TOShKENT, 13-iyul - Sputnik. FXX xodimlari Rostov viloyatidagi “Islom davlati”* terrorchilik guruhi tomonidan tibbiy va o‘quv muassasalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan teraktlarning oldini oldi, deb xabar qildi maxsus xizmat Jamoatchilik bilan aloqalar markazida.
Bundan tashqari, terrorchilar politsiyachilarga hujumni rejalashtirishgan. FXX xodimlari maxsus operatsiya o‘tkazdi, unda Rostov viloyati Azov tumanidagi guruh rahbari mahsus hizmat hodimlariga qarata o‘t ochganidan keyin yo‘q qilindi.
“Rostov-Don shahridagi shoshilinch tezkor qidiruv tadbirlari va tergov harakatlari doirasida guruhning qolgan besh a’zosi hibsga olindi”, - deyiladi RIA Novosti keltirgan bayonotda.
Hodisa joyida tintuv o‘tkazilganda foydalanishga tayyor qo‘lbola portlovchi moslama, avtomatik o‘qotar qurollar va o‘q-dorilar, shuningdek giyohvand moddalar topildi.
FXX xodimlari orasida jabrlanganlar yo‘q.
Avvalroq Sputnik radiosi FXX mamlakat bo‘ylab ish olib borgan qurol ishlab chiqaruvchi guruhlar faoliyatini bartaraf etgani haqida xabar bergan edi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.