Yaxshi qurollangan va juda xavfli: MiG-31 – osmondagi eng kuchli ovchi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishIstrebiteli-perexvatchiki MiG-31K s giperzvukovimi raketami "Kinjal" vo vremya vozdushnoy chasti voyennogo parada v oznamenovanie 75-letiya Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941-1945 godov v Moskve.
Istrebiteli-perexvatchiki MiG-31K s giperzvukovimi raketami Kinjal vo vremya vozdushnoy chasti voyennogo parada v oznamenovanie 75-letiya Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941-1945 godov v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Beshinchi avlod jangovar samolyotlari paydo bo‘lishiga qaramay, dunyoda eng kuchli - Rossiyaning to‘rtinchi avlod og‘ir MiG-31 qiruvchi-tutuvchi samolyoti hisoblanadi.

MiG-31 qiruvchi-tutuvchi samolyoti 2,83 Max va 20 km balandliklarda ulkan raketa qurollarini ishlatishga qodir. Bu samolyot chet ellik mutaxassislarda qattiq qiziqish uyg‘otmoqda, chunki uning analogi yo‘q.

MiG-31 qiruvchi-tutuvchi samolyotlarining ish yetarli - G‘arb davlatlari har hafta razvedka o‘tkazib, Rossiya havo chegaralarining mustahkamligini tekshiradilar. 14-iyulda Qora va Barens dengizi ustida Rossiya  davlat chegaralari yo‘nalishida parvoz qilayotgan nishonlar aniqlandi. Obyektlarni aniqlash va to‘xtatib qolish uchun Shimoliy flot va Janubiy harbiy okrugning havo mudofaasi kuchlari jangchilari osmonga ko‘tarildi.

Norvegiya HHKga qarashli R-3S “Orion” razvedka samolyoti (Barens dengizi) va AQSh HHKga qarashli RS-135, MQ-9A “Riper” hamda R-8A “Poseydon” samolyotlari (Qora dengiz) Rossiya qiruvchilari kuzatuvi ostida parvoz yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

Ma’lumki, MiG-31 Rossiyaning qutb chegaralarini uzoq vaqtdan beri va ishonchli himoya qilmoqda, ular ikki yildan ko‘proq vaqt davomida bortida kuchli “Xanjar” gipertovushli raketalar bilan Qora dengiz hududida (RF janubiy harbiy okrugi) hushorlik bilan navbatchilik qilmoqda.

Avvalroq (11 iyul) AQShning RC-135 razvedka samolyoti Yaponiya dengizining neytral suvlari orqali Rossiya davlat chegarasiga yaqinlashgandi. MiG-31 va Su-35 samolyotlari birgalikda RF chegaralarining buzilishiga yo‘l qo‘ymadi.

Amerikalik mutaxassislar MiG-31 ni Rossiya harbiy kosmik kuchlarining “eng yaxshi ovchisi" deb atashadi va uning jangovar imkoniyatlarini sinchkovlik bilan tahlil qilishadi. Military Watch tahlilchilari Rossiyaning MiG-31 samolyoti dunyodagi eng og‘ir va tezkor zamonaviy qiruvchi-tutuvchisi  ekanligini ta’kidlamoqda. Ehtimol, bu asosiy narsa emas.

Qudratli ustunlik

G‘arbning maxsus nashri muntazam ravishda “Foxhunter”ning (MiG-31 NATOdagi nomi) super imkoniyatlariga bag‘ishlangan maqolalarni chop etadi.

Istrebiteli MiG-31 proveli vozdushniy boy v blijnem kosmose - video - Sputnik O‘zbekiston
MiG-31 qiruvchilari “yaqin fazo”da jang o‘tkazdi – video

Military Watch jurnali ta’kidlashicha: dunyoda bironta ham qiruvchi eng tezkor raqib, shuningdek ballistik va qanotli raketalarini va kosmik kemalarni tezda to‘xtatib qolish va yo‘q qilishga qodir emas.

"MiG"lar gipertovushli  raketalar bilan birga bir necha daqiqada aerodromdan ko‘tarilib, samolyot tashuvchilar, harbiy obyektlaramda raqibning qo‘mondonlik punktlariga (yoqilg‘i quyishisiz parvoz - 3000 kmgacha) zarba berishi mumkin. Uch yoki to‘rtta MiG-31 qiruvchisi havo bo‘shlig‘ini 1000 km masofani (ichkarida - 300 km) nazorat qilishga qodir.

MiG-31BM bosqichli antenna qatoriga ega radar bilan jihozlangan va nishonlarni 160 km dan 320 km gacha (modifikatsiyaga qarab), past, o‘rta va yuqori balandliklarda aniqlaydi.

Jangovar mashina avtomatik ravishda 10 tagacha nishonni kuzatib boradi va bir vaqtning o‘zida 200 km yoki hatto 300 km R-33 va R-37 raketalari bilan yo‘q qilish uchun 4 – 6 ta ustuvor maqsadni tanlaydi. Masalan, MiG-31M va MiG-31BM oltita R-33S raketani olib yurishi mumkin. Bu bir vaqtning o‘zida 6 tagacha nishonni yakson etishni anglatadi.

