Potr vasiyatiga binoan: Rossiya yangi flot qurmoqda

© Sputnik / Pavel LvovAndreyevskiy flag
Andreyevskiy flag - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi 2018-2027 yillarga mo‘ljallangan davlat qurollanish dasturini (GPV) izchil amalga oshirmoqda, uning ustuvor yo‘nalishlaridan biri dengiz kuchlarining kemalar tarkibini sezilarli darajada yangilashdir.

Bu flotga RF Dengiz doktrinasiga muvofiq vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga va milliy manfaatlarni himoya qilishga imkon beradi.

FlotProm nashrining RF kemasozlik sanoatidagi manbalari xabar berishicha, 16-iyul kuni mamlakatning uchta kemasozlik zavodida Rossiya Harbiy-dengiz floti uchun oltita suv usti va suv osti kemalarini ishlab chiqarishni boshlash rejalashtirilgan. Ishlab chiqarishning hayratlanarli dinamikasi rejaga muvofiq davom etmoqda va ulkan budjetga tayanmoqda.

Novie snayperskie vintovki K-15 i F-17 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada 7 km masofadagi nishonni yakson qiladigan snayper quroli yaratiladi

Harbiy-dengiz floti har qanday mamlakat qurolli kuchlarining eng qimmat tarkibiy qismlaridan biridir. Agar 2018-2027 yillarga mo‘ljallangan qurollanish bo‘yicha davlat dasturini amalga oshirish uchun ja’mi 20 trillion rubl ajratilgan bo‘lsa, ushbu mablag‘larning katta qismi dengiz bilan bog‘liq, ya’ni ular yer usti kemalari, suv osti kemalari va harbiy flot bazalarini qurishga sarflanadi. Davlat dasturi qurollarni, harbiy texnikani yetkazib berishni va infratuzilmani rivojlantirishni sinxron amalga oshirilishini o‘z ichiga oladi. Bulardan ohirgisi, ayniqsa yangi loyihadagi va avloddagi harbiy kemalar, samolyotlar va zirhli texnikaning samarali va uzoq muddatli ishlatilishi uchun muhimdir.

Harbiy dengizchilar 28-yil ichida birinchi marta 2020-yilda sanoatdan bir vaqtning o‘zida oltita suv osti kemasini qabul qilishadi: 955A va 885M loyihalarining turtta yadroviy va 636.3 va 677 loyihalarining ikkita dizel-elektr suv osti kemasini (o‘tgan yili foydalanishga 35 dan ortiq harbiy kema va yordamchi kemalari topshirildi). Qurollanish davlat dasturini amalga oshirish jarayonida, Harbiy-dengiz flotida zamonaviy qurollarning ulushi 63 foizdan oshdi va bu dunyoning eng rivojlangan mamlakatlariga (50 foizga) nisbatan sezilarli darajada balandroq. Maqsad - zamonaviy qurollar ulushini 70 foizgacha oshirish va Rossiya harbiy-dengiz floti 2027-yilgacha 180 dan ortiq har yangi xil turdagi kemalarni oladi. “Yasen-M” (ko‘p maqsadli) va “Borey-B” (strategik,955A loyihasining takomillashtirilgani) yadroviy suv osti kreyserlari, yuqori aniqlikdagi raketa qurollari bilan jihozlangan suv usti kemalari va eng so‘nggi Ka-52K “Katran” vertolotlari bilan jihozlangan ikkita vertolot tashuvchilar qurilishi rejalashtirilmoqda.

Sankt-Peterburgning raketali fregatlari

Podvodniy kreyser Knyaz Vladimir vozobnovil zavodskie xodovie ispitaniya - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning so‘nggi suv osti kemalari yana AQShni qo‘rquvga soldi

GPV dengiz qismining ustuvor yo‘nalishlari – yuqori aniqlikdagi qurollar, “Kalibr-NK” qanotli raketalari va “Sirkon” gipertovushli raketalari bilan jihozlangan 20385 va 20386 loyihalari korvetlari va 22350 va 22350M loyihalari fregatlari qurilishi. 16-iyul kuni Sankt-Peterburgdagi “Severnaya verf” zavodida 22350 loyihasining birdaniga ikkita fregatining qurilishi boshlanadi. Uzoq dengiz hududida ishlaydigan ushbu kemalar “Admiral” turkumidagi yettinchi va sakkizinchisi bo‘ladi. Ularga rus admirallari Ivan Yumashev va Emil Spiridonovning ismlari beriladi.

