Koronavirus Markaziy Osiyoda: vaziyat hamon jiddiyligicha qolmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSotrudniki DPS i Natsionalnoy gvardii na postu v Tashkente
Sotrudniki DPS i Natsionalnoy gvardii na postu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston COVID-19 qurbonlari soni bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda, Tojikiston 17-avgustdan ta’lim dargohlarini ochmoqchi, BSSTning Turkmanistonga tashrifi yakunlari - hafta davomida sodir bo‘lgan muhim voqealar – Sputnik sharhida.

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlarida jami 118 650 ta koronavirusni yuqtirganlik holati qayd etilgan.

Qozog‘iston

Qozog‘iston aniqlangan holat va o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha hamon yetakchilik qilmoqda. U hatto MDH davlatlari orasida karantin joriy etishni istamagan Belarusni ortda qoldirdi va ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Kuniga 1600 mingdan ziyod yangi kasallanish holatlari aniqlanmoqda.

O‘tgan kun davomida Qozog‘istonda 1636 ta yangi holat tasdiqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 70 339 nafarga yetgan (kasallik alomatlarsiz kechayotgan bemorlar shular jumlasidandir). Sog‘ayganlar soni 43 029 nafarni tashkil qilmoqda. 14-iyul holatiga ko‘ra jami 396 ta o‘lim holati kuzatilgan (Mamlakat o‘lim borasida berilayotgan siyosatni o‘zgartirdi, endilikda koronavirus qurbonlari haqida haftada bir marotaba ma’lumot taqdim etiladi).

Prezident Kasim-Jomart Tokayev i doljnostnie litsa sobralis pered rezidensiyey Akorda, chtobi pochtit pamat jertv pandemii koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda pandemiya qurbonlari xotirasiga bir daqiqa sukut saqlandi – video

Qozog‘iston prezidenti Qosim Jomart-Toqayev kuni kecha yig‘ilish o‘tkazib, hukumat va akimlar ish faoliyatini tanqid ostiga oldi. Davlat rahbari dori-darmon yetishmasligi va dorixonalardagi navbatlar borasida alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, unga narxlarning sun’iy ko‘tarilgani ham ma’lum ekanini ta’kidladi.

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy mamlakatda koronavirus va pnevmoniyaga oid statistika 1-avgustdan birlashtirilishini ma’lum qildi.

Mamlakatda 1-yanvardan 15-iyulgacha 234 187 ta pnevmoniya bilan kasallanish holatlari aniqlangan. Ushbu kasallikdan 3327 kishi vafot etgan. 

Agar koronavirus va pnevmoniya statistikasi birlashtirilsa, mamlakat koronavirus aniqlangan davlatlar ichida yetakchi o‘ringa ko‘tarilishi mumkin.

Qirg‘iziston

Qirg‘iziston koronavirus va pnevmoniya statistikasini birlashtirishga qaror qildi. Shu bois koronavirus bilan kasallanganlar soni bu mamlakatda keskin oshib ketdi. Qirg‘iziston endilikda mintaqada o‘lim bo‘yicha birinchi, aniqlangan holatlar bo‘yicha ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

O‘tgan sutkada U07.1 (laboratoriyada tasdiqlangan COVID-19) va U07.2 (klinik-epidemiologik tasdiqlangan COVID-19 - kasalxonadan tashqari pnevmoniya) kodlari bilan 1264 ta yangi holat aniqlangan. Shu tariqa, koronavirus yuqtirib olganlarning umumiy soni 25 048 nafarni tashkil etmoqda. 4495 kishi tuzalgan. 853 nafari virus qurboniga aylangan.

Qirg‘izistonga turli mamlakatlar yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Rossiya ham 51 kishidan iborat shifokorlar guruhi va shaxsiy himoya vositalari va dori-darmonlar bilan yordam beradi. Rossiyalik mutaxassislar tashrifi 22-iyul kuni amalga oshishi kutilmoqda.

O‘zbekiston

18 iyul kuni mamlakatda 579 ta koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Shundan 138 tasi karantin muassasalarida, 441 tasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bu ketma-ket 500 tadan ortiq holatning qayd etilishi (17 iyul kuni 541 ta holat).

