Kuni kecha Rossiya FXX odam gavjum joyda terakt sodir etishni rejalashtirgan 32 yashar markaziy osiyo mintaqasi vakilini qoʻlga olgan edi. Erkakning yonidan yonuvchi aralashma, sovuq qurol va xalqaro terrorchilik tashkiloti bayrogʻi topilgan. Shuningdek, telefonidan uning qasamyodi aks etgan videoyozuv va amalga oshirilishi rejalashtirilgan terakt muhokamasi topilgan.
"Alfa" aksilterror uyushmasi aʼzosi, zaxiradagi podpolkovnik Andrey Popov Sputnik radiosi efirida Markaziy Osiyo davlatlaridan boʻlgan migrantning navbatdagi qoʻlga olinishi uning millatiga bogʻliq emas, deya taʼkidladi.
Terrorchilik millatga va dinga ega emas, deb qoʻshimcha qildi ekspert.
Zaxiradagi podpolkovnik, nega aksariyat hollarda Markaziy Osiyo fuqarolari terrorchilik faoliyatiga aloqador boʻlib chiqishlarini tushuntirdi.
"Ushbu regionlardagi ogʻir iqtisodiy vaziyat tufayli, odamlar shunday yoʻlni tanlashga majbur boʻladilar. Men hech kimni oqlamayapman. Shunday odamlar borki, hech qanday sharoitda bunga qoʻl urmaydilar", - deya tushuntirdi Popov.
"Alfa" aksilterror guruhi uyushmasi aʼzosiga koʻra, terrorchilar hamtovoqlari hamisha ham bunday hayotga moliyaviy ragʻbat uchun kirib kelavermasliklarini taʼkidladi: baʼzan jangarilar ularning oila aʼzolarini garovga olishadi.
Shuningdek, mintaqadagi joʻgʻrofiy yaqinlik, dinga asoslangan, ammo islomning asl mazmunini buzib koʻrsatadigan mafkurani tarqatishga yaqinlik ham vaziyatga taʼsir koʻrsatadi, deb qoʻshimcha qildi Popov.
Oʻz tomoniga odamlarni ogʻdirish uchun yollovchilar boʻsh, oʻqimagan onglarni tanlaydilar, dedi ekspert.
Bugungi kunda terrorchilik uyushmalari faoliyati - bu biznes, OAVlardagi har qanday shov-shuvli yodga olishlar esa, ularga, xuddi har qanday brendga singari, auditoriya koʻlamini koʻpaytirishda yordam beradi, deya xotima qildi Popov.