Kaluga viloyatida Rossiyadayagona bo‘lgan Kozelsk raketa qo‘shinlariga qarashli bo‘lgan raketa shaxtalariga ilk bor “Yars” raketalari joylashtirildi, RIA Novosti xabariga asosan.
“Kozelsk raketa qo‘shinlarini yangi raketa majmuasiga o‘tkazish yakunlandi. Bu yangi raketalar bilan jihozlangan ikkinchi raketa polki bo‘ldi”, - dedi diviziya qo‘mondoni Aleksey Lojka.
Videoda, raketa chuqurligi 30 metr bo‘lgan shaxtaga joylashtirilishini tomosha qilish mumkin. Ushbu o‘ta murakkab texnologik operatsiya bir necha soat davom etdi.
RS-24 “Yars” – Rossiyaning yangi qattiq yonilg‘ida harakatlanuvchi kontinentlararo ballistik raketa bo‘lib u mobil va statsionar joylashtirilishi mumkin. Raketa ajralib chiqadigan bosh qismiga ega bo‘lib v 12 000 km masofada joylashgan obyektlarga ham zarba berishi mumkin. Uning aniqlik ko‘rsatgichi 150 metrdan kichik.