Koronavirusni o‘ldiradigan mahsulot topildi – Fransiya tadqiqoti

Obuna bo‘lish
Fransiyalik olimlar koronavirusni yo‘q qila oladigan sabzavotni aniqladilar. Bu haqda Britaniyaning The Sun nashri xabar qildi.

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Fransiyadagi Monpelye universiteti tadqiqotchilari koronavirusni o‘ldiradigan mahsulot topishdi. Ularning fikriga ko‘ra, karam - koronavirusning yangi shtammini o‘ldiradi. Bu haqda Britaniyaning The Sun nashri xabar qildi.

V Kazani zapustili proyekt po razrabotke vaksini ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
BSST koronavirus zaiflashgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, karam ko‘p iste’mol qilinadigan mamlakatlarda koronavirusdan o‘lim holatlari kamroq bo‘lgani kuzatilgan. Xususan, Germaniya va Janubiy Koreyada infeksiyadan o‘lim ko‘rsatkichlari past.

Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, karam tarkibida koronavirusning og‘ir kechishiga xalaqit beradigan moddalar mavjud. Tuzlangan karam tarkibida esa antioksidantlar mavjud bo‘lib, ular organizmni patogenlardan himoya qiladi.

Yangiliklar lentasi
0