TOShKENT, 9 apr — Sputnik, Dmitriy Zlodorev. Yaponiya va Koreya davlatlari o‘z harbiy maqsadlari yo‘lida tez orada Amerikaning F-35 qiruvchilaridan foydalanishni boshlaydi, deya bayonot qildi juma kuni AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Ikkala davlat ham o‘z harbiy imkoniyatlarini mustahkamlamoqda. Biz ular bilan eng old tajribalarimiz bilan o‘rtoqlashmoqdamiz, jumladan, F-35 qiruvchisi qanday ishlab chiqarilishini ko‘rsatib berdik. Yaponiya hamda Koreya davlatlari tez orada undan foydalanishni boshlaydi”, — dedi Karter Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Xalqaro munosabatlar bo‘yicha kengashda so‘zlagan nutqi davomida.