Rossiyaning "Antey" atom kemasi Boltiq dengizida nima qilyapti?

© Sputnik / Pavel Lvov / Mediabankka o‘tishRossiyskiy atomniy podvodniy raketonosniy kreyser proyekta 949A "Antey" K-410 "Smolensk"
Rossiyskiy atomniy podvodniy raketonosniy kreyser proyekta 949A Antey K-410 Smolensk  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shvetsiyaning SVT telekanali trevoga ko‘tarmoqda: Rossiyaning "Antey" atom suv osti kemasi Boltiq dengiziga kirdi, u uzoq masofali qanotli raketalar va yadro quroliga ega torpedalarni tashishga qodir.

Mahalliy mutaxassislar tomonidan RFning bu harakatlari kuch namoyishi sifatida baholanmoqda. Kemaning ancha oldindan rejalashtirilgan - Rossiya harbiy dengiz floti kuni sharafiga Bosh harbiy-dengiz paradida ishtirok etishi Skandinaviya harbiylari va mutaxassislari tomonidan e’tiborga olinmadi.

S podvodnogo kreysera Yuriy Dolgorukiy zapustili chetire raketi Bulava po poligonu Kura - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya suvosti kemalari “Bulava” va “Sineva” ballistik raketalarini ishga tushirdi

Shvetsiya Mudofaa tadqiqotlari instituti tadqiqot bo‘limi boshlig‘i Niklas Granxolm yaqin bir necha hafta ichida Rossiya harbiy-dengiz flotining qandaydir mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tishini taxmin qilmoqda. Uning qayd etishicha, ikkita yadroviy reaktorga ega 150 metrlik submarina Boltiqbo‘yi uchun juda katta va xavfli. Shvetsiyaning 60 metrli dizel suv osti kemalari u bilan taqqoslaganda yutqazishi aniq. "Antey" - bu Rossiya harbiy qudrati namoyishidir, deya xulosa qiladi harbiy ekspert.

Rusiyzabon nashr bo‘lgan "Stockholm seychas" yana bir mutaxassis, xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Yoakim fon Braun fikridan iqtibos keltiradi: "Rossiya harbiylari bizga aniq signal yo‘llashmoqda: ular bizga o‘zlarining ulkan va kuchli ekanliklarini  ko‘rsatmoqdalar". Shvetsiya qurolli kuchlari Boltiqbo‘yidagi vaziyatni kuzatmoqda. Daniyaliklar birinchi bo‘lib 150 metrlik "ignani pichan ichida" aniqlagani, ya’ni Rossiyaning K-266 "Orel" suv osti raketali kreyserini suv usti holatida va 15 uzel tezlikda (27 km/soat atrofida) aniqlaganidan behad faxrlanmoqda.

Poligonnie ispitaniya kompleksa Poseydon - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada atom suvosti kemasi “Poseydon” sinovdan o‘tkazildi - video

Boltiq dengizi nima degan gap, axir endi butun Atlantika okeani xavf ostida. G‘arb mutaxassislari ta’kidiga ko‘ra, so‘nggi yillarda Rossiya suv osti kemalari o‘z xarakteristikasini, ekipajlar esa – mahoratini sezilarli yaxshiladi. Uzoq masofalarga harakatlanuvchi suv osti kemalari NATO uchun bosh og‘rig‘iga aylandi, axir ular sal oldin Shimoliy Atlantikada o‘z hukmronligini yo‘qotganligini e’lon qilishgan edi. Har qanday holatda ham, Boltiqbo‘yida nima ro‘y bermoqda?

Raketa tashuvchi yadroviy qurilmaga ega K-266 "Orel" atom suvosti kemasi haqiqatan Shimoliy flotdan Boltiq dengizining Fin ko‘rfaziga harakatni amalga oshirdi. RF Mudofaa vazirligi buni yashirgani yo‘q. Yana bir narsa ma’lum: 949A "Antey" loyihasidagi submarinalar birinchi navbatda dushman tomonning aviatashuvchi guruhlariga qarshi kurash uchun mo‘ljallangan va shu bois Boltiqbo‘yi mamlakatlari hotirjam uxlashlari mumkin (ularda avianoseslar yo‘q). NATOning Yevropadagi harbiy-dengiz kuchlari ham "Orol"ning nishoniga aylanmaydi.

