Yevropa davlatlaridan charter reys bilan 220 nafar kishi olib kelindi

Obuna bo‘lish
Varshava – Toshkent – Riga charter reysi orqali 220 nafar fuqaro, ular orasida 17 nafar talaba O‘zbekistonga olib kelindi.

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Varshava – Toshkent – Riga charter reysi orqali 220 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi.

Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq Latviyaning “SmartLynx Airlines” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan Varshava – Toshkent – Riga reysi orqali 220 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi.

Testirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 14,7 mingdan oshdi

Samolyot bortida Polshada koronavirus sababli belgilangan qator tartiblar tufayli qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolari, talabalar, tadbirkorlar va migrantlar bor edi.

Shuningdek, mazkur  reys bilan Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Avstriyada tahsil olayotgan 17 nafar o‘zbekistonlik talaba ham vatanga qaytarildi.

Ushbu charter reys O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi tomonidan Tashqi ishlar va Transport vazirliklari bilan birgalikda, pandemiya paytida vatanga qaytish istagidagi O‘zbekiston fuqarolariga yordam berish maqsadida amalga oshirildi.

Yangiliklar lentasi
0