RF Qurolli Kuchlarining bir necha tezkor va strategik tuzilmalarining jangovar tayyorgarligini taxminan 150 ming harbiy xizmatchi, 26 ming dona qurol va texnikalar, 400 ta samolyot va 100 dan ortiq kema va qayiqlarni jalb qilgan holda to‘satdan tekshirishning hayratlanarli ko‘lami, o‘z manfaatlarimizni himoya qilish niyatimizning ishontiruvchi ishorasidir.
17-21 iyul kunlari Janubiy va G‘arbiy harbiy okruglar, markaziy bo‘ysunishdagi alohida tuzilmalar, Havo-desant qo‘shinlari, Shimoliy va Tinch okean floti dengiz piyodalari qo‘shinlari kutilmagan tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Reja bo‘yicha Qora va Kaspiy dengizi suv hududlaridagi 35 quruqlik va 17 dengiz poligonida 56 taktik darajadagi mashqlar, 149 755 harbiy xizmatchi, 26 820 ta qurol va harbiy texnika, 414 samolyot, 106 kema va qayiqlar ishtirok etmoqda. Harbiy qism va bo‘linmalar to‘planish joylariga yurishi uyushtirildi, kemalar guruhlari dengizga yo‘naltirildi, aviatsiya tuzilmalari operativ aerodromlarga ko‘chirildi.
Bu qurolli kuchlarning RFning janubiy-g‘arbiy qismida harbiy xavfsizlikni ta’minlash qobiliyatining sinovi va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) va Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining (KXShT) oltita davlati qo‘shinlari ishtirokida sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan “Kavkaz-2020” strategik qo‘mondonlik-shtab mashqlariga tayyorgarlik. RF Bosh shtabi va Mudofaa vazirligining inspektorlari janubiy va g‘arbiy harbiy okruglarning bo‘linmalarini, markaziy bo‘ysunishdagi alohida tuzilmalarni, Havo-desant kuchlarini va Shimoliy va Tinch okean floti dengizlarini tekshirmoqdalar.
G‘arb generallari bu kabi miqdordagi harbiy guruhlarning to‘satdan mashqlarini hatto tushida ham ko‘rmaydi. Buning tasdig‘i - bahorda Polsha, Litva, Latviya va Estoniyada “Yevropa Himoyachisi” mashg‘ulotlari doirasida AQSh va boshqa NATO davlatlaridan 30 mingga yaqin harbiy xizmatchilarni to‘plash bo‘yicha muvaffaqiyatsiz urinishdir.
Porter halokati muqarrar
To‘satdan tekshiruvga janubiy urg‘u berilgan va u NATO va Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining Qora dengizda yaqinda o‘tkaziladigan mashqlari bilan bog‘liq emas, va ayniqsa Armaniston va Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatni keskinlashishiga ham bog‘liq emas. Rossiya bu kabi shartli kutilmagan Armiya va dengiz flotining mashqlarini bir necha yillardan beri amalda qo‘llab kelmoqda. Shu bilan birga, qo‘shinlarning barcha turlari, tezkor-strategik tuzilmalar trevoga(ogohlantirish) bo‘yicha shay holatga keltiriladi. Bo‘linmalar va qismlar, kemalar va samolyotlar tezkor ravishda yuzlab va minglab kilometrlar uzoqlikka joylashtirilib, qo‘yilgan vazifalar notanish poligonlarda, dengizda va quruqlikda bajariladi. Faqat shu yo‘l bilan qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligining haqiqiy darajasini, manevralarning texnologik imkoniyatlarini, muayan mintaqada kuchlarning joylashishini va ishlatilishini tekshirsa bo‘ladi. Harbiy harakatlarning muvaffaqiyati 80%ga rivojlangan infratuzilma (bazalar, aerodromlar, portlar) va benuqson logistikaga bog‘liq.
Boshqa tomondan, Rossiya qo‘shinlari va kuchlarining barcha mashqlari (shu jumladan kutilmagan tekshiruvlar) Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan shartsiz harbiy ustunlikning tinch namoyishidir. Albatta, bu yozda Odessaga tez-tez tashrif buyurayotgan Porter esminetsi va Qora dengizda unga o‘xshagan mehmonlar oldindanoq RF qurolli kuchlarining ustunligi sharoitidadir va haqiqiy harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda halokati muqarrardir.