Suv sig‘imi 5 ming tonnaga teng bo‘lgan uzoq dengiz hududida ishlaydigan zamonaviy fregatlar suv usti kemalari va suv osti kemalarini qidirish va yo‘q qilish, kemalarning havo mudofaasi, raketalarga qarshi va suv osti kemalariga qarshi mudofaasi, dengiz desanti bilan qo‘shma operatsiyalar, fuqarolik kemalari va ishlab chiqarish obyektlarini himoya qilishga mo‘ljallangan.

22350 loyihasining fregati dushman kemalariga va qirg‘oq nishonlariga zarba berishga qodir bo‘lgan 16 dona “Oniks”, “Kalibr-NK” yoki “Sirkon” qanotli raketalari bilan jihozlangan. Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, “Sirkon” kompleksining gipertovushli 3M22 raketalari 400 km masofaga ega va “Kalibr-NK” va “Sirkon” raketalarini ham uchirishga qodir 3C14 universal uchirish uskunasidan ham uchiriladi. O‘zaro almashish qulayligi har bir jangovar topshiriqni bajarishga har tomonlama yondoshishga imkon beradi.

Fregatning suv osti himoyasi tizimi atmosferadagi xavodan mudofaa tizimiga o‘xshaydi va dunyoda analogi yo‘q. Kema korpusi sezilishni pasaytirish texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan va dushmanning radiolokatsion tizimlari uni shunchaki payqamay qolishi mumkin. Ko‘rinmas kemaning narxi 500 million dollargacha bo‘lishi mumkin, ammo raketa kemalarining butun turkumi flot imkoniyatlarining sifatli oldinga qadamini ta’minlaydi. Eslatib o‘taman, 22350 loyihasining “Flot admirali Kasatonov” birinchi fregati Shimoliy va Baltika flotida sinovlarni munosib ravishda yakunladi va tez orada Rossiya harbiy-dengiz floti tarkibiga kiradi. Safar masofasi - 4500 mil, avtonomiya - 30 kun, ekipaj - 170 kishi.

Severodvinskning shovqinsiz suv osti kemalari

Rossiya Jahon okeanining istalgan joyida milliy manfaatlarni himoya qilishga qodir yangi suv osti flotini yaratmoqda va “Yasen-M” seriyasining yettita kemasi bunga katta yordam beradi. 16-iyul kuni Severodvinskda 885M loyihasining ikkita “Yasen-M” yadroviy suv osti kreyseri qurilishi boshlanadi. Zamonaviy ko‘p maqsadli suv osti kemalari “Kalibr” qanotli raketalari, “Oniks” kemalarga qarshi tovushdan yuqori tezlikga ega raketalari, gipertovushli “Sirkon”lar va 533 mmli torpedalar bilan jihozlanadi. Va ular “Vladivostok” va “Voronej” nomlarini olishadi. Birinchi seriyali 885M loyihasi “Novosibirsk” ko‘p maqsadli suv osti kemasi 2019-yil oxirida suvga tushirildi va tez orada ekipaj jangovar xizmatga kirishadi.

