O‘zbekiston jinoyat sudlari birinchi yarim yillikda 13,9 mingta ishni ko‘rib chiqdi

© Sputnik / Andrey Starostin / Mediabankka o‘tishSudebniy molotok, arxivnoe foto
Sudebniy molotok, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sudlangan shaxslarning 11 401 nafari erkaklar, 1 347 nafari ayollar, 4 954 nafari yoshlar, 257 nafari voyaga yetmaganlar va 396 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslardir

TOShKENT, 22-iyul - Sputnik. O‘zbekiston jinoyat sudlari birinchi yarim yillikda 13,9 mingta ishni ko‘rib chiqdilar.

Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda sudyalar obro‘sizlantirilishi bo‘yicha jinoiy ish ochildi

"O‘zbekistonda 2020-yilning birinchi yarim yilligida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 17 251 nafar shaxsga nisbatan 13 990 ta ish ko‘rib chiqildi. Mazkur ko‘rsatkichlar 2019-yilning shu davriga nisbatan shaxslar bo‘yicha 8 foizga, ishlar bo‘yicha esa 2 foizga kamaygan", - deyiladi Oliy sub rasmiy axborotida.

Xususan, 363 nafar shaxs oqlangan va reabilitatsiya qilingan, sudlangan shaxslar soni 12 748 nafarni tashkil etib, shundan 3 896 nafar shaxsga ozodlikdan maxrum qilish va 8 852 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlangan, 545 nafar shaxs shartli hukm qilingan. Sudlangan shaxslarning 11 401 nafari erkaklar, 1 347 nafari ayollar, 4 954 nafari yoshlar, 257 nafari voyaga yetmaganlar va 396 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.

Shuningdek, 1 455 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalidan ozod qilingan, 10 331 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan, 3 234 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirilgan, 2 505 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalangan.

V Tashkente nachalos pervoe slushanie po delu ob ubiystve sportsmena Djamshida Kenjayeva v nochnom klube Aurum 898 - Sputnik O‘zbekiston
Kriminogen Toshkent: poytaxtda qotillik jinoyatlarining teng yarmini yoshlar sodir etgan

115 nafar yoshlarga, 23 nafar ayolga va 386 nafar shaxsga kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ayrim jinoyat turlari, xususan, qasddan odam o‘ldirish, bosqinchilik, talonchilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, firibgarlik, o‘g‘rilik, qasddan badanga og‘ir va o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, odam savdosi, mansab soxtakorligi, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi jinoyatlar uchun sudlanganlik ko‘rsatkichlari kamaygan.

Hisobot davrida yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 3 535 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.

Yetkazilgan 118,5 mlrd. so‘mdan ziyod moddiy zararning o‘rnini qoplagan 1 319 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.

3 646 ta jinoyat ishi, ya’ni barcha ishlarning qariyb 26,1 %i sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida 808 nafar shaxsga nisbatan 661 ta ish ko‘rib chiqilgan. 519 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilingan va 197 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan.

Yangiliklar lentasi
0