Mashg‘ulotlarning alohida epizodlari Rossiyaning milliy manfaatlari hududida va uning ittifoqchilarining hududida terrorchilar va tajovuzkorlarni nima kutayotganini yaxshiroq tushunishiga imkon beradi.
Janglar dinamikasi
Qora dengiz flotini kutilmagan tekshiruvda 3000 dan ortiq harbiy xizmatchilar va 300 dona texnika, shu jumladan harbiy kemalar, samolyotlar, shuningdek, Qora dengiz flotining armiya korpusining shaxsiy tarkibi va texnikalari qatnashdi. Mashqlar ta’rifiga ko‘ra, “dushman kemasi” moslashtirilmagan qirg‘oqqa desant tushurishiga tayyorlanayotgan Qora dengiz flotining katta desant kemalarini yo‘q qilishga uringan paytda, kemalar otradi dengizda artilleriya zarbalarini amalga oshirdi.
Kaspiy flotiliyasining mashqlarida 35 ta kema ishtirok etmoqda. Shu bilan birga, Dog‘iston tog‘lariga tushirilib “Adanak” o‘quv poligonida mashg‘ulotlar paytida, noqonuniy qurolli tuzilmalarni “yo‘q qilgan”, dengiz piyodalari va kemalar joylashtirilishi amalga oshirildi - vazifani 700 dan ortiq harbiy xizmatchilar, 30 ga yaqin qurol va harbiy texnika, BTR-82AM zirhli mashinalari, bir nechta “Grad” RSZO raketa tizimlari, 122 mm D-30 gaubitsalari, 120mmli “Sani” minomotlari amalga oshirdi.
Janubiy harbiy okrugning motoo‘qchi, tank, artilleriya qo‘shinlari (shu jumladan Abxaziya va Janubiy Osetiyadagi Rossiya harbiy bazalari) 70 dan ortiq mashqlar doirasida 20ta poligonda“janglarni” olib bormoqda. Operativ (zahiradagi) aerodromlar 150 samolyot va vertolot joylashtirilishini ta’minlaydi.
Harbiy-havo kuchlari va Havo mudofaasi 4-chi armiyasining zenit-raketa qismi ogohlantirish bo‘yicha qo‘zg‘atildi va jangovar pozitsiyalarga yurishni amalga oshirdi. 19-iyul kuni S-400 “Triumf” zenit-raketa tizimlari va “Pansir-S1” zenit-raketa va to‘p tizimlari bo‘linmalari shartli qanotli raketa zarbalarini va jangovar dronlar hujumini qaytarishdi, ya’ni ular Qora dengiz sohilidagi muhim obyektlarni himoya qilishdi.
Janubiy harbiy okrugning “Iskander” raketa bo‘linmasi Qora dengiz sohilini “dushman” desanti tomonidan egallab olinishini oldini oldi, desant kemalaridan tushirish vaqtida harbiy texnikalarning to‘planishini shartli ravishda yo‘q qildi.
Ingushetiyada joylashtirilgan 58-chi umumqo‘shin armiyasining yuqori quvvatli artilleriya bo‘linmalari motoqo‘chilar va 4-chi Harbiy-havo kuchlari va havo mudofaasi armiyasining 50 dan ortiq hujum vertolotlari (Ka-52, Mi-28N va Mi-35) “dushman”ga qarata o‘t ochdi. Bir vaqtning o‘zida “Uragan” va “Smerch” RSZOlari, 203 mmli o‘ziyurar “Malka” artilleriya uskunalari va 240 mmli “Tulpan” minomotlari “ishladi”. E’tibor berishimiz kerak, odatiy 230 kilogrammli snaradlardan tashqari, “Tulpan” 20 kilometr masofaga ikki kilotonnali termoyadroviy minalarni ham ota oladi.
Janubiy harbiy okrug 58-chi armiyasining motoqo‘chilari Janubiy Osetiya tog‘larida shartli dushmanni yo‘q qildi. T-72A tanklari, BMP-2 piyodalar jangovar mashinalari, “Gvozdika” o‘ziyurar artilleriya uskunalari, “Sani” minomotlari, AGS-17 va RPG-7V avtomat va qo‘l granatomotlaridan oddiy snaradlar bilan otish muvaffaqiyatli o‘tdi.
Abxaziyadagi Janubiy Harbiy okrug tankchilari “Nagvalou” va “Sabal” qirg‘oq poligonlarida shartli dushmanning ort tomonida reyd otradlari va qanot hujumlarini amalga oshirish uchun aylanib o‘tuvchi bo‘linmalar vazifalarini bajardilar.
