Rospotrebnadzor Vyetnamda yangi turdagi koronavirusning tarqalishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Danangda avj olgan virus shtammlarining to‘liq genom ketma-ketligi e’lon qilingandan so‘ng o‘rganadi, deb xabar beradi idora matbuot xizmati.
Rospotrebnadzor dunyodagi, shu jumladan Vyetnamdagi, koronavirus holatini doimiy ravishda kuzatib bormoqda, deya qo‘shimcha qilishdi idorada.
Dushanba kuni Vyetnam hukumatining internet-portali, dengiz bo‘yidagi Danang shahri va uning atrofidagi provinsiyalarda COVID-19-ning tarqalishiga mamlakatda ilgari aniqlanmagan virusning yangi turi sabab bo‘lganligi haqida xabar bergan edi. Vyetnam hukumati Danangga boshqa provinsiyalardan dam olishga kelgan 80 ming sayyohni evakuatsiya qilishni boshladi.
Vyetnamlik shifokorlarning birinchi tadqiqotlari va natijalariga ko‘ra, virusning yangi turi Vyetnamda ilgari ma’lum bo‘lgan virus turlariga qaraganda ancha tajovuzkordir: u yanada tezroq ko‘payishga qodir va bemorlarda og‘ir ahvolga tez o‘tishiga sabab bo‘ladi.
Virusli infeksiyalarning oldini olish va davolash ilmiy-axborot markazi direktori, tibbiyot fanlari nomzodi Georgiy Vikulov bu xabarni Sputnik radiosi efirida izohladi.
"Vyetnamda hozirgi kungacha vaziyat anchagina osoyishta va hayratlanarli darajada tinch edi. Mamlakatda COVID-19 dan birorta ham o‘lim holati ro‘y bermagan, kasallanganlar jami soni esa 450ga yaqin bo‘lgan. Ammo vyetnamlik virusli infeksiyalar sohasidagi shifokor va mutaxassislar ro‘baro kelgani - ular hisobotning yakuniy variantini hali chop etmagani, ular ketma-ketlikni aniqlashni amalga oshiradilar. Ya’ni barcha ma’lum virus namunalarini va allaqachon tasvirlangan koronaviruslarning shtammlarini taqqoslashadi va shundan keyin yakuniy javobni: bu allaqachon mavjud bo‘lgan SARS-CoV-2 koronavirusining yangi shtammimi yoki allaqanday mutlaqo yangi qo‘zg‘atuvchimi, aniq avobni berishlari mumkin bo‘ladi", - deya tushuntirdi Georgiy Vikulov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala bo‘yicha yakuniy xulosa faqat puxta izlanishlardan keyin chiqarilishi mumkin. Shu bilan birga, mutaxassis ta’kidlashicha, viruslarning yangi turlarini aniqlashni hech qachon istisno qilib bo‘lmaydi.
"Yerdagi virusli infeksiyalarning potensiali juda katta: odamlardagi kasalliklarni keltirib chiqaradigan viruslarning atigi 5 foizi to‘liq o‘rganilgan. Yangi ehtimoliy qo‘zg‘atuvchilar(kasalliklar)ning ulkan miqdori yovvoyi dunyodan kelib chiqishi mumkin", - deydi Georgiy Vikulov.
Uning ta’kidlashicha, bir qator infeksiyalar o‘choqli, ma’lum bir hududda cheklangan bo‘lishi mumkin. SARS-CoV-2 virusining xususiyati shundaki, u turlararo to‘siqni yengib o‘tib, nafaqat hayvonlardan odamlarga, balki odamdan odamga ham faol yuqa boshladi. Shu sababli yana uzoq vaqt davomida kasallikning yangi o‘choqlari paydo bo‘lishiga tayyor turish kerak bo‘ladi, deb ogohlantiradi mutaxassis.
Avvalroq Rospotrebnadzor epidemiologiya markaziy ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, RFA muxbir-a’zosi Aleksandr Gorelov RIA Novostiga Vyetnamda aniqlangan virusning to‘liq genom ketma-ketligini aniqlash uzoq vaqtni talab etmasligini, barchasi Vyetnamlik hamkasblar qanday jihozlanganligiga bog‘liqligini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, Rossiyada cheklovlar saqlanib qolmoqda, Vyetnam bilan muntazam transport aloqasi yo‘q, aeroportlarda sanitariya nazorati choralariga, hatto chegaralar ochilgan taqdirda ham amal qilinadi.