Hodisalar

Oʻzbekistonda terrorchilik guruhi 25 aʼzosining faoliyatiga nuqta qoʻyildi

© Sputnik / Aleksey Filippov /  / Mediabankka oʻtishDveri SIZO
Dveri SIZO - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari maʼlumotlariga koʻra, bu odamlar hozirda Suriyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarosi A. Abduqaxxorovning taʼsiri ostiga tushib qolgan.

TOSHKENT, 24 iyun - Sputnik. Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston DXX, Toshkent shaxar IIBB va DXX xodimlari 23 iyun kuni poytaxt va viloyatda "Tavxid va jihod katibasi" xalqaro terrorchilik tashkiloti aʼzolarini hibsga oldilar.

Predsedatel soveta direktorov Natsionalnoy assotsiatsii obʼyedineniy ofitserov zapasa Voorujennыx sil Vladimir Bogatыrev - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
MDH davlatlari terrorizmga qarshi kurashda harakatlarini muvofiqlashtirishi kerak – ekspert

Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bu odamlar, 2001 yilda tugʻilgan va hozirda Suriyadagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safida faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston fuqarosi A. Abduqaxxorovning taʼsiri ostiga tushib qolgan. Ular ekstremistik videolarni muhokama qilishib "hijrat" va "jihod"ni amalga oshirish uchun Suriyaga borishni rejalashtirishgan.

"Ushbu shaxslar orasidan uch nafari muqaddam terrorizm va ekstremizm bilan bogʻliq jinoyatlar uchun jazolangan edi, ammo ular oʻzlari uchun hech qanday xulosa chiqarmadilar, aksincha bu faoliyatini tikladilar", - deb habar berishadi idorada.

2442-modda 1-qismiga asosan (“Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlarni tuzish, rahbarlik qilish, ishtirok etish”) jinoyat ishi doirasida Toshkent shahrining Olmazor, Uchtepa, Chilonzor, Yakkasaroy va Sirgʻali tumanlaridagi 25 manzilda tintuvlar oʻtkazildi, poytaxt viloyatining Zangiota tumanida 25 kishi hibsga olingan.

Ularning yashash joylarida ashyoviy dalillar topildi. Tergov tadbirlari davom etmoqda.

* “Tavhid va jihod katibasi” - Oʻzbekiston va Rossiyada taqiqlangan xalqaro terrorchilik tashkiloti.

Yangiliklar lentasi
0