Military Watch ma’lumotlariga ko‘ra, MiG-31 uchun ishlab chiqarilgan R-37 “havo-havo” raketasi AVAKS samolyotlarini, havo qo‘mondonlik punktlari va tankerlarini 400 km masofada yakson qilishga qodir.

Shuningdek, MiG-31 arsenalida o‘rta va qisqa masofaga uchadigan raketalar, zamonaviy va radiolokatsiyaga qarshi (kemaga qarshi) X-31 “havo-yer” raketalari (AS-17 Krypton, NATO tasnifi bo‘yicha) mavjud bo‘lib, ular 250 kmgacha masofada yer usti va sirtqi nishonlarga zarba berishga qodir.

"Xanjar" aviatsion kompleks gipertovushli raketaga ega bo‘lib, raqibning barcha mavjud va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini "shaffof" qilib, 2000 kmgacha masofada nishonlarni yakson qiladi. Jangovar mashina faol va passiv radio shovqinlarni yengishga qodir. AQSh MiG-31 qiruvchi samolyotlarini - uchib chiqishi o‘zidayoq o‘ta xavfli deb hisoblashi  bejiz emas.

AQSh harbiy-havo kuchlari Qozog‘iston Respublikasi chegaralarida ham ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerakligi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.

Military Watch nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston harbiy-havo kuchlari Su-27 va Su-30SM qiruvchi samolyotlari bilan birga, qiruvchi aviatsiyasining asosini tashkil qiladigan 32 dona og‘ir qiruvchi-tutuvchi samolyotiga ega.

Qozog‘iston MiG-31 samolyotlarining bir qismi MiG-31BM darajasiga modernizatsiya qilingan va oldingi va uzoq masofali R-33 raketalariga qo‘shimcha ravishda R-77 raketalari bilan jihozlangan.

E’tibor bering, barcha super imkoniyatlar bilan birga 2000-yil boshlarida MiG-31 qiruvchi samolyotining eksport versiyasi nisbatan arzon - 35 million dollarni tashkil etgandi. Menimcha, bu samolyot xalqaro qurol bozorida zo‘r muvaffaqiyat bilan hayratda qoldirishi mumkin edi, ammo Rossiya  har bir ittifoqchi yoki sherikka MiG-31ni berishni ishonmaydi.

“Mig”ga yetib bo‘lmaydi

Ekspluatatsiya vaqtida qiruvchi-tutuvchi bir necha marta modernizatsiya qilindi, tuzilishiga o‘zgartirishlar kiritildi va zamonaviy uskunalar va yanada kuchli qurollar o‘rnatildi.

Kadri ispitaniy noveyshix istrebiteley MiG-35 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya harbiylari ikkita eng zamonaviy MiG-35 qiruvchini qabul qilishdi

Natijada, MiG-31BM samaradorligi MiG-31 ga qaraganda ikki baravar oshdi. Garchi Sovet Ittifoqi davrida, MiG-31 dan tashkil topgan aviapolk – havo zarbasiga qarshi mudofaa tizimining spesnazi hisoblangan (samolyot 1981-yilda qabul qilingan). Qiruvchilar hattoki Frans-Josef aerodromida ham joylashgan edi.

Britaniyaning Air Forces Monthly jurnaliga ko‘ra, modernizatsiya qilinganidan so‘ng, MiG-31 yangi radiolokatsiya rejimlari va yangi raketalardan foydalanish tufayli o‘z samaradorligini sezilarli darajada oshirdi. Yangilangan “Zaslon-AM” otishni boshqarish tizimi yangi protsessor bilan eski “Argon-15A” o‘rnini egalladi, yangilangan radarlarning qiruvchi nishonni aniqlaydigan diapazoni 130 mil (209 km)ga etdi va 24 tagacha havo nishonini kuzatish imkoniyati ta’minlandi.

Modernizatsiya qilingan MiG-31BM qiruvchi samolyoti dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari uchun hali ham erishib bo‘lmaydigan texnologik cho‘qqi hisoblanadi.

Masalan, Pentagon va Boeing 14-iyul kuni go‘yo dunyodagi eng og‘ir va tezkor F-15EX rusumidagi qiruvchi samolyotlarni qurish bo‘yicha shartnoma imzoladilar. E’lon qilingan tezlik – 3 Maxgacha, jangovar yuk 3,2 tonnagacha va uzunligi 7 metrgacha bo‘lgan gipertovushli raketalarni uchirish imkoniyatiga ega (hozircha bunday raketalar yo‘q)

Ammo, Rossiyaning MiG-31BM maksimal tezligi 3 Max hisoblanadi. Yuk ko‘tarishi - 5 tonnagacha, parvoz og‘irligi 46,7 tonnagacha.

“MiG” 50% po‘latdan, 33% alyuminiy qotishmalar va 16% titandan iborat mustahkam korpus uzoq muddatli dinamik va kuchli haroratli bosimlarga bardosh bera oladi.

Amerikaliklar Rossiyaning o‘tgan asr oxiridagi  texnologiyalarga "yetib olishga" aniq harakat qilmoqdalar. Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi bir necha yillardan beri uzoq masofaga uchadigan MiG-41 samolyotini ishlab chiqmoqda va u yaqin kosmosda vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan MiG-31 qiruvchi-tutuvchisining munosib vorisi bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0