Migratsiya sohasidagi vaziyat xavotir uyg‘otmoqda – Medvedev

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishZamestitel predsedatelya Sovbeza RF Dmitriy Medvedev
Zamestitel predsedatelya Sovbeza RF Dmitriy Medvedev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari COVID-19 epidemiyasi tufayli ko‘plab migrantlar pul topish imkonisiz qolgani va bu holat jinoyatchilik ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 4 avg - Sputnik. Migratsiya sohasidagi vaziyat jiddiy tashvish solmoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.

“Migratsiya sohasidagi vaziyat ham jiddiy tashvishlarga sabab bo‘lmoqda... Ma’lumki, ko‘pchilik migrantlar, juda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qoldilar, yashashga puli qolmadi”, - dedi u "Koronavirus epidemiyasining oqibatlariga barham berish davrida jamoat tartibini ta’minlashning dolzarb masalalari" bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Migrant - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada migrantlarga ishlash huquqini berish murakkablashtirilishi mumkin

Medvedevning ta’kidlashicha, Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasini o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, 40 foiz atrofida - deyarli har ikkinchi migrant ishsiz qoldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu vaziyat "ushbu sohada ehtimoliy jinoyatchilikning o‘sishi uchun juda qulay sharoit yaratadi".

Shuningdek, u Rossiyaning ayrim hududlarida chet el fuqarolari uchun vaqtincha saqlash markazlarida joy yetishmayotganini ta’kidladi. Bu Rossiyada jinoyat sodir etgan migrantlarni deportatsiya qilishda qiyinchiliklarni tug‘dirmoqda, dedi u.

Bundan tashqari, Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbarining o‘rinbosari eslatdi: Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyida Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Murmansk va Amur viloyatlarida Rossiyada ishlayotgan chet elliklar tomonidan jamoat tartibini buzish holatlari qayd etilgan.

Predstaviteli Genkonsulstva Uzbekistana pobivali na stroitelnom obyekte, gde trudatsya sograjdane - Sputnik O‘zbekiston
Bosh konsulxona vakillari vatandoshlarni Rossiya qonunlariga rioya qilishga chaqirdi

Medvedev Bu mintaqalar rahbarlari qo‘shimcha choralar ko‘rishlari shartligini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi oxirida Rossiya IIV chet ellik ishchilarga qarshi ommaviy tartibsizliklar va bezorilik bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ba’zi holatlarda huquqbuzarlar o‘zlari ishlagan korxonaning mulkiga zarar yetkazgan, tovar-moddiy boyliklarni o‘g‘irlab, ishchilarga tan jarohati yetkazgan. Ta’kidlanishicha, mojaroli vaziyatlarning sabablari tahlili shundan dalolat beradiki, ularning aksariyati ishchi va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlar, shartnoma majburiyatlarini bajarishda mehnatga haq to‘lash va mehnatni tashkil qilish bilan bog‘liq.

Yangiliklar lentasi
0