Rossiyada migrantlarga ishlash huquqini berish murakkablashtirilishi mumkin

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMigrant
Migrant - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada mehnat migrantlariga mamlakatga kirish huquqini berish tartibini o‘zgartirish taklif qilinmoqda.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Ekspertlar uyushmasi Rossiyada migrantlarga ishlash huquqini berish jarayonini murakkablashtirish imkoniyatini muhokama qilmoqda, masalan, migrantlarning mamlakatga kirish tartibini o‘zgartirish. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.

Migranti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiyadagi mehnat migrantlari uchun sharoitlar yaratishga rozi

“Bu mavzuda ekspertlar faol ish olib bormoqda, hatto mehnat migrantlariga Rossiyaga kirish huquqini berish tartibini o‘zgartirish taklif qilinmoqda”, - dedi u. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, gap chet ellikka, agar ish beruvchidan aniq uni ishga joylash to‘g‘risida ma’lumot olingan taqdirda, Rossiyaga kirishga ruxsat berish haqida bormoqda.

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari ishga yollangan xorijlikning xatti-harakati uchun javobgarlikni ish beruvchining zimmasiga yuklash imkoniyatini ko‘rish chiqish mumkinligini qo‘shimcha qildi.

“Bu qat’iy chora, biroq uni muhokama qilish lozim”, - deya xulosa qildi Medvedev.

Yangiliklar lentasi
0