Xabarovskdagi noroziliklar qanday yakun topadi?

© REUTERS/Evgenii PereverzevMiting v Xabarovske v podderjku Sergeya Furgala
Miting v Xabarovske v podderjku Sergeya Furgala - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozir kim nima deyishidan qat’iy nazar Xabarovskdagi ommaviy noroziliklar deyarli barcha uchun kutilmagan voqea bo‘ldi

Potr Akopov

Hozirda kim nima deyishidan qat’i nazar Xabarovskdagi ommaviy noroziliklar deyarli barcha uchun kutilmagan bo‘ldi. Gubernator Sergey Furgal nega hibsga olingani haqidagi bashoratlar (go‘yo buyurtma qotilliklarda gumonlanish holatlari o‘ta noyobdek — ex-ha, axir bizda hamma gubernotorlar o‘z vaqtida kimnidir o‘ldirgan, bundan hamma xabardorku), o‘z o‘rnini Xabarovsk va o‘lkaning boshqa shaharlari aholisi ko‘chalarga nega chiqishgani sabablari muhokamasiga bo‘shatib berdi.

Vspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Uzoq Sharqdagi chegaralarini yopishga qaror qildi

"Odamlarni Moskvaning ularning tanloviga bo‘lgan jirkanishi qattiq jahllantirdi - federal hukumatga bo‘lgan ishonchsizlik Rossiyani katta muammolar, xususan, separatizmga ro‘baro qilishi mumkin! La’nati Putin mamlakatni shungacha olib keldi - quv uni, Xabarovsk Kremlga qarshi umumilliy inqilobning debochasiga aylansin!" — rejimga qarshi kurashayotgan xoh Moskva, xoh chet elda sezilarli jonlanib qolgan oppozitsiyaning gap-so‘zlari deyarli shunday yangramoqda. "Bu Furgal jamoasi tomonidan moliyalashtirilayotgan noroziliklar: lavozim va ozodlikdan mahrum bo‘lishdan qo‘rqishapti va shu bois odamlarni ko‘chalarga olib chiqishmoqda, ularni boshini aylantirishmoqda!" — deya ta’kidlamoqda boshqalar va separatistik tendensiyalarni hali kurtaklik vaqtidayoq yanchib tashlashga chaqirishmoqda. Ammo Xabarovskda, xuddi Uzoq Sharqda singari separatizm yo‘q - unda nima bor?

Rossiyaning qolgan qismidan yulinib, chekkalanib qolganlik tasavvuri bor. Uzoq sharqliklar hamisha o‘ziga xoslik hissiyoti bilan yashashgan: qayerdadir chegaraga yaqinligi, qayerdadir murakkab hayot sharoiti, mamlakatning g‘arbiy qismidan odamlarning tinimsiz ko‘chib kelishi o‘z rolini o‘ynagan. Mintaqaning bir qismi Rossiya tarkibiga bir yarim asrdan sal ziyod vaqt ilgari qo‘shilgani haqida aytmasa ham bo‘ladi. Ammo bu o‘ziga xoslik vatanparvarlik bilan o‘zaro uyg‘un edi, zero mintaqada mudofaa korxonalari va harbiy shaharchalar soni ko‘p. SSSRning barham topishi Uzoq Sharqqa juda qattiq zarba berdi: iqtisod va hayot tarzi darz ketdi, davlat yupunlashib qoldi, odamlar ko‘chib keta boshladi. O‘tgan 25-yil oralig‘ida mintaqa aholisi soni 2 millionga qisqardi. Hozirda, mamlakatning 40 foizini tashkil etuvchi Uzoq sharq federal okrugida jami sakkiz million kishi istiqomat qiladi -  ularning hayot tarzi juda yaxshi, deb aytib bo‘lmaydi.

Bombardirovshik VVS SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh - Qrim va Uzoq Sharqga tajovuz qilish strategiyalarini ko‘rib chiqmoqda - OAV

Shu bilan birga mintaqa boy va aql bovar qilmas darajada istiqbolli — XXI asrda mamlakatning eng shiddat bilan rivojlanuvchi mintaqasi nomini olishga loyiq. Nega deganda Rossiya Sharqqa burilmoqda — XXI asrning eng muhim voqealari ro‘y beradigan tomonga. U geosiyosat tufayli yuz burayotgani yo‘q, bu burilishning tub mohiyati mamlakat taraqqiyotining asosiy salohiyati Ural tizmasigina emas, balki  Sibir va Uzoq Sharqqa ham to‘plangan.

Buni Nikolay II, va Leonid Brejnev ham tushunishgan — Vladimir Putin ham tushunadi. Aynan shu bois Putin o‘n yildan ko‘p vaqt oldin Vladivostokda ATES sammitini o‘tkazishga qaror qilgandi. Shu maqsadda Uzoqsharq universiteti joylashgan Russkiy orolidagi butun boshli shahar shunga moslashtirilgandi. Sharqiy kosmodrom qurib bitkazilmoqda, verflar qurilmoqda, odamlarni ko‘chib o‘tishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Uzoq sharq gektari" dasturi qabul qilindi.

