Analitika

Oʻzbekiston va boshqa respublikalarning Olimpiada-80 ga tayyorgarlik koʻrishdagi roli

© Sputnik / A. Knyazev / Mediabankka oʻtishTorjestvennoye otkrыtiye XXII Olimpiyskix igr v Moskve 19 iyulya 1980 goda. Na tribune - simvol Olimpiadы-80 - Medvejonok.
Torjestvennoye otkrыtiye XXII Olimpiyskix igr v Moskve 19 iyulya 1980 goda. Na tribune - simvol Olimpiadы-80 - Medvejonok. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
SSSRdagi yangi olimpiya oʻyinlari barcha ittifoq respublikalar uchun muhim ahamiyatga ega boʻldi. Musobaqalar 5 ta shaharlarda boʻlib oʻtdi. Ularni oʻtkazishda barcha respublikalar oʻz hissalarini qoʻshishgan.

Bunday yirik musobaqalarni tashkil etishda kim qanday yordam berdi – Sputnik maqolasida batafsil tanishing.

Sputnik, Anna Jelixovskaya, Dmitriy Matveyev, Lev Rыjkov, Yekaterina Mikaridze

Olimpiadani qabul qilgan shaharlar

Olimpiada-80 ning eʼtiborli jihati shundaki, Moskva baʼzi musobaqalar bilan “oʻrtoqlashgan”: Estoniya SSRda yelkanli regata, Kiyev (Ukraina SSR), Minsk (Belorussiya SSR) va Leningradda (RSFSR) futbol oʻyinlari boʻlib oʻtgan.

SSSR Olimpiya qoʻmitasi prezidiumi aʼzosi Andrey Kislov Sputnik nashriga ittifoq respublikalarda musobaqalarni oʻtkazish haqidagi qaror qanday qabul qilinganini hikoya qilib berdi.

© Sputnik / Igor Kostin / Mediabankka oʻtishPrazdnik, posvyaщennыy otkrыtiyu predvaritelnыx igr futbolnogo turnira v podgruppe "S". Olimpiada 1980 goda
Oʻzbekiston va boshqa respublikalarning Olimpiada-80 ga tayyorgarlik koʻrishdagi roli - Sputnik Oʻzbekiston
Prazdnik, posvyaщennыy otkrыtiyu predvaritelnыx igr futbolnogo turnira v podgruppe "S". Olimpiada 1980 goda
“Doʻstlarimizni xafa qilib qoʻymasligimiz va imkoni boricha turli respublikalarni jalb qilishimiz lozim edi, - deya xotirlaydi u. – Biz, tashkiliy qoʻmita Xalqaro olimpiya qoʻmitasi qoidalarini buzmaslik uchun ularni qanday jalb qilishni oʻylab topdik. Bir necha shaharlarning toʻlaqonli olimpiya shaharlari boʻlishi uchun bu bizning katta mehnatimiz edi”.

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi ijozati bilan olimpiya mashʼalasini Moskvadan toʻrtta shaharga Leningrad, Kiyev, Minsk va Tallinga olib oʻtdik. “Hamma shaharlar musobaqalarni oliy darajada oʻtkazdi, muammo kuzatilmadi, - deya eslaydi SSSR Olimpiya qoʻmitasi prezidiumi aʼzosi. – Olimpiya oʻyinlari vaqtidagi biror bir yirik janjalni eslay olmaysiz-ku? Bu boʻlmagan”.

© Sputnik / Rudolf Kucherov / Mediabankka oʻtishTorjestvennaya tseremoniya otkrыtiya futbolnыx sorevnovaniy po programme XXII letnix Olimpiyskix igr — Leningrad
Oʻzbekiston va boshqa respublikalarning Olimpiada-80 ga tayyorgarlik koʻrishdagi roli - Sputnik Oʻzbekiston
Torjestvennaya tseremoniya otkrыtiya futbolnыx sorevnovaniy po programme XXII letnix Olimpiyskix igr — Leningrad

Olimpiya obʼyektlari nafaqat Moskvada, balki ittifoqning yana uch respublikasi poytaxtlarida barpo etilgan. Shaharlarning infratuzilmalari zamonaviylashtirilgan.

