Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus: 24 iyul asosiy xabarlari

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka oʻtishProizvodstvo probirok na predpriyatii "Granat Bio Tex"
Proizvodstvo probirok na predpriyatii Granat Bio Tex - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bir sutka davomida 311 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 19 179 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 24 iyul — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Generalnыy sekretar Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (SHOS) Vladimir Norov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
SHHT Bosh kotibi koronavirus takroran tarqalishi xavfi haqida bayonot qildi

Bir sutka davomida 311 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 19 179 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 106 nafari Toshkent shahrida, 52 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 35 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 54 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 10 203 nafarga yetdi.

Ayni paytda 8 872 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 118 nafari ogʻir, 30 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Oʻlim holatlari

Jizzax shahrida yashagan 57 yoshli T.A. (ayol)da “COVID-19” tasdiqlangach, u viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infektsiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Xastalik oʻtkir nafas va yurak yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yana bir holat: Toshkent shahri Sergeli tumanida yashagan G.R.da 9 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va Zangiota koʻp tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Zamestitel predsedatelya Soveta muftiyev Rossii Rushan Abbyasov, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Abbyasov: kasal odam infektsiyani boshqalarga yuqtirishga haqqi yoʻq

Unga “COVID-19” infektsiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Xastalik oʻtkir nafas va yurak yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Oʻzbekistonda jami 104 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Turkiya konsultantlari

COVID-19ga qarshi kurashda koʻmak berish uchun respublikaga turk mutaxassislari - Turkiya sogʻliqni saqlash vazirligi ilmiy kengashi aʼzosi, yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassis, professor Rejep Oztyurk, Xasettepe universiteti ilmiy kengashi aʼzosi, jamoatchilik salomatligi boʻyicha mutaxassis, professor Levent Akin va Anqara shahar shifoxonasining yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassisi, professor Xatitse Raxmet Gyuner konsultant sifatida kelishdi.

Bugun Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov konsultantlarni qabul qildi va  COVID-19ga qarshi olib borilayotgan choralar haqida batafsil gapirib berdi.

Yevropadan olib kelingan fuqarolar

23-24 iyul kunlari Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Yevropa davlatlarida vaqtincha boʻlib  turgan va COVID-19 tufayli respublikaga qayta olmagan vatandoshlar Toshkent-Frankfurt-Toshkent yoʻnalishidagi maxsus reys bilan Vatanga qaytarildi.

Vrach v zapotevshix zaщitnыx ochkax vo vremya rabotы v gospitale dlya lecheniya zarajennыx koronavirusnoy infektsiyey COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashgan bir guruh fuqarolarni mukofotladi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomondan tashkil etilgan mazkur charter reys bortidan Germaniya, Shvetsiya, Shveytsariya, Chexiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Norvegiya va Belgiya boʻlb turgan 200 nafar talaba, sayyohlar, qarindoshlarining uylarida vaqtincha boʻlib turgan fuqarolar, shuningdek turli ishlab chiqarish koorxonalarining xorijiy mutaxassislari joy oldi.

Belgilangan qoidalarga muvofiq barcha yoʻlovchilar 14 kunlik karantinni maxsus muassasalarda yoki oʻz xohishiga binoan Toshkent shahridagi mehmonxonalarda oʻtkazadi.

Dunyo salomatligi

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 15,5 milliondan oshdi, 633 ming kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (4,0 mln), Braziliyada (2,3 mln), Hindistonda (1,3 mln).

Yangiliklar lentasi
0