Rus-qozoq chegarasidagi O‘zbekiston fuqarolari poyezdda vatanga qaytarilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVokzal "Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii
Vokzal Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Samara va Orengburg viloyatlaridan uchta poyezdda 2106 nafar O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarilmoqda.

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Rossiyaning Samara va Orenburg viloyatlaridan O‘zbekiston fuqarolari temir yo‘li orqali vatanga qaytarilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar qilmoqda.

Airbus A320-200 aviakompanii SmartLynx Airlines - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa davlatlaridan charter reys bilan 220 nafar kishi olib kelindi

Ta’kidlanishicha, 16-iyul kuni Toshkent tomon uchta yo‘lovchi poyezd yo‘lga chiqqan. Fuqarolarni rus-qozoq chegarasidan olib ketish tomonlar kelishuviga binoan amalga oshirilmoqda.

Ikkita yo‘lovchi poyezd 1404 nafar yo‘lovchi bilan Kinel (Samara viloyati) bekatidan va yana biri 702 nafar yo‘lovchi bilan Buzuluk (Orenburg) bekatidan yo‘lga chiqqan.

Har bir poyezdga O‘zbekiston Milliy gvardiyasi, IIV va SSV xodimlari hamrohlik qilmoqda.

Ushbu reys yo‘lovchilari darhol Namangan va Toshkent viloyatidagi karantin markazlariga jo‘natiladi.

Predstaviteli posolstva Uzbekistana provodat peregovori v svazi so skopleniyem uzbekistansev na granitse s RK - Sputnik O‘zbekiston
"Bu odamlar sog‘lig‘i ustida biznes": Bosh konsul RF va Qozog‘iston chegarasidagi vaziyat haqida

Vazirlik O‘zbekiston va MDH mamlakatlarida joriy etilgan mamlakatga kirishga oid cheklov o‘z kuchida qolayotgani va bekor qilinmaganini eslatib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston hududi orqali vatanga qaytishlari mumkinligi haqidagi yolg‘on xabarga ishonib, rus-qozoq chegarasida to‘planib qolgan edi. Elchixona Rossiya hududidagi vatandoshlardan turli yolg‘on xabarlar va mish-mishlarga ishonmaslik, Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegara punktlariga borishga urinmaslik, hozirgi yashash joylarida qolib, karantin choralariga qat’iy rioya qilishlarini so‘ragan edi. Koronavirus infeksiyasi pandemiyasi tarqalayotgan bir paytda fuqalorning bir joyda to‘planishi ularning virus bilan kasallanish ehtimolini keskin oshiradi.

Yangiliklar lentasi
0