Oʻzbekistonlik chavandoz Yuriy Kovshov Olimpiada-80da oltin medalni qoʻlga kiritdi - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Oʻzbek chavandozi va Olimpiada-80 boshqa SSSR qahramonlari – foto

“Futbol oʻyinlari oʻtkazilgan Kiyevda Olimpiada boshlanishidan bir muncha muddat oldin stadion va uchta yangi mehmonxona, restoranlar va qahvaxonalar qurilgan, - deydi tarixchi Yelena Istyagina-Yeliseyeva. – Minskda “Dinamo” stadioni zamonaviylashtirilgan. Tallinda sport delegatsiyalarni qabul qilish uchun Olimpiya shaharchasi barpo etilgan, mehmonxona, dengiz vokzali, xalqaro aerovokzal, teleminora, sport zallari qad rostlagan. Yelkanli markazni shahar bilan bogʻlash uchun maxsus yangi avtomobil yoʻli qurilgan”.

Tallin qanday qilib Rigadan oʻzib ketdi

Nega yelkanli regata uchun Tallinni tanlashgan? Andrey Kislovning soʻzlariga koʻra, bir nechta boshqa variantlar koʻrib chiqilgan.

“Yelkanli sport borasida respublikalar oʻrtasida kurash boʻlgandi, - deya xotirlaydi Kislov. – Quyidagi variantlar: Sochi, Riga, Tallin, Leningrad. Men, masalan, uni Leningradga berish tarafdori edim. Lekin yelkanli regatani oʻtkazish uchun birinchi raqamli nomzod sifatida Riga koʻrilgan. Biz XXI Olimpiya oʻyinlariga daʼvogarlik qilgan paytlarimizda (oʻshanda u Kanadaning Monreal nasib qilgandi) Riga varianti birinchi darajali edi”.

© Sputnik / Voldemar Maask / Mediabankka oʻtishTorjestvennaya tseremoniya otkrыtiya parusnoy regatы, vxodyaщey v programmu XXII Olimpiyskix igr
Oʻzbekiston va boshqa respublikalarning Olimpiada-80 ga tayyorgarlik koʻrishdagi roli - Sputnik Oʻzbekiston
Torjestvennaya tseremoniya otkrыtiya parusnoy regatы, vxodyaщey v programmu XXII Olimpiyskix igr

Shunga qaramasdan Estoniya poytaxti olimpiya poygasida Latviya SSR poytaxtini ortda qoldirgan.

“Riga rahbariyati Tallin namoyish etgan abjirlikni namoyish etmagan. Tallinning shahar yutib chiqqan – juda gʻayratli odam. Unga bir soʻz aytishing bilan, bir zumda ijro etadi. Tallin juda katta daromad olgan. Chunki agar respublika roʻyxatga kiritilsa, u shon-shuhratdan tashqari moliyaviy yordam va oʻz zaxiralarini respublikaga sarflash imkoniyatini olardi”.

© Sputnik / Voldemar Maask / Mediabankka oʻtishOrkestr vstrechayet yaxtы posle sorevnovaniy: torjestvennoye zakrыtiye parusnoy regatы, XXII letniye Olimpiyskiye igrы
Oʻzbekiston va boshqa respublikalarning Olimpiada-80 ga tayyorgarlik koʻrishdagi roli - Sputnik Oʻzbekiston
Orkestr vstrechayet yaxtы posle sorevnovaniy: torjestvennoye zakrыtiye parusnoy regatы, XXII letniye Olimpiyskiye igrы

Estoniyaning hatto oʻzining ramziy olimpiya belgilari bor edi: yelkanli sport uchun alohida, eston olimpiya timsoli – tyulen Vigrini ishlab chiqishdi.

Uch mamlakat, ikki respublika

Ittifoq respublikalar bevostida ishtirok etgan yana bir muhim olimpiya tadbiri bu olimpiya olovi estafetasi edi.

