zaro masofa saqlanmagani tufayli 300dan ortiq fuqaro karantinga olingan. 

Shu tariqa hozirda viloyatda jami 4118 nafar fuqaro karantinga olingan. Ularning 298 nafari tibbiyot muassasalarida, 678 nafari sihatgoh va maxsus binolarda, 3142 nafari esa o‘z uylarida kuzatuvda bo‘lib turibdi.

"Eng yomoni, bu kasallik aholi orasida aniqlanayapdi. Ular kasallikni aynan qayerda yuqtirganligini,  kasallik manbaini aniqlashimizning imkoni qiyin bo‘lmayapti.<...> Koronavirus infeksiyasini birgalashib, karantin qoidalariga so‘zsiz amal qilgan holda harakat qilmasak hech qachon yenga olmaymiz. Termiz, Denov, Muzrabot, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Boysun tumanlarida ham karantin talablarini qat’iylashtiramiz", - deydi Bolbolov. 

Epidemiya boshidan buyon O‘zbekistonda jami 5 638 ta koronavirus holati aniqlangan. Ulardan 19 nafari vafot etgan, 4096 nafari tuzalib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0