BSST ekspertlari avj olayotgan pnevmoniyani o‘rganish uchun Qozog‘istonga keladilar

© United States Mission GenevaFlag Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ)
Flag Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, respublikada koronavirus bilan bemorlanganlarning umumiy soni 61,7 mingni tashkil etmoqda. Sog‘aygan bemorlar soni 34 mingdan oshgan. 396 kishi koronavirus qurboniga aylangan

TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST)ning bir guruh ekspertlari pnevmoniyaga chalingan bemorlar soni keskin oshishi sabablarini o‘rganish uchun Qozog‘istonga kelishadi. Bu haqda mamlakatdagi BSST vakolatxonasi rahbari Kerolayn Klarinval ma’lum qildi.

Izmerenie temperaturi grajdanam - Sputnik O‘zbekiston
Rekord ortidan rekord: tun davomida 281 ta yangi koronavirus holati aniqlandi

Sal oldin Qozog‘istondagi Xitoy elchixonasi o‘z saytida e’lon qilgan bayonotda Qozog‘istonda COVID-19 koronavirus infeksiyasidan o‘lim darajasi baland bo‘lgan noma’lum pnevmoniya avj olayotgani sababli o‘z fuqarolarini ogohlikka chaqirgan edi.

Qozog‘iston SSV yangi turdagi noma’lum pnevmoniya avj olgani haqidagi xabarlarni rad etdi, BSST vakili esa pnevmoniya avj olishining sabablaridan biri bu COVID-19 bo‘lishi mumkin, deya taxmin qildi.

"O‘ylaymanki, shoshilinch xulosalar qilish kerak emas. Ha, iyun oyidan boshlab pnevmoniya holatlari soni ortdi, va bizga bu holatga aniqlik kiritish topshirildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ham shu bilan shug‘ullanmoqda. Bu xabarlarga OAV tomonidan katta qiziqish bildirildi, lekin xulosa qilishdan oldin, ma’lumotlarni to‘plab, ularni tahlil qilib chiqishimiz lozim", - deb aytgan Klarinval BMT saytiga bergan intervyusida.

Illyustrirovannoe izobrajenie virusa COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19ni uy sharoitida davolash bo‘yicha qo‘llanma tasdiqlandi

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u hozircha BSSTning favqulodda holatlar bo‘yicha dasturi rahbari Mayk Rayanning "bu COVID-19 bo‘lishi ehtimolga yaqin", degan gaplarini tasdiqlay oladi, xolos.

Ayolning aytishicha, "ehtimol qandaydir bemorlar kechikib yordam so‘ragan va ularda pnevmoniya alomatlari bordir, ammo biz hozircha virus mavjudligini aniqlay olmaymiz".

"Shuningdek, mahalliy laboratoriyalar imkoniyatlarini ham aniqlash lozim. Biz bilamizki, ba’zan soxta negativ natijalar ham bo‘lib turadi. Bularning barchasiga baho beriladi. BSST shuningdek, laboratoriya tadqiqotlari sohasida bir guruh ekspertlarni mamlakatga yuboradi", - deb qo‘shimcha qilgan BSST vakili va navbatdagi bor xulosa qilishga shoshilmaslikka chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, respublikada koronavirus bilan bemorlanganlarning umumiy soni 61,7 mingni tashkil etmoqda. Sog‘aygan bemorlar soni 34 mingdan oshgan. 396 kishi koronavirus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0