“Yoʻl Ukraina va Moldova hududi boʻylab, jumladan, Kishinev, Chernovts, Xmelnitskiy, Vinnitsa, Jitomir, Kiyev, Poltava, Xarkov shaharlari boʻylab oʻtgan, - deydi tarixchi Yelena Istyagina-Yeliseyeva. – Ushbu aholi punktlariga Moskva yoʻlida xorijlik sayyohlar tashrif buyurishi koʻzda tutilgan edi. Shu bois ularning infratuzilmalarini zamonaviylashtirish va tashqi qiyofalarini yaxshilash qarori qabul qilingan”.

Olimpiada-80: rabotayet KGB SSSR - vыvoz prostitutok, vorы v zakone i tsыganskiye baronы - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Olimpiada-80 sirlari: KGB, loʻlilar baronlari va jinoyatchilarning chiqarib yuborilishi – video

Shunda qilib, estafeta yoʻli taʼmirlangan va milliy uslubda mehmonxona, kemping va restoranlar qurilgan.

Andrey Kislovning soʻzlariga koʻra, yuguruvchilar maxsus komissiya tomonidan saralab olingan. Qarindoshlari gapi yoki oshna-ogʻaynigarchilik orqali biror bir kishining yugurish varianti haqida gap ham boʻlishi mumkin emasdi.

“Yuguruvchilarni Moskvadan olib kelmaganmiz. Respublikalarning oʻzi saralab olardi, lekin ular oshna-ogʻaynigarchilikka yoʻq qoʻymasligi kerak edi. Estefetaga olingan kishilar maʼlum yutuqlarga erishgan fuqarolar boʻlishi shart edi. Eng asosiysi – olimpiya mashʼali. Libos yaponcha edi. Unga tayyorlagan yaponlar katta pul toʻlagan”.

Estafeta arafasida SSSR Olimpiya qoʻmitasi aʼzolari kutilmagan muammolarni inobatga olish maqsadida bir necha bor yugurib oʻtiladigan yoʻlni bir necha bor koʻzdan kechirishgan.

“Mashinada ketayotganimizda yoʻllarda odamlar toʻplanib, mehmonga chorlardi. Biz toʻxtashga majbur boʻlardik. Ular bizni yarim kundan buyon kutib turishgan ekan! Demak, qadah koʻtarish, tamaddi qilish yoki hech boʻlmagan tost aytish kerak. Yoʻlimizda davom etamiz. 10-15 kilometr narida yana olomon toʻplanib turibdi. Yana toʻxtashimiz kerak, chunki u yerda boʻlajak olimpiya olovi delegatsiyasi boʻlishi haqida xabar qilgandik. Barcha respublikalarda xuddi shunday holat kuzatildi. Ularning hammasiga besh baho qoʻyish kerak. Men buni oʻz mavqeim va vazifamdan kelib chiqib baho berish vakolatiga ega boʻlgan rasmiy shaxs sifatida aytyapman. Asablarimiz buzilmagan”, - deya yodga oladi Kislov.

Bir yil oʻtib vaziyat takrorlanadi: olimpiya mashʼali oʻtish kerak boʻlgan yoʻlda minglab, baʼzan oʻn minglab kishilar toʻplangan.

Mevalar vagoni

1980 yilgi Olimpiya oʻyinlarida ittifoqning deyarli barcha respublikalaridan vakillar ishtirok etgan. Shuningdek, Olimpiadada Sovet Ittifoqining turli respublikalaridan boʻlgan hakamlar ishtirok etgan. Barcha SSR olimpiya timsoli bilan suvenir ishlab chiqargan.

Torjestvennaya tseremoniya otkrыtiya XXII Olimpiyskix igr v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Olimpiada-80 sirlari: tribuna qanday jonlangani va ayiqcha qayerga uchib ketgani haqida

Olimpiada mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun oʻz tovarii koʻrsatish imkonini ham bergan. Maishiy yoki libos tovarlar sohasida sovet ishlab chiqaruvchilarining unchalik maqtangulik narsasi yoʻq edi. Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari bu boshqacha tus olgan. 1980 yil iyul oyida Dushanbedan Moskvaga meva ortilgan vagon yoʻlga chiqqan.