To‘g‘ri, hammasi rejadagidan ko‘ra sekin bormoqda, ammo Uzoq Sharq Moskva tomonidan unutilgan emas. Unda nega odamlar Furgalni qo‘llab-quvvatlash marshiga chiqishmoqda?

Chunki Moskva ular bilan hisoblashmayotganiga guvoh bo‘lganliklari uchunmi? O‘zlariga LDPRdan gubernator saylab olishgan edi, uni esa oradan 20 oy o‘tib hibsga olishdimi? Hamma narsada shunday: Moskva o‘rmonning hammasini Xitoyga sotdi, baliqni esa - Yaponiya va Janubiy Koreyaga, va umuman, bizga davlat emas, shaxsiy manfaatlarini ko‘zlaydigan emissarlarini yubormoqda. Mana, Furgalni nega hibsga olishdi? Nega deganda u egalik qiladigan "Amurstal" Uzoq Sharqdagi yagona kombinat, poytaxtlik oligarxlar esa uni tortib olmoqchi, Furgal qotilliklar tufayli ishdan olinayotgani yo‘q.

Bu kabi asotirlarda shunday chalkashliklar mavjudki, bir qarashdan tushunarli bo‘lib qolavermaydi.

Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v sammite Gruppi dvadsati v Gamburge - Sputnik O‘zbekiston
Putin Uzoq Sharqni daxmaza deganlarni ahmoqlar deb atadi

Sobiq ittifoqdan keyingi yillarda Uzoq Sharqda o‘ziga xos elita shakllandi: yovuz niyatli odamlar, savdogarlar va banditlar hokimiyat bilan jips uyg‘unlashdi. Bu davlatning parvarishi va poytaxt oligarxatining ekspansiyasiga nisbatan majburiy reaksiya ham edi — uzoq sharqliklar kelgindi odamlar tomonidan yomon yotgan narsaning bosib olinishiga keskin qarshilik ko‘rsatardilar. Aytish joizki, qarshilik ko‘rsatadigan faqat ulargina emas edi: turli mintaqalarda mahalliy elita sobiq umumxalqniki bo‘lgan mol-mulklarni saqlab qolish uchun kurash olib borardi.

Faqat natija turlicha edi: Sibirda neft ishlab-chiqarilishining salmoqli qismi "Chubays tomonidan tayinlangan oligarxlar qo‘liga o‘tgan bo‘lsa, Tataristonda Mintemir Shaymiyev "xususiylashtiruvchilarni" kiritmadi. Uzoq Sharqda o‘ta jozibali va ko‘pdaromadli yirik obyektlar deyarli bo‘lmagan, lekin mahalliy xo‘jayinlar "moksvaliklarni" hech qachon kiritmagan va yomonroq yotgan o‘rmon, metall, baliq bilan shug‘ullanardilar. Uzoq sharqlik kuchli odamlar mana shu orqali ko‘tarilgan: Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreyaga kontrabanda. 2007-yilda Xabarovsk o‘lkasidan Gosdumaga deputat bo‘lib saylangan Furgal ham shu "elitadan" chiqqan.

Federal hokimiyat kuchayib, mamlakatni va mol-mulkni jamlash bilan shug‘ullanishga tushgach, uzoq sharqdagi elita bunt ko‘tarmadi, ammo yangi sharoitga o‘z qonun-qoidalari asosida kirishishga harakat qildi. Uzoq sharqdagi taraqqiyot uchun avval boshdan uni tartibga keltirish talab etilardi va buning uchun kadrlar kerak edi. Kadrlarni mintaqaning o‘zidan boshqa qayerdan olish mumkin edi? Komsomol desantini olib kelishni imkoni bo‘lmasa, qolaversa Rossiyaning qolgan qismida ham kadrlar bilan bog‘liq ulkan muammolar bor edi. Shunday bo‘lsada, Moskva izchillik, har birining o‘ziga xos xususiyatini inobatga olgan holda mintaqalarni tozalamoqda. U regionlardagi elitalarni adolatli ishlashga astoydil o‘rgatmoqda. Kadrlarni tozalab, izlab, tarbiyalamoqda, gubernatorlarni - markazdagi va mahalliylarni ham tayinlayli, ularni xalq bilan ishlashga o‘rgatmoqda - bu albatta, uzoq va murakkab jarayon.

Uzoq Sharqdagidan ham og‘ir sharoit faqat Shimoliy Kavkazda bo‘lsa kerak: xuddi o‘sha uch millionli Dog‘iston bilan markaz faqatgina yetti yil oldin Maxachkala meri va Dog‘istonning faktik rahbari Said Amirovning hibsidan keyin (u ham buyurtma qotillikda ayblangan) jiddiy shug‘ullanishga kirishgan edi.

