Siyosat

SHHT Bosh kotibi koronavirus takroran tarqalishi xavfi haqida bayonot qildi

© Sputnik / Mediabankka oʻtishGeneralnыy sekretar Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (SHOS) Vladimir Norov
Generalnыy sekretar Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (SHOS) Vladimir Norov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Norovning taʼkidlashicha, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar mintaqa maydonida epidemiyalar xavfiga qarshi kurashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini qabul qilishni rejalashtirgan

TOSHKENT, 24 iyul - Sputnik. Koronavirusning takroran tarqalishi xavfi saqlanib qolmoqda, deya bayonot qildi SHHT Bosh kotibi Vladimir Norov.

Zamestitel predsedatelya Soveta muftiyev Rossii Rushan Abbyasov, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Abbyasov: kasal odam infektsiyani boshqalarga yuqtirishga haqqi yoʻq

"Obroʻli ekspertlar fikriga koʻra, vaziyat beqarorligicha qolmoqda va umuman epidemiya holati yomonlashgan holda virusning qayta tarqalish xavfi saqlanib qolmoqda. Shubhasiz, ushbu omillar SHHTning yangi tahdidlarga qarshi chora-tadbirlar qoʻllashida tezkorlikni talab qiladi, jumladan, sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik mexanizmlarining samarali ishlashi uchun huquqiy bazani va algoritmni takomillashtirish zarur", - dedi Norov SHHTga aʼzo mamlakatlar sogʻliqni saqlash vazirlarining uchinchi videokonferents aloqa shaklidagi yigʻilishida qilgan chiqishi davomida.

Norovga koʻra, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtayotgan sammitida tashkilot aʼzo-davlatlarning mintaqadagi epidemiyalar xavfiga qarshi kurashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini qabul qilish rejalashtirilgan.

Sotrudniki DPS i Natsionalnoy gvardii na postu v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda karantin choralari nega uzaytirildi - tafsilotlar

"Davom etayotgan koronavirus pandemiyasi xavfining jiddiyligini inobatga olgan holda, birgalikda olib boriladigan saʼy-harakatlar va oʻzaro yordam ushbu favqulodda vaziyatni muvaffaqiyatli bartaraf etish va epidemiya tarqalishini toʻxtatish uchun oʻta muhim ahamiyat kasb etmoqda" - dedi u.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infektsiyasining keng tarqalishini pandemiya deb eʼlon qilgan edi. BSST taqdim etgan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda 15 milliondan ziyod bemorlanish holatlari qayd etilgan, 650 mingdan ziyod odam vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0