Qozog‘istonda vafot etgan shifokorlar xotirasiga tibbiy "o‘lmas polk" o‘tkazildi

© AFP 2023 / MOHAMMED HUWAISVrach v bolnitse Sani, Yemen
Vrach v bolnitse Sani, Yemen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sil kasalligi dispanseri bosh shifokori Bolat Sagimbekov o‘z navbatida tashkilotchilar - tibbiyot xodimlari uyushmasi vakillari shu tariqa pandemiyaga qarshi kurashgan hamkasblari xotirasiga hurmat bajo keltirishganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 15-iyul - Sputnik. Qozog‘istonda 13-iyul kuni bir guruh shifokorlar tibbiy "o‘lmas polk" tadbirini o‘tkazishdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar bermoqda.

Zamestitel ministra oboroni Respubliki Kazaxstan general-mayor Bakit Kurmanbayev - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston mudofaa vaziri o‘rinbosari, general-mayor Kurmanbayev vafot etdi

Voqea 13-iyul kuni - Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan umumilliy motam kunida ro‘y bergan.

Qozog‘istonning bir nechta regionlarida tibbiyot xodimlari yo‘l chetida qator bo‘lib turgan holda, koronavirus oqibatida vafot etgan hamkasblari portretlarini ko‘tarib o‘ziga xos aksiya uyushtirganlar.

Ushbu holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgach, internet foydalanuvchilari aksiyani keskin tanqid ostiga oldilar.

Ularga ko‘ra, shifokorlar bu vaqtda yo‘l chetida surat ko‘tarib turishi emas, balki kimningdir hayotini qutqarishlari kerak edi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari tanqidlarga javoban, idora ushbu fleshmob tashkilotchisi emasligini ma’lum qildi va bu holatda ularning birdan-bir vazifasi sanitariya-epidemiologik rejimga amal qilinishini ta’minlash ekanligini eslatib o‘tdi.

Flag Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik O‘zbekiston
BSST ekspertlari avj olayotgan pnevmoniyani o‘rganish uchun Qozog‘istonga keladilar

Sil kasalligi dispanseri bosh shifokori Bolat Sagimbekov o‘z navbatida tashkilotchilar - tibbiyot xodimlari uyushmasi vakillari shu tariqa pandemiyaga qarshi kurashgan hamkasblari xotirasiga hurmat bajo keltirishganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi kurashgan, ammo o‘zlari qurbon bo‘lgan mediklar ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Qozog‘istonda shifokorlarning 5000dan ziyodi koronavirusni yuqtirib olgan. COVID-19ga qarshi kurashib, vafot etgan 42 nafar shifokorga ular vafotidan so‘ng mamlakat prezidenti Kasim Jomart Tokayev tomonidan ordenlar taqdim etildi.

Yangiliklar lentasi
0