“SSSR Qishloq xoʻjaligi vazirligidan buyurtma kelib tushdi – Olimpiya oʻyinlariga eng sara va sarxil tojik mevalarini olib kelish, - deya eslaydi Tojikiston Akademiya fani botanika bogʻi bosh hisobchisi Alisher Saidov. – Hikmatullo Boʻriyev, sobiq boshligʻim, respublika Qishloq xoʻjaligi vazirligida lavozimli ishda ishlardi. Oʻshanda u bu yuklarni joʻnatish bilan shaxsan shugʻillangan. Moskvaga respublika kolxoz va sovxozlarida yetishtirilgan eng sara 28 ta uzum navi keltirilgan”.

Kak Olimpiada-80 perekroila rabochiy grafik v Uzbekistane — vospominaniya telejurnalista - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Olimpiada-80 Oʻzbekistonda ish jadvalini qanday oʻzgartirib yubordi - Toʻxtamirzayev

Mevalarni samolyotda joʻnatish imkoniyati bor edi, lekin Boʻriyev sovutgichlar bilan jihozlangan vagonda joʻnatiladi deb turib oldi. Har bir yuk qogʻozga oʻralgan edi.

“Moskvada mevalarni Qishloq xoʻjaligi vazirligi taqsimlardi, - deya hikoya qiladi Alisher Saidov. – Lekin aniq bilamanki, qaysidir bir qismi VDNXgacha yetib borgan va pavilonlardan biriga koʻrgazmagan qoʻyilgan. Tojik uzumlari bilan chet ellik delegatsiyalar siylangan. Boʻriyev ayrim uzum navlarini hatto Frantsiyaga olib ketishganini aytgandi”.

Moskvada meva ekspeditsiyasi bilan qiziqarli holat roʻy bergan. Ular kelishganda qayerdan kelishganini soʻrashgan. “Tojikistondan, Lenin tumanining “Kommunizm” kolxozidan, - deya javob berishgan mehmonlar. “Sizlar nima keltirdingiz? – deb soʻrashgan moskvaliklar. “Uzum, shaftoli, anor (ruscha tarjimasi granat. Granata qurol soʻziga oʻxshash – tahr.)”, - deyishgan kolxozchilar. Soʻngra ular kutib olgani chiqqanlarning ranglari nima sababdan oʻzgarib ketganini anglashmagan. Boʻriyev qutilarni ochib, bu qurol emas, balki meva ekanini koʻrsatishiga toʻgʻri kelgan.

Oʻzbekiston ham sarxil mevalarni joʻnatgan

Olimpiadaga Oʻzbekiston SSRdan mevalar joʻnatilgan. Eng sara va sarxillari.

“Oʻzbekiston Olimpiadaga eng yaxshi uzum, oʻrik, sabzavot yetkazib bergan, - deya eslaydi Sankt-Peterburgning tashqi aloqalar qoʻmitasi rahbarining maslahatchisi Ismat Kuchiyev, Olimpiada yillari Oʻyin xavfsizligini taʼmilagan SSSR KGB boʻlinmasida ishlagan. – Avvallari Moskvadagi “Oʻzbekiston” Savdo uyiga rejali yetkazib berish bor edi. Olimpiada uchun eng yaxshi, eng sarxil mahsulotlar Meva-sabzavot savdo vazirligiga joʻnatilgan. U yerdan savdo shoxobchalariga chiqarilgan”.

Mevalar poyezdda olib kelingan. Meva vagonida chiptasiz Moskvaga buxorolik yosh kurashchi kelishga muvaffaq boʻlgan.

“Buxoroda taniqli sambochi oila Yusupovlar yashaydi, - deya hikoya qiladi Ismat Kuchiyev. – Oilaning barcha aʼzosi – SSSR sport ustalari. Ularning otasi meva vagoniga bepul oʻtirib, Moskvaga kelgan”.

