UzAuto Motors deputatga javob qaytardi

© Press-slujbaUzAuto Motors otpravila avtomobili skoroy pomoshi v Tadjikistan
UzAuto Motors otpravila avtomobili skoroy pomoshi v Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Deputat Rasul Kusherbayevning ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xatiga javoban UzAuto Motors o‘zining yarim yillik xayriya faoliyati haqida batafil ma’lumot berdi.

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. UzAuto Motors Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xatiga o‘z rasmiy javobini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Kusherbayev 20-iyul kuni O‘zavtomotorsni Damas tez yordam mashinalarini Farg‘ona viloyati hokimligiga oshirilgan narxlarda sotishda ayblagan edi.

Bunga javoban kompaniya qo‘yidagilarni xabar qilmoqda:

  • Epidemiya boshida “O‘zavtosanoat” va bo‘linmalari “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoatchilik fondiga 1 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ o‘tkazdi.
  • Aprel oyida kompaniya respublikaga xorijiy hamkorlaridan 2 milliard so‘mlik tibbiyot jihozlarini keltirish tashabbuskori bo‘ldi.
  • Yana 2 milliard so‘mga teng mablag‘ tarmoq korxonalari tomonidan Sardoba suv ombori yorilishi va Buxoro viloyatidagi to‘fondan zarar ko‘rganlar foydasiga o‘tkazildi.
  • Shuningdek, karantin muassasalarining qurilishi uchun O‘SV apparatlari va 2500 ta konteyner beg‘araz taqdim etildi.
  • Epidemiyaning ilk kunlarida, hali maxsus karantin markazlari yaratilmagan paytda, “O‘zavtosanoat” AJ Hojikentdagi “Lochin” idoraviy sog‘lomlashtirish oromgohini yuzlab insonlarni karantinga joylash uchun taqdim etdi va ularning to‘liq ta’minotini zimmasiga oldi.
  • O‘tgan hafta Andijon viloyati hokimligiga olti dona Damas tez yordam avtomobili bepul taqdim etildi.

“UzAuto Motors” birinchi yarim yillikda xayriya maqsadlariga jami 37 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirdi, deyilgan xabarda.

 

Yangiliklar lentasi
0