Ispitanie novoy ballisticheskoy raketi «Sarmat” - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga yangi qit’alararo ballistik raketa nima uchun kerak

Rossiya yadroviy suv osti kemasining Boltiq dengiziga sayohati maqsadiga doir savolga javob yuzada qalqib turibdi. Rossiyada iyul oyining oxirgi yakshanbasi(ya’ni 2020-yilda - 26-iyulda)da harbiy dengiz floti kuni nishonlanadi. Shu bois, bugungi kunda Boltiqbo‘yi mintaqasi davlatlaridagi HDK ekspertlari atom kemasi "Antey"ning tashrifi maqsadi bo‘yicha turli xayollarga berilishlari ajablanarli.

Eslatib o‘taman, 2018-yilda "Orol" kreyseri Boltiq dengizidagi Fin ko‘rfazida o‘tgan Rossiya Bosh harbiy-paradida Shimoliy flotni namoyish etgan edi. Garchi ekipaj o‘sha vaqtda ham, 2020-yilda ham Severomorsk va Kronshtadt o‘rtasidagi 1500 dengiz milidan oshiq (taxminan 2800 km) bosib o‘tishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa-da, bu faqatgina tinchlik missiyasi bo‘ldi.

"Antey" hamkorlarni xafa qilmaydi

Uchinchi avloddagi 949A "Antey" loyihasining suv osti kemalari ("Orol", "Smolensk". "Voronej", "Omsk", "Tver" va boshqalar) dushman aviatashuvchilariga va qirg‘oq nishonlariga harakat masofasi 500 kmga teng "Granit" tovushdan yuqori tezlikdagi qanotli raketalari bilan raketa hujumlarini amalga oshirish uchun yaratilgan.

 Unikalnie kadri zagruzki Yarsov v puskovuyu ustanovku - Sputnik O‘zbekiston
Bunaqasini ko‘rmagansiz – ballistik raketani shaxtaga joylash videosi

Ular qalinligi 45-68 mm bo‘lgan po‘latdan yasalgan mustahkam silindrsimon korpusga (10 ta bo‘linma) va ufqqa 45 daraja burchak ostida (suv ostidan uchirish uchun) kemalarga qarshi raketalarni uchirish moslamalariga ega. Konstruksiyasi arktik kengliklarda suzish uchun mustahkamlangan. Shu bilan birga, "Antey" narxi Amerikaning "Nimis" tipidagi aviatashuvchisi narxidan taxminan 10 baravar arzonroq.

K-266 "Orol" suv osti kreyseri 1993-yildan beri Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining jangovar tarkibida. 2017-yilda takomillashtirilganidan so‘ng, u bortida P-800 "Oniks" kemalarga qarshi raketa tizimigi ega bo‘ldi, uning o‘q-dorilar zaxirasi - 72 dona ZM-45 raketalari va 24 dona har xil turdagi torpedalar. Taqqoslash uchun, Shimoliy flotning yetakchisi, "Petr Velikiy" og‘ir yadroviy raketa kreyseri, atigi 20ta kemaga qarshi raketalar bilan jihozlangan.

"Orol" yangi avtomatlashtirilgan jangovar boshqaruv tizimi, gidroakustika tizimi va past shovqinli vintlar hisobiga o‘z imkoniyatlarini oshirdi. Avvalroq  ma’lum bo‘ldiki, chuqur takomillashtirish jarayonida "Antey" shuningdek, 2500 kmgacha bo‘lgan masofadagi nishonga zarba berishga imkoni bor "Kalibr" raketa tizimlari bilan jihozlanmoqda.

