TOSHKENT, 20 fev - Sputnik. AQShning The National Interest nashri insoniyatni yoʻq qilishi yoki uni dunyoning yakuniga yaqinlashtirishi mumkin boʻlgan, hozirda mavjud yoki hozirda loyihalashtirilayotgan beshta yadroviy suv osti kemasi roʻyxatini eʼlon qildi, RIA Novosti xabariga asosan.
Rossiyaning boshqa yadroviy kuchlari "birinchi zarbada" yoʻq qilingan taqdirda ham, "Borey" loyihasi suv osti kemalaridan uchirilgan raketalar Amerikani "odam yashamaydigan" qilishga qodir, - deb yozadi nashr.
Maqola mualliflari, Sovuq urush davrida Amerikaning "Ogayo" tipidagi suv osti kemasi "yarim soat ichida 288 ta nishonni radioaktiv kulga aylantirishga" qodir boʻlganligini esga soladi. Nashr, shuningdek, Amerikaning istiqbolli "Kolumbiya" yadroviy suv osti kemasini yana bir dahshatli suvosti kemasi deb nomlanadi, uning qurilishi 2020 yilda boshlanishi kerak.
Nashr shuningdek, "ballistik raketalar bilanjihozlangan, Rossiyaning eng jimyurar suv osti kemasi" - bortida R-30 "Bulava" raketalari boʻlgan 955A Borey-A loyihasining suv osti kemasini, "Sineva" ballistik raketalari bilan jihozlangan 667BDRM loyihasining "Delfin" suv osti kemasini va 885M loyihasining "Kalibr" kompleksining ZM-14 qanotli raketalari bilan jihozlangan "Yasen" suv osti kemalarini esga oldi.
Oldin The National Interest jurnalining yozishicha, Rossiyaning boshqa yadroviy kuchlari "birinchi zarbada" yoʻq qilingan taqdirda ham, Rossiyaning "Borey" loyihasi suv osti kemalaridan uchirilgan raketalar Amerikani "odam yashamaydigan" qilishga qodir.
Hozirda, davlat qurollanish dasturiga koʻra, Rossiya harbiy-dengiz kuchlari manfaatlari uchun "Borey" sinfidagi sakkizta suv osti kemasini qurish rejalashtirilgan. Ulardan uchtasi qurilib, suv osti floti tarkibiga kiritilgan: "Yuriy Dolgoruky", "Aleksandr Nevskiy" va "Vladimir Monomax". Toʻrtinchi suv osti kemasi "Knyaz Vladimir" yurish sinovlaridan oʻtmoqda.