© Foto iz lichnogo arxiva Ismata KuchiyevaIsmat Kuchiyev (krayniy sleva) i kursantы Minskoy shkolы KGB vo vremya Olimpiadы-80
Oʻzbekiston va boshqa respublikalarning Olimpiada-80 ga tayyorgarlik koʻrishdagi roli - Sputnik Oʻzbekiston
Ismat Kuchiyev (krayniy sleva) i kursantы Minskoy shkolы KGB vo vremya Olimpiadы-80

Aytgancha, Olimpiadagi kelish juda qiyin boʻlgan: hammani ham olaverishmagan, viloyatdan 10-15 kishidan.

“Oʻshanda Moskvaga yoʻllanma namunali ish uchun ragʻbat edi, - deya eslaydi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti sobiq direktori Ravshan Abdullayev. – 10-12 kishidan iborat guruhimizni Fargʻona viloyati qoʻmitasida tashkillashtirishdi. Bizni Moskvaga Olimpiada ochilishiga vakil qilib yuborishdi. Biz u yerda bir hafta boʻldik. Har bir viloyatdan taxminan 1-15 kishidan saralab olishgan. Yopilish marosimiga boshqa guruh joʻnatilgan edi. demak, butun Oʻzbekistondan oʻshanda Olimpiya oʻyinlariga 100-150 kishi vakil qilib joʻnatilgan, lekin, bundan ham koʻp boʻlishi mumkin.”

Mevalardan tashqari Moskvada oʻzbekistonlik oshpazlar va ofitsiantlarga talab katta boʻlgan.

“Ular inturist” bolalar edi, - deya eslaydi. Ismat Kuchiyev. – Ularni ishga boʻlgan jiddiy qarash ajratib turardi. Ular taom tortishni, chet tillarini bilishardi”.

Olimpiadadagi ichimliklar

“Ochilish va yopilish marosimlarida juda koʻp vino boʻlgan. Moldovan, gruzin, ozarbayjon vinolari boʻlganini aniq eslayman. Konyaklar ham. Arman konyagi aniq boʻlgandi”, - deya hikoya qiladi tarixchi Aleksandr Nikishin.

Gruziyaning vino-aroq mahsulotlari hamisha katta shuhratga ega boʻlgan. Gruziyaga vino oʻlkasi sifatida poytaxt mehmonlari va sport delegatsiyasi aʼzolarini Baxus ichimligi bilan taʼminlashi kerak edi.

Agar murabbiy, hakam, XOQ vakillarini alkogol ichimligini ichishda cheklamagan boʻlsa, Olimpiadada sporchilarga ichish, albatta, taqiqlangan edi. Ularni faqat alkogolsiz ichimlik bilan ziyofat qilishardi. “Koka-kola”da ulgʻaygan Gʻarb SSSRda syurpriz kutib turardi. Xorijliklar bu mamlakatda amerika “Kola”siga oʻxshash narsa ishlab chiqara olishmaydi deb oʻylashardi. Bu yerda esa tushlik va kechki taom vaqtida sportchilarga gruzin limonadi “Lagidze suvi” va mashhur “Borjomi” mineral suvini quyib uzatishardi. Gruziyaning oʻziga xos “Kola”si amerika brendini dogʻda qoldirgan.

© Sputnik / Sokolov / Mediabankka oʻtishEmblema "Vodы Lagidze", ukrashavshaya Tbilisskiy zavod bezalkogolnыx napitkov v nachale XX veka
Oʻzbekiston va boshqa respublikalarning Olimpiada-80 ga tayyorgarlik koʻrishdagi roli - Sputnik Oʻzbekiston
Emblema "Vodы Lagidze", ukrashavshaya Tbilisskiy zavod bezalkogolnыx napitkov v nachale XX veka

Oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrish doirasida butun SSSR boʻylab turli koʻplab korxonalari jalb qilingan: masalan, ayrim mehmonxonalardagi mebel Latviya SSRdan keltirilgan; maxsus avtotexnika Ukraina, Latviya, Gruziya va Armanistonda ishlab chiqarilgan; sport obʼyektlaridan elektron tablolar Ukraina SSRda ishlab chiqarilgan.

Yangiliklar lentasi
0