Rossiyada 7 km masofadagi nishonni yakson qiladigan snayper quroli yaratiladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishNovie snayperskie vintovki K-15 i F-17
Novie snayperskie vintovki K-15 i F-17 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada yetti kilometr masofadagi nishonni yakson qiladigan DXL-5 snayper miltig‘ini ishlab chiqarilmoqda.

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Rossiyada yetti kilometr masofadagi nishonni yakson qiladigan DXL-5 snayper miltig‘ini ishlab chiqarilmoqda. Bu haqda RIA Novosti’ga Lobaev Arms direktori Vladislav Lobayev ma’lum qildi.

Snayperskiy pritsel - Sputnik O‘zbekiston
Fuqaro O‘zbekistonga snayper miltig‘ining nishonga olish moslamasini olib kirishga urindi

Bugungi kunda “Sumrak” miltig‘i bir yarim kilometr, rekord darajada 4,2 kilometr masofadagi nishonni yakson qilishga qodir.

“Hozir rekord darajada olti-yetti kilometr hamda ishonarli otish - uch kilometr masofada nishonga oladigan miltiqlar ustida ish olib bormoqdamiz. Loyihaning dastlabki nomi DXL-5, DXL-4 va DXL-3  kabi mahsulotlarimiz ushbu turga tegishli. Bunday uzoq masofadagi nishonni yakson qiladigan snayper quroli jahon bozorida hali yo‘q”, - deydi Lobayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, miltiq uchun yangi texnologiyalar bilan jihozlangan maxsus o‘q ishlab chiqariladi.

“Bu miltiq uchun yangi patron bo‘ladi, ilgari ishlatilgan o‘qlardan kattaligi va boshlang‘ich tezligi bilan ajralib turadi. Shu sababli hozircha uning kalibri va boshqa ko‘rsatkichlarini oshkor qilmaymiz”, - deb qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, DXL-5 miltig‘i 2021-yil boshida tayyor bo‘ladi, biroq koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan muammolar tufayli hozircha aniq sanasini aytish qiyin.

Yangiliklar lentasi
0