Bosh konsulxona vakillari vatandoshlarni Rossiya qonunlariga rioya qilishga chaqirdi

© IA “Dunyo”Predstaviteli Genkonsulstva Uzbekistana pobivali na stroitelnom obyekte, gde trudatsya sograjdane
Predstaviteli Genkonsulstva Uzbekistana pobivali na stroitelnom obyekte, gde trudatsya sograjdane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi vakillari ushbu hududdagi mehnat migrantlari holidan xabar oldi.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi vakillari Primorsk o‘lkasining Mixaylovskiy tumanidagi “Esta Konstrakshn” MChJga qarashli go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodining qurilish maydonida bo‘lib, bu yerda ishlayotgan 700 dan ortiq vatandoshlarning ish faoliyati va yashash sharoiti bilan tanishdi.

Genkonsul Mexriddin Xayriddinov posetil Amurskuyu oblast dlya uregulirovaniya insindenta s uchastiyem grajdan Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Amur viloyatidagi muammoning yechimi topildi - elchixona

“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, diplomatlar mehnat va maishiy sharoitlari, umumiy ovqatlanish joylari, koronavirus pandemiyasi davrida ko‘rilayotgan sog‘liqni saqlash choralari, ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi hamda O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy huquqlari va manfaatlariga oid boshqa masalalar bilan yaqindan tanishdi.

Mehnat migrantlarining savollarga javob berish doirasida Amur viloyatidagi “Renaissance Heavy Industries”  kompaniyasi va Rossiya Federatsiyasining boshqa mintaqalarida chet ellik ishchilar, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yuz bergan tartibsizliklar to‘g‘risida bezorilik moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida axborot taqdim etildi.

Rossiya IIV MDH elchixonalariga murojaatnoma yubordi

Ta’kidlanishicha, bunday ziddiyatli vaziyatlarda qatnashmaslik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni kuchaytirish, ekstremizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi turli xil harakatlar va tashkilotlarga qo‘shilmaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

“Uchrashuvda so‘zga chiqqan Bosh konsulxona vakillari va boshqalar vatandoshlarni Rossiya Federatsiyasining migratsiya va boshqa qonunlariga rioya qilish, mahalliy urf-odatlar hamda an’analarni hurmat qilish, o‘zbek xalqining boy madaniyatini targ‘ib qilishga hissa qo‘shishga chaqirdi” – deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 13-iyul kuni Amur gazni qayta ishlash zavodida 300ga yaqin ishchilar, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari maoshdan norozi bo‘lib korxona hududida tartibsizliklar uyushtirishgan edi. Shundan so‘ng tartibsizliklarda ishtirok etgan bir necha kishi hibsga olingan va ularga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Yangiliklar lentasi
0