“Gudauta” o‘quv poligonida (Abxaziya) Rossiya mutaxassislari “Jitel” va “Krasuxa” elektron kurash tizimlaridan foydalangan holda shartli “dushman”ning hujum dronlariga qarshi kurash choralarini amalga oshirdilar. Ular, shuningdek, shartli dushmanning taktik guruhlari to‘planish hududida navigatsion maydonni buzdilar va aviatsion hujumini tayyorlashda yuqori aniqlikdagi qurollarni boshqarish vositalarini “ko‘r qildilar”. Radioelektron kurash bo‘linmalari radioto‘lqin yordamida boshqariladigan fugas va minalar signallarini bostirishni tashkillashtirdilar, radioaloqa liniyalariga radioelektron yo‘q qilish vazifalarini amalga oshirdilar, “dushman”ning nazorat punktlari va aloqa bog‘lanmalariga, dronlarning boshqaruv va ma’lumotlar tarqatish kanallariga qarata radioelektron zarbalarni amalga oshirdilar.
Hatto bu qisqa, tanlanma jihatlar ham kutilmagan tekshiruvning umumiy g‘oyasini va qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligining maqsadini tushunishga imkon beradi: Rossiyaning osmoni, dengizi va uning ittifoqchilari terrorchilar va barcha qatlamlardagi nomaqbul qo‘shnilari uchun dahlsizdir.
Kutilmaganlik va shaffoflik
NATO vakili Oana Lungesku 18-iyul kuni Rossiya qo‘shinlarni to‘satdan tekshirish paytida shaffoflik shartlariga rioya qilmayotganini ma’lum qildi, shu paytning o‘zida NATO bo‘yicha ittifoqchilar esa OBSEning Vena hujjati ruhi va mazmuniga mos harakat qilmoqdalar. Biroq, Moskva tomonidan qabul qilingan qarorlarning maqsadga muvofiqligi va qonuniyligiga shubha qilish uchun vakolat va o‘rinli sabablar kerak.
Ishonch va xavfsizlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vena hujjati (VD-2011) yevropalik qo‘shnilarni 42 kun oldin (yoki undan ham ko‘prok) 9 mingdan ortiq odam ishtirok etadigan harbiy harakatlar haqida xabardor qilishni va Yevropadagi har bir mamlakatning ishtirokchilari soni 40 mingdan ortiq bo‘lgan mashqlarni uch yilda bir marotaba o‘tkazish huquqini tartibga soladi. Biroq, RF Qurolli Kuchlarida 40 mingdan ortiq odam ishtirok etadigan kutilmagan tekshiruvlar xalqaro majburiyatlarga zid emas. VD-2011 amal qilishi ostiga tushadigan aniq tarkibiy qismlar va birliklarni hisobga olish kerak, ushbu protsedura ushbu hujjatning birinchi bobiga asosan tartibga solinadi. OAVlar 150 ming askar jalb qilingani haqida xabar berishganda, bu nafaqat oddiy qurolli kuchlarni (Vena hujjati tushuntirganidek), balki Harbiy-dengiz kuchlari, Havo-kosmik kuchlar va boshqa tarkibiy qismlarni kutilmagan tekshirishda qatnashishini anglatadi. NATO vakillari o‘z baholashlarida VD-2011 doirasida ishlatiladigan rasmiy (professional) ma’lumotlardan foydalanishi kerak, aksincha, jangovar tayyorgarlikning shaffofligi haqidagi OAVlarning yoki o‘z fikrlaridan emas.
Rossiya Mudofaa vazirligi chet ellik harbiy kuzatuvchilarni 72 soatdan ortiq davom etadigan to‘satdan o‘tkazilgan tekshiruvlarga taklif qilmaydi, chunki kuzatuvni ta’minlash qoidasi, harbiy xizmatchilar va harbiy texnikalar soni oshgan sharoitda (tegishli ravishda 13000 kishi, 300 ta tank, 500 ta zirhli mashinalar) faqat belgilangan ortiqcha qoldiq saqlangan davrdagina amal qiladi. Kutilmagan tekshiruvlarning butun tarixida bunday vaziyatlar yuzaga kelmagan, Rossiya qo‘shinlarining harakatlari joylashishi va vaqti bo‘yicha qayd etilgan.