TOShKENT, 1 avg - Sputnik. 2-avgustdan 16-avgustga qadar O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish bo‘yicha charter reyslar ro‘yxati tasdiqlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati.
"Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun navbatdagi charter reyslarining jadvali tasdiqlandi. Unga ko‘ra joriy yilning 2-avgustdan 16-avgust kunlari davomida 24 ta reys orqali xorijdagi fuqarolar evakuatsiya qilinadi", - deyiladi xabarda.
2 - 16-avgust kunlariga belgilangan reyslar jadvali:
3 avgust: Seul-Toshkent-Seul; Toshkent-Yekaterinburg-Samarqand; Toshkent-Qozon-Samarqand (Talabalar uchun); Toshkent-Moskva-Toshkent
4 avgust: Toshkent-Istanbul-Toshkent
5 avgust: Toshkent-Seul-Toshkent; Qohira-Toshkent-Qohira
6 avgust: Toshkent-Dubay-Toshkent
6-7 avgust: Toshkent - Nyu -York - Toshkent; Toshkent-Tokio-Toshkent
7 avgust: Toshkent-Rostov Don-Namangan
7-8 avgust: Toshkent-Pekin-Toshkent (Talabalar uchun)
8 avgust: Toshkent-Sankt-Peterburg-Namangan
9 avgust: Toshkent-Moskva-Namangan
10 avgust: Seul-Toshkent-Seul; Toshkent-Dehli-Toshkent; Qohira-Toshkent-Qohira
11 avgust: Toshkent-Moskva-Toshkent.
12 avgust: Toshkent-Seul-Toshkent; Toshkent-Qozon-Toshkent
13 avgust: Istanbul-Toshkent- Istanbul
13-14 avgust: Toshkent - Nyu-York- Toshkent
15 avgust: Toshkent-Moskva-Toshkent
16 avgust: Toshkent-Sankt-Peterburg-Toshkent.