 Endi Furgalning navbati keldimi. Nega endi?

Na Dalnem Vostoke Rossii startovali manevri voysk (sil) Vostok-2018 - Sputnik O‘zbekiston
Tanklardan uchuvchisiz uchar qurilmalarigacha: Uzoq Sharqda yirik harbiy mashqlari boshlandi

Nega deganda bunga qadar Furgal Gosduma deputati mandatigi bilangina emas, balki, aftidan, Bosh prokuraturadagi obro‘li tanishlari bilan ham himoyalangan bo‘lgan: ish faoliyati davrida 2004-2005 yillardagi qotilliklar haqidagi ishlar to‘xtatilgan Xabarovsk o‘lkasining sobiq prokurori o‘tgan yilga qadar bosh prokuror o‘rinbosari bo‘lgan. Buning barchasi bilan hozir tergov shug‘ullanadi, ammo "Hukumat tepasidagilarning hammasi Furgalga o‘xshaganlar, hammasiga kompromat bor, shu bois, Furgalning qotilliy tufayli hibsiga ishonmaymiz" degan stildagi propagandani e’tibordan chetda qoldirish kerak emas.

Yo‘q, hammasi unga o‘xshagan emas, shunga o‘xshaganlar yildan yilga tobora kamayib bormoqda. Ularning hammasiga kompromat mavjud emas, va umuman kompromat orqali boshqaruv nafaqat ma’naviy nuqtayi nazardan, noto‘g‘rigina emas, balki mutlaqo samarasiz hamdir. Furgalga esa 2018-yilning kuzidan keyin, u kutilmaganda gubernatorlik saylovlarida g‘olib bo‘lgach e’tibor qaratildi. Federal markaz uchun bunday o‘tmishli gubernator haqidagi haqiqatni yuzaga chiqarish vijdon ishi edi.

Gap "Amurstal"da emas (u shundoq ham Furgal tomonidan nazorat qilinmay qo‘ygan edi". Yoki LDPRni yo‘q qilinishida ham emas, Furgal o‘rniga Jirinovskiy partiyasidan bo‘lgan deputat Mixail Degtarevning tayinlanishi buning isbotidir) va alqissa, Moskvaning xabarovliklarning "noto‘g‘ri" ovoz berganliklari tufayli emas bu. Gap shundaki, hokimiyat izchillik bilan va qat’iy tozalanmoqda va bunda o‘tmishdagi gunohlar uchun amnistiya to‘g‘risida kelishib olishning mutlaqo imkoni yo‘q. Furgal shu paytga qadar Jirinovskiy fraksiyasida Gosdumada o‘tirganida hibsga olingan bo‘larmidi? Balki u haqda eslashmasdi ham, tergovchilarning usiz ham ishi ko‘p, ko‘plab eski ishlar ko‘mib yuborilgan, ammo u hokimiyatga aylandi va shu bilan e’tiborni jalb qildi. Uning hamtovoqlari tilga kirdi - va uzoq o‘tmishda to‘xtatilgan jinoiy ish yana qayta qo‘zg‘atildi.

Goroda Rossii. Vladivostok - Sputnik O‘zbekiston
Uzoq Sharqdagi oqsoqollar: o‘zbekistonliklar Vladivostokda qanday yashashmoqda

Lekin Furgalni odamlar sayladiku? Odamlar uning o‘tmishidan boxabar bo‘lishganmi? A, Xabarovskda hamma shunaqa, deyishadi bizga. Yo‘q, hamma ham unday emas. Shkafdagi furgal skeletlari haqida kimdir xabardor bo‘lgan bo‘lsa ham, ammo aksariyat odamlar Gosduma deputatining qora o‘tmishidan xabari yo‘q bo‘lgan holda ovoz bergani aniq. Saylovchilar simpatiyasiga hurmat belgisi sifatida Putin LDPR vakiliga o‘lkaga rahbarlik qilishni taklif etdi, va bu yerda xalq tanlovini mensimaslik haqida gap bo‘lishi mumkin emas.

Xabarovskdagi mitinglar esa Putinga qarshi yong‘inni butun boshli davlatga yoyishni istagan moskvaliklar uchun ko‘ngilsiz yakun topadi. Uzoqsharqliklar na antiputinizm, yoki separatizm singari o‘yinlarni o‘ynamoqchi emas, ular manfaatlari haqida qayg‘urayotgan "rejimga qarshi kurashchilar" esa ular uchun 90-yillardagi poytaxt oligarxlari bilan teng. Na Uzoq Sharq, na Rossiya taqdiri haqida qayg‘urmaydigan bunday odamlarga buyuk boyish uchun katta silkinishlar kerak. Ammo ularning vaqti o‘tdi - Xabarovsk vaqti bilan ham, Moskva vaqti bilan ham.

Yangiliklar lentasi
0