Qozog‘istonda pandemiya qurbonlari xotirasiga bir daqiqa sukut saqlandi – video

Obuna bo‘lish
Bugun qo‘shni respublika Qozog‘istonda koronavirusdan vafot etganlar xotirasiga umummilliy motam kuni. Avvalroq davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev 13-iyulni motam kuni deb e’lon qilish tashabbusi bilan chiqqandi.

Bugun butun Qozog‘iston motam tutmoqda: davlat bayroqlari tushirilgan, televizion va radiokanallar ko‘ngilochar dasturlarni namoyish qilmaydi, davlat tashkilotlari saytlari oq-qora tus olgan.

Flag respubliki Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda 13-iyul milliy motam kuni deb e’lon qilindi

Soat 12:00 da butun mamlakat bo‘ylab bir daqiqa sukut saqlandi. Marosimda Qozog‘iston prezidenti hamda mamlakatning boshqa rasmiylari ishtirok etdi.

Qozog‘istonda koronavirusdan jami 375 kishi qurbon bo‘lgan. Pandemiya boshlangandan buyon 58 mingdan ziyod kasallanish holati qayd etilgan. 34 mingdan ortiq bemor COVID-19 yenggan

Yangiliklar lentasi
0