Qozog‘iston bozorlarida dumba va yerqalampirga talab keskin oshdi

© Press-slujba akima Yujno-Kazaxstanskoy oblastiProdaja masa na odnom iz rinkov v Kazaxstane
Prodaja masa na odnom iz rinkov v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olma-ota bozorlarida aholi koronavirusdan profilaktika vositalari sifatida qo‘y yog‘i, zanjabil va yerqalampirni ommaviy ravishda sotib olishmoqda.

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Olma-ota aholisi koronavirusdan profilaktika vositalari sifatida xalq vositalari - qo‘y yog‘i, zanjabil va yerqalampirni ommaviy ravishda sotib olmoqda.

Ovoshi  - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni o‘ldiradigan mahsulot topildi – Fransiya tadqiqoti

Mahalliy sotuvchilar ma’lum qilishicha, shu kunlarda bu mahsulotlarga talab keskin oshdi. Sputnik Qozog‘iston muxbiri bozorlardan biriga kelib, narx-navolarni o‘rgandi.

Dumba haqida afsona

Sotuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, Olmaota aholisi ko‘p miqdorda dumba sotib olishni boshladilar. Ta’kidlash kerakki, ilgari qo‘y yog‘i unchalik ko‘p miqdorda sotilmas edi. Ko‘pchilik bu mahsulot koronavirus va pnevmoniyani oldini olish uchun samarali vosita bo‘lishi mumkinligiga ishonmoqda.

Bundan tashqari, zanjabil va yerqalampir (xren) infeksiyaga qarshi kurashda yaxshi vosita deb hisoblamoqda. Shifokorlar bir necha bor aholi orasida o‘z-o‘zini davolash bilan shug‘ullanmaslikni targ‘ibot qilgan bo‘lsada, aholi xalq maslahatlariga ishonib, bozorda tabiiy "dori-darmon"larni izlamoqda.

Glavvrach GKB im. Jadkevicha Aleksandr Masnikov - Sputnik O‘zbekiston
Qora o‘latdan o‘zini qanday himoya qilish mumkin – doktor Masnikov tavsiyalari

“Dumba tez sotilmoqda, olib kelishga ulgurmayapmiz. Narxni uncha ko‘tarmadik. Oldin qo‘y yog‘i bir kilosi – 1 800 tanga sotardik, endi esa – 2 000”, - deydi sotuvchilardan biri.

Sotuvchilarning so‘zlariga qaraganda, ilgari qo‘y yog‘i kuniga atigi 2-3 kg sotib olingan bo‘lsa, endi bu ko‘rsatkich sezilarli darajada oshdi.

“Kecha 9 kilo dumba olib kelishdi. Bugun tushlikkacha hammasini sotib yubordik. Talab bor – odamlar kelib, qo‘y yog‘ini so‘rashmoqda. Hatto go‘shtni olishmayapti. Ayrimlar bu virusdan yordam beradimi, deb ham so‘rashmoqda”, - deydi go‘sht sotuvchisi.

Aytgancha, ko‘pchilik qo‘y yog‘i haqiqatan ham mo‘’jizaviy xususiyatlarga ega ekanligiga ishonishadi. Ko‘pchilik olma-otaliklar dumba shamollashni davolash, o‘pkani tozalash va isitmani pasaytishga yordam berishiga ishonishadi.

Garchi ilgari Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Oleg Gridnev bu afsonani rad etgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yog‘ virusni davolamaydi va qon quyuqlanishiga salbiy ta’sir qiladi, bu koronavirus bilan og‘rigan bemorlarga zarar yetkazishi mumkin, degan edi u Sputnik Qozog‘istonga bergan intervusida.

Dori o‘rniga yerqalampiri va zanjabilmi?

Bozorlarda zanjabil va yerqalampirga talab sezilarli darajada oshdi. O‘tgan juma kunidan boshlab olmaotaliklar bu mahsulotlarni ommaviy ravishda sotib olishni boshladi.

Model v grimernoy - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonda “Antikovid-19” malham ishlab chiqarildi

"Kimdir messenjerlarda yerqalampir koronavirusning oldini olishga yordam beradi, degan xabarni tarqatdi. Shundan keyin talab oshdi. Narxni ko‘tardik - pul ishlash kerak. Ilgari bir bog‘lamini 50 tangaga sotardik, endi - 300 tanga. Odamlar yerqalampirni olish uchun kelib, bu infeksiyani davolash uchun ajoyib vosita, deb aytishmoqda", - deydi sotuvchi.

Zanjabil qozog‘istonliklarning oziq-ovqat ro‘yxatida yana paydo bo‘ldi. Qozog‘istonda bu tendensiya ikkinchi marta kuzatilmoqda. Birinchi karantin paytida mamlakat aholisi ushbu mahsulotni katta miqdorda sotib olishdi, natijada uning narxi bir necha bor oshdi.

Endi zanjabil bozorda 2000 tangaga sotilmoqda. Bir necha hafta oldin uning narxi ming tangadan oshmagandi.

"Ha, narxni ikki baravar oshirildi, chunki odamlar bir necha soat ichida sotib olishmoqda. Mana tugadi, yana olib kelinishini kutmoqdamiz", - deb qo‘shimcha qildi sotuvchi.

Yangiliklar lentasi
0