Tojikistonda “Antikovid-19” malham ishlab chiqarildi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishModel v grimernoy
Model v grimernoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston farmatsevtika kompaniyasi koronavirusga qarshi qora sedana (tmin, black seed, siyohdona) asosida tayyorlanadigan spreyni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Tojikistonlik farmatsevt Saidvali Hikmatov og‘iz bo‘shlig‘i uchun “Antikovid-19” antiseptik va malham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Mahsulot qora sedana (black seed) urug‘idan olingan moy asosida tayyorlanadi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.

Otkritie texnologicheskogo sentra Novamedika - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadagi birinchi koronavirusga qarshi dori ma’qullandi

Barcha mahsulotlar sifat sertifikatiga ega. Hikmatovning so‘zlariga ko‘ra, malham tarkibiga kiruvchi moddalar koronavirusga chalingan bemorlarning ahvolini sezilarli darajada yengillashtiradi. Shuningdek, fitoantiseptik sprey organizmdagi ko‘p patogen mikrob va viruslarni o‘ldirishga yordam beradi.

“Qora tmin tarkibida 100 dan ortiq modda va hujayralarning tabiiy biosintezi uchun 50 ga yaqin katalizatorlar - fermentlar, gormonlar,  polisaxarid, yog‘ kislotalari, A, V, R, S, polivitaminlar va efir moylari mavjud”, - dedi Hikmatov.

Farmatsevtning so‘zlariga ko‘ra, “Antikovid-19” antiseptik eritmasining afzalliklaridan biri shundaki, u immunomodulyatsion xususiyatlarga ega va organizmning himoya xususiyatlarini oshiradi.

"Magniy yurak-qon tomir tizimi, o‘pka, miya, asab tizimi va mushaklarning ishini yaxshilaydi", - deb qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Shifokor profilaktika sifatida ertalab bo‘sh qoringa va kechqurun bir choy qoshiq qora malham sarimsoq va bir choy qoshiq asal bilan iste’mol qilishni tavsiya qiladi.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, “Antikovid-19” preparati koronavirusni davolash yoki oldini olish uchun dori sifatida aprobatsiyadan o‘tkazilmagan.

Koronavirusni eksperimental usullar bilan davolash, shuningdek o‘z-o‘zini davolash - salomatlikka zarar yetkazishi, kasallikning og‘ir asoratlarini keltirib chiqarishi va hatto o‘limga olib kelishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0