2020 yil 19-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, mamlakatda 16 429 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Karantinniy sentr v Kommunarke  - Sputnik O‘zbekiston
Madaniyat vazirligining 32 yoshli xodimi COVID-19dan vafot etdi

Shu paytga qadar 9127 nafar koronavirus bilan kasallanganlar (56 foiz) tuzalib ketgan. Virus jami 84 kishini bevaqt hayotdan olib ketdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hafta davomida ikki marta videoselektor yig‘ilishida koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Prezident koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi ishlarning talab darajasida tashkil etilmagani, epidemiologik vaziyatning salbiy o‘zgarishlariga tayyor bo‘lishni ta’minlamagani, bu kasallik bilan “pastga tushib” mukammal shug‘ullanmagani uchun sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga hayfsan e’lon qildi.

Toshkent shahrida kasallikni aniqlaydigan testlar va zarur tibbiyot vositalari yetishmayotgani, dorixonalarda virus va isitmaga qarshi preparatlar narxi asossiz, bir necha barobar oshirib yuborilgani tanqid qilindi. Toshkent shahar hokimligiga kamida 3 oylik dori-darmon va himoya vositalari zaxirasini shakllantirish vazifasi yuklatildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev SSV rahbari va Toshkent shahar hokimiga hayfsan e’lon qildi

"Biz pandemiyani qachon yengamiz? Qachonki, har bir odam o‘zidagi beparvolikni yengsa, o‘zi, oilasi va farzandlari, butun xalqimiz hayotiga mas’uliyat bilan qaraydigan bo‘lsa. Biz shunga qodirmizmi? Albatta, qodirmiz. Ishonchim komil, bugungi vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan mana shunday hissiyot va qarashlar har bir yurtdoshimizning qalbi va ongiga chuqur kirib boradi. Va biz bu sinovdan, albatta, munosib o‘tamiz", – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekistondagi barcha xususiy klinikalarga koronovirusga test olish va davolashga ruxsat berildi. Koronavirusdan uyida davolanayotgan bemorlar bepul dori-darmon bilan ta’minlanishi belgilandi.

Endilikda koronavirus alomatlari sezilgan bemorlar test tahlili natijalarisiz ham tibbiyot muassasalariga joylashtirilishi mumkin.

O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlarini eksport qilish, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan ularni olib chiqishni vaqtincha taqiqladi.

Tojikiston

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, aniqlanayotgan kunlik holatlar 43-52 tani tashkil etadi. O‘tgan kun davomida 48 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lsa, 46 kishi darddan forig‘ bo‘lgan.

Koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 6834 nafarga yetgan. Shulardan 5529 nafari (80,9 foizi) tuzalib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Bu mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatgich. Pandemiya boshlanganidan buyon 57 kishi qurbon bo‘lgan.

Tojikistonda 17-avgustdan ta’lim muassaslari ochilishi kutilmoqda. Rasmiylar ushbu qaror koronavirusga qarshi kurashish respublika shtabi bilan maslahatlashilgan holda qabul qilinganini ta’kidlagan. Dastlabki ikki haftada o‘tgan yilda qolib ketgan darslar takrorlanadi. Agarda mamlakatda epidemiologik vaziyat murakkablashsa, maktablar onlayn rejimga o‘tkazilishi mumkin.

Flag Turkmenistana - Sputnik O‘zbekiston
Turkmanistonda koronavirus bormi? JSST missiyasining safari yakunlandi

Turkmaniston

Turkmaniston mintaqada hozirga qadar koronavirus rasman qayd etilmagan va mintaqadagi infeksiyadan xoli mamlakat bo‘lib turibdi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) missiyasi rahbari Katarina Smolvud missiyaning mamlakat bo‘ylab 10 kunlik safari yakuniga bag‘ishlangan brifingda Turkmanistonda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlangani haqida ma’lum qilmadi.

Shu kunlarda Turkmanistonda koronavirus yo‘qligi haqidagi xabarlarga qaramasdan mamlakatda niqob taqib yurish majburiy etib belgilandi, bozorlar va savdo markazlari vaqtincha yopildi. Shuningdek, masjidlar ham yopilib, poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatildi.

Eslatib o‘tamiz, BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 14,4 milliondan ziyod kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 8,6 milliondan ortiq kishi shifo topgan. Qurbonlar soni 600 mingdan oshgan.

Yangiliklar lentasi
0