O‘zbekistonda koronavirus: 23-iyul asosiy xabarlari

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMeditsinskie rabotniki klinicheskoy bolnisi v palate s koronavirusnimi bolnimi
Meditsinskie rabotniki klinicheskoy bolnisi v palate s koronavirusnimi bolnimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir sutka davomida 324 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 703 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Glavniy saninspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik O‘zbekiston
Nurmat Otabekov koronavirusning og‘ir asoratlari haqida aytib berdi

Bir sutka davomida 324 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 703 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlari: 84 nafari Surxondaryo viloyatida, 65 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Namangan viloyatida hamda qolgan 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 130 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 10 002  nafarga yetdi.

Ayni paytda 8 601 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Toshkentlik 55 yoshli bemor koronavirusning navbatdagi qurboni bo‘ldi. Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi 55 yoshli R.Sh.da (erkak) joriy yil 19-iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Oslablenie karantinnogo rejima v Gretsii - Sputnik O‘zbekiston
Niqoblar tufayli insoniyat ekologik falokatga duch kelishi mumkin – Yaponiya OAV

O‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yana bir holat: Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 82 yoshli M.K.da (ayol)da 18-iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va umumiy ahvoli og‘irligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan va sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, terminal o‘pka shishi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

O‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, terminal o‘pka shishidan vafot etgan.

O‘zbekistonda jami 100 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Chegarada to‘plangan fuqarolar

Samara viloyatidagi chegara yaqinida tashkil etilgan lagerda 676 nafar O‘zbekiston fuqarolari qolmoqda. Ular orasida 16 nafar ayol va 3 nafar bola.

Samara viloyati inson huquqlari bo‘yicha vakilining matbuot xizmati yozishicha, ayni vaqtda fuqarolarni vatanga olib kelish masalasi hal qilinmoqda.

Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Botirbekov bemorlarni davolash, dori-darmon va karantin haqida

Qozog‘iston O‘zbekistonga gumanitar yordam jo‘natadi

Qozog‘istonda oziq-ovqat mahsulotlari O‘zbekistonga yuboriladi: un, grechka, o‘simlik yog‘i va konservalar. Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi gumanitar yordam yetkazib berish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiradi.

Turistlar oqimi

Davlat statistika qo‘mitasi karantin davrida O‘zbekistonning turistik oqimi haqida xabar berdi. Pandemiya paytida O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni 60 foizga kamaydi.

MDH mamlakatlaridan O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolari 1 million 161 ming kishini tashkil etdi, bu ularning umumiy sonining 95,5% ni tashkil etadi, xorijiy davlatlardan esa 54,8 ming kishi (4,5%).

Dunyo salomatligi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 15,3 milliondan oshdi, 624 ming kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (4,0 mln), Braziliyada (2,2 mln), Hindistonda (1,2 mln).

Yangiliklar lentasi
0