Ekspert Ximkidagi ehtimoliy jinoyatchi haqida: terrorizmning millati yo‘q

© Foto : Iz lichnogo arxiva Iosifa LinderaIosif Linder
Iosif Linder - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro kontrterroristik uyushma prezidenti Iosif Linder FHX Moskvada terakt oldini olganishini sharhladi. Aniqlanishicha, ehtimoliy terrorchi Markaziy Osiyo respublikasi fuqarosi, u Moskva viloyatidagi Ximkida yashirinib yurgan.

Kuni kecha FXX Moskvada terakt oldini olgani ma’lum bo‘ldi. Maxsus xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo respublikalari biri fuqarosi ommaviy qatlga tayyorlanayotgan bo‘lgan va Moskva viloyati Ximki shahrida yashiringan.

Chlen assotsiatsii gruppi antiterrora Alfa podpolkovnik zapasa Andrey Popov - Sputnik O‘zbekiston
Nega markaziy osiyoliklar terrorchilar hamtovoqlariga aylanadi - Popov sharhi

Qo‘lga olish paytida u huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarata o‘t ochgan va javob o‘t ochish bilan yo‘q qilingan. Uning yonida juda katta miqdorda qurol-aslaha, shuningdek, yirik xalqaro terrorchilik tashkiloti bilan aloqadorligi dalillari topildi.

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, sodir bo‘lgan hodisa haqida ma’lumotlar aholini tashvishga solmasligi uchun ehtiyojga muvofiq uzatilmoqda. FXX, aslida kechayu-kunduz ish olib borib, RF hududida terroristik hurujlarni tayyorlayotgan juda ko‘p sonli guruhlar va terroristik tashkilotlarning ayrim vakillarini zararsizlantirmoqda, dedi Linder.

Dveri SIZO - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda terrorchilik guruhi 25 a’zosining faoliyatiga nuqta qo‘yildi

"Mavjud vaziyatga qarab, tegishli operativ harakatlarni davom ettirish uchun ushbu ma’lumotlarni keng ommaga yetkazish yoki sir saqlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi", - dedi Xalqaro kontrterroristik uyushmasi prezidenti.

Rossiya doimiy ravishda mamlakatda terrorchilik hurujlarni rejalashtirgan ko‘plab tashkilotlar bilan kurashmoqda va tegishli harakatlarsiz aholining katta qismi tinchlikda yashay olmaydi, deya ogohlantiradi Linder. Afsuski, terroristik pandemiya butun biosferani qamrab olmoqda.

Professionallar muhitida "terrorizmning na millati va na dini yo‘q" degan gap bor, chunki tegishli terrorchilik tashkilotlari terror uyushmasi a’zolarini hujum rejalashtirilayotgan jamiyatga kirishib ketishi oson bo‘lgan muhitdan jalb qiladilar.

Yangiliklar lentasi
0