Amerikanskaya podvodnaya lodka vsplila radom s rossiyskoy bazoy v Arktike - Sputnik O‘zbekiston
AQSh suv osti kemasining namoyishkorona muzni yorib chiqishi biroz o‘xshamay qoldi

Takomillashtirilgan “Yasen”ning asosiy maqsadi – potensial dushmanning strategik suv osti kemalari yoki aviatashuvchi guruhlarini nishonlari va tahdidlarini yo‘q qilishga doimiy shay holda kuzatishdir. Shuni yodda tutish kerakki, Amerikaning bitta “Ogayo” tipidagi raketa tashuvchisi 24 dona UGM-133 "Traydent" II D5 ballistik raketalarini tashiydi, ularning har birida 475 kilotonli 12 dona W88 yadro kallachasi bor. Jangovar patrul zonasidagi har bir bunday arsenalni Rossiya harbiy dengizchilari kun bo‘yi davomida kuzatishi kerak.

13800 tonna suv sig‘imiga ega 885M loyihasi kam seziluvchan yadroviy suv osti kreyseri yuqori texnologiyali tizimlar va qurol tizimlari tomonidan ta’minlanadigan noyob imkoniyatlarga ega. Suv osti kemasi ishonchliligi yuqori bo‘lgan OK-650V yadro reaktorlari bilan jihozlangan bo‘lib, 520 metrgacha chuqurlikda ishlashga qodir. Avtonomiya - 100 kun, suv osti tezligi - 31 uzel. Ekipaj 64 kishidan iborat.

"Mistral"larga Qrimdan salom

16 iyul kuni Kerchdagi “Zaliv” kemasozlik zavodida 23900 (Fransiyaning “Mistral” kemalari analogi) loyihasining ikkita universal desant kemasi (UDC) ishlab chiqarilishi boshlanadi. Garchi bunga o‘xshash kemalar ilgari Rossiyada qurilmagan bo‘lsa-da, boshqaruvchi UDKning 2026-yilgacha harbiy-dengiz floti jangovar tarkibiga rejaga muvofiq kiritilishiga shubha yo‘q. Loyihaning qiymati tahminan 100 milliard rublni tashkil etadi. RFning Suriyadagi harbiy operatsiyasi dengiz flotiga uzoq hududlarda operativ joylashishni ta’minlashga qodir bo‘lgan, 25 ming tonnagacha suv sig‘imiga ega katta desant kemalariga ega bo‘lish muhimligini va zarurligini tasdiqladi.

Illyustratsiya budushey amerikanskoy podlodki klassa Columbia - Sputnik O‘zbekiston
Birgina suv osti kemasi Amerikani "odam yashamaydigan" qilishi mumkin - OAV

Yangi kemalarning aniq xususiyatlari hozircha noma’lum. Avvalroq, UDK o‘z bortida 16-20 vertolotni, desant va hujum katerlarini (quruq dokli palubada), 75 ta zirhli transport vositalarini va 1000 ga yaqin to‘liq qurollangan dengiz piyodalarini, anchagina arsenal va qo‘shinlar tezkor guruhning shtabini tashishi mumkinligi haqida xabar berilgan. Artilleriyani, zenit-raketa tizimlarini, kemalarga qarshi mudofaa tizimlarini, radioelektron kurash va navigatsiya tizimlarini, kompleks jangovar boshqaruv tizimini hisobga olmagan holda. Ushbu murakkab kemaning asosiy maqsadi - jangovar qo‘llab-quvvatlash vertolotlari (kema aviaguruhi) ishtirokida desant operatsiyasi paytida minglab mil masofaga jihozlanmagan qirg‘oqqa qo‘shinlari va texnikalarini yetkazishdir.

16 iyul kuni Sankt-Peterburg, Severodvinsk va Kerchda ishlab chiqarilishi boshlanadigan kemalarning imkoniyatlarini tahlil qilib, Rossiya Harbiy-dengiz flotining qudratli va uyg‘un rivojlanishining belgilarini ko‘rish mumkin, u sayyoradagi qo‘shnilarni qo‘rqitish uchun emas, balki yer usti va suv osti muhitda va qirg‘oqdagi urush teatrlarida tajovuzkorga samarali qarshi turish uchun qurilmoqda. Rossiya flotining asosiy maqsadi milliy manfaatlar, chegaralar va ittifoqchilarni himoya qilishdir.

Yangiliklar lentasi
0