Koronavirusning asosiy xavfi shundaki, alomatlari yengil boʻlgan tashuvchi-odam, infektsiyani kasallikka dosh berolmasligi mumkin boʻlgan odamga yuqtirishi mumkin, deydi Rossiya muftiylar kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, RF Musulmonlar diniy boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Rushan Abbyasov.
Salomatlik - bu eng katta boylik, uni himoya qilish kerak, deb taʼkidlaydi Abbyasov.
“Paygʻambar Muhammad alayhissalomning va uning sahobalarining sunnatlaridan maʼlumki, odamlar kasal boʻlganda yoki epidemiyalar roʻy berganda, jamoaviy ibodatlar, bozorlarda savdo, karvon yoʻllari toʻxtatilgan, chunki tarqalishi mumkin boʻlgan xavf odamlarning holatini yomonlashtirishi mumkin edi”, - dedi Abbyasov Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida.
Bu kabi cheklovlar endilikda ham joriy qilindi, dedi idora vakili.
“Kasal odam infektsiyani tarqatishga haqqi yoʻq. U uyda qolishi kerak, boshqalarni yuqtirmasligi uchun oʻzini yakkalashi lozim”, - dedi Rossiya Muftiylar kengashi raisining birinchi oʻrinbosari.
Shuningdek u, musulmonlar Ramazon oyini oʻz uylarida oʻtkazganlarini eslatdi.
“Unda biz oʻz dindorlarimizni oʻz uylarini masjidga, oʻz oilalarini esa jamoatga aylantirishga chaqirdik. Allohga shukur, Rossiyada bizning chaqiriqlarimizga quloq solishdi”, - dedi Abbyasov.
Toʻliq sharhni radiopodkastda tinglang.