Parad v Pekine po sluchayu 70-letiya okonchaniya Vtoroy mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
"Sharq shamoli": Xitoy eng yangi mintaqalararo ballistik raketani ko‘z-ko‘z qildi

Qanday bo‘lmasin, "Orel” yadroviy suv osti raketa kreyseri noyob jangovar xususiyatlarga ega, 600 metr chuqurlikgacha sho‘ng‘ish qobiliyatiga ega, 24 ming tonna suv sig‘imiga ega, uzunligi 155 metr, suv osti tezligi 32 uzelgacha (taxminan 59km/s), avtonomiya - 120 kun, ekipaj - 130 kishi. Kema ko‘plab mashqlar va yurishlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi, ikki marta dengiz nishoniga o‘q uzgani uchun dengiz flotining bosh qo‘mondoni mukofotinining qo‘lga kiritdi.

Kilvater chizig‘i bo‘ylab mag‘rur tartibda

13 iyul kuni Rossiya harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni admiral Nikolay Yevmenov shunday dedi: “Bosh dengiz paradida ishtirok etish uchun Shimoliy flot kemalarining tarkibiga "Vitse-admiral Kulakov" kemalarga qarshi kemasi va "Orol" yadroviy suv osti raketa kreyseri kirgan kemalar otradi Fin ko‘rfaziga yetib keldi. Yaqin kunlarda otrad parad tadbirlariga tayyorgarlikni boshlaydi". Kronshtadt reydining akvatoriyasi katta suv sig‘imiga ega kemalarni vaqtincha joylashtirishga tayyor.

Pusk protivokorabelnoy raketi s nazemnogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston
"Iblis "Bal"i: Qrimda RF Harbiy kuchlarining kemalarga qarshi qudratli tizimi sinovdan o‘tdi

Flotlararo o‘tish paytida "Vitse-admiral Kulakov" katta kemalarga qarshi raketa kemasi va "Orel" yadroviy raketa suv osti kreyseri ekipajlari havo mudofaasi va suv osti kemalariga qarshi mudofaa, kechasi va kunduzi signal almashinuvi, omon qolish qobiliyati uchun kurash bo‘yicha bir qator harbiy mashqlarni bajardilar. Vaxta zobitlari va shturmanlari Baltika dengizi akvatoriyasining navigatsion xususiyatlarini hisobga olgan holda qimmatli tajribaga ega bo‘lishdi.

Yirik suv sig‘imili kemalar parad tartibining mashqlari boshlandi. Kronshtadt reydida bayramga “Orol” kreyseri bilan birgalikda "Vitse-admiral Kulakov" katta kemalarga qarshi kemasi, "Minsk" va “Korolev” katta desant kemalari tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ekipajlar aloqa va o‘zaro hamjihatlik, kilvater safida belgilangan tezlikda va kurs bo‘yicha harakatlanishni ishlab chiqmoqdalar. Kronshtadtning (hatto Baltika dengizchilari uchun ham) qiyin akvatoriyasida o‘tish uchun vaxtadagi zobit va shturman mutaxassislarining tayyorgarligi tekshirilmoqda.

Podvodniy kreyser Knyaz Vladimir vozobnovil zavodskie xodovie ispitaniya - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning so‘nggi suv osti kemalari yana AQShni qo‘rquvga soldi

Zamonaviy Baltika dengizi floti - bu Rossiyaning G‘arbiy yo‘nalishdagi himoya nuqtasi, kemalar kuchlari, dengiz aviatsiyasi, havo mudofaasi, qirg‘oq kuchlari va yagona operativ va texnik ta’minot idoralarini birlashtiruvchi turli xildagi operativ va strategik birlashma.

Bosh paradga jalb qilingan harbiy-dengiz kuchlarining katta qismi va vositalari (o‘nlab kemalar, samolyotlar va vertolotlar) bayramni strategik operatsiya ko‘rinishiga aylantiradi. Maqsadlar tinchlik uchun, tashkilashtirish - jangovardir. Bu odatiy hol. Boltiq dengizida Rossiya HDF mavjudligi tahdid soluvchi harbiy qudrat namoyishi emas, balki 317-yillik muddatga ega tarixiy faktdir. Va raketa tashuvchi K-266 "Orol" atom suv osti kreyseri bu yerda – mehmonda emas, aksincha o‘z uyidadir.

Yangiliklar lentasi
0