"Gaz OPEK"i paydo bo‘ladimi va uni Rossiya boshqaradimi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishNovoe xranilishe gaza
Novoe xranilishe gaza - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqin vaqtdan beri "gaz OPEK"i mavzusi yana muhokama qilina boshladi. Bunga bir nechta xodisa sabab bo‘ldi.

Aleksandr Sobko. Yaqin vaqtdan beri "gaz OPEK"i mavzusi yana muhokama qilina boshladi. Bunga bir nechta xodisa sabab bo‘ldi. Birinchidan, albatta, gazning joriy narxlarining pasayishi. Ikkinchidan, uzoq muddatli ssenariylariga kelsak, Qatarning STG obyektlarini kengaytirishining niyati tobora ravshanlashmoqda. Uchinchidan, OPEK+ning neft bozoridagi misli ko‘rilmagan yutuqlari.

Emir Katara Tamim ben Xamad Al Tani - soveshaniya po vzaimodeystviyu i meram doveriya v Azii (SVMDA)  - Sputnik O‘zbekiston
Yangi tahdid: Qatar gaz urushini boshlashga tayyor

Va nihoyat, agar Rossiyaning ichki kun tartibi haqida gapiradigan bo‘lsak, suyultirilgan gaz va quvur gazi eksporti o‘rtasidagi nisbat haqida munozaralar saqlanib qolmoqda. Axir, bu yerda "gaz OPEK"ini tuzishda ba’zi majburiyatlarni qabul qilishda qandaydir qoidalarni shakllantirish kerak bo‘ladi. Tafsilotlarni muhokama qilamiz, ammo asosiy ma’lumotni darhol ochib beramiz: omillar yig‘indisi nuqtayi nazaridan "gaz OPEK"i g‘oyasi neft sektoriga qaraganda ancha istiqbolli ko‘rinadi.

Yaqinda Qatar Janubiy Koreyada yuzta gaz tashuvchisi qurish uchun quvvatlarni buyurtma qildi (shartnoma miqdori $ 20 milliarddan sal ozroq), shuningdek Xitoyda ham bir nechta gaz tashuvchilar quriladi. Qatarda STG-ning yangi zavodlari bo‘yicha yakuniy sarmoyaviy qaror hali qabul qilinmagan bo‘lsa-da, STG tankerlari bilan bog‘liq sujet kengayish sodir bo‘lishidan darak beradi. Va anchagina katta bo‘lishi rejalashtirilmoqda: qo‘shimcha 49 million tonna (ikki bosqichda), Qatarda hozirda 77 million tonnadan farqli o‘laroq.

Darvoqe, bu fonda, STG tankerlarini qurish bo‘yicha o‘z markazimizning (Uzoq Sharqdagi “Zvezda” kemasozlik zavodi negizida) barpo etilishi juda foydali bo‘lganligi ayon bo‘ladi.To‘g‘ri, ba’zi bir uskunalar va hatto kemalar ba’zi elementlarini import to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa-da (garchi har bir tayyorlangan yangi gaz tashuvchisi chiqarilishi bilan mahalliylashtirish darajasi oshib boradi), ammo eng muhimi - koreys zavodlarining yuklanishiga bevosita qaramlik yo‘q.

Qatarning kengayish to‘g‘risidagi ehtimoliy qarori, mamlakat tubdan biron bir global gaz shartnomasida ishtirok etishni istamasligini anglatadimi? Jiddiy aytganda, mutlaqo kerak emas. Ammo shuni aytish mumkinki, hatto inqiroz paytida ham o‘z quvvatlarini namoyishkorona kengaytirgan holda, Qatar o‘ziga juda yaxshi boshlang‘ich muzokara pozitsiyalarini ta’minladi. Unda Qatar nima to‘g‘risida kelishmoqchi?

Sotrudnik valyutnoy birji - Sputnik O‘zbekiston
Iqtisodchi nima sababdan neft va gaz narxlari ko‘tarilganini tushuntirdi

Shu bilan birga, Qatar va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar darajasi gaz koalitsiyasini tuzish imkoniyati haqida ishonch bilan gapirishga hali imkon bermaydi. Bundan tashqari, Qatar yaqindagina AQSh bilan gaz borasida muzokaralar olib borayotganiga o‘xshadi: Qatar Petroleum AQShda o‘zining STG zavodini qurmoqda va shuning uchun u bozorga unchalik ta’sir ko‘rsatmasligi kerak, go‘yo. Endi esa Qatar STGsining bozorga qo‘shilishi sezilarli bo‘ladi. Eng radikal sharhlovchilarning ta’kidlashicha, keyingi o‘n yil ichida AQSh endi yangi zavodlarni umuman qurmaydi.

Albatta, "klassik", neft OPEKini esga olish muhimdir. Aniqroq aytganda, gap uch yil davomida to‘g‘ri ishlagan, ammo mart oyining boshlarida muvaffaqiyatsizlikka uchragan OPEK+ bitimi haqida ketmoqda. Keyingi voqealar (martni, deyarli "koronavirusgacha" bo‘lgan nizolarni eslaylik) bunday kartelga ehtiyoj borligi haqidagi masalani yanada kuchaytirdi.

OPEK+ bitimining tanqidi uch jihatga uyg‘unlashdi.

Birinchisi. Ichki nizolar, birinchi navbatda Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi tortishuvlar. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu yerda kelishuvni albatta amalga oshirish mumkin.

Ikkinchisi. Bitim slanes ishlab chiqarishni ko‘paytirish orqali yuqori narxlardan foydalangan AQShga foyda keltirdi.

Uchinchisi: yuqori narxlar dunyo bo‘ylab boshqa ishtirokchilarga ham (OPEK+ tashqarisidaga), masalan, yirik va qimmat dengiz konlari loyihalariga  sarmoya kiritishga imkon berdi. Shuningdek, ular yaxshi sharoitlardan ham foydalanishdi. Shu bilan birga, ularni AQShdagi vaziyatdan ajratish juda muhimdir. Axir, Amerikada neft ishlab chiqarish moslashuvchan, ya’ni neft narxi, aytaylik, bir barrel uchun 40-45 dollardan kam bo‘lsa, u pasayishni boshlaydi yoki o‘sishni to‘xtatadi. Dengiz tubidagi loyihalarda vaziyat boshqacha: amalga oshirib bulingan kapital xarajatlar, mulk egalarini arzon narxlarda ham neft qazib olishga majbur qiladi. OPEK+ kelishuvi tanqidchilari va tarafdorlari o‘rtasida murosaga erishsa bo‘ladi: kelishuv amalga oshishi mumkin, ammo bir barrel uchun maqsadli narx 50-55 dollar shartida.

Ventil gaza - Sputnik O‘zbekiston
Surpriz: neft inqirozi ortidan gaz inqirozi keladi. Endi nima bo‘ladi

Keling, ushbu saboqlarni kelajakdagi nizolarga va ehtimoliy “gaz OPEK”ining gaz narxlari bo‘yicha umidlariga qo‘llashga harakat qilaylik. Birinchi yaqinlashishda hammasi bir xil. Va ehtimoliy kartel ichida bitimlar bilan bog‘liq muammo ham. Shubhasiz, bunday ittifoqqa kirmasligi aniq AQShning STGi bilan bog‘liq muammolari. Va sun’iy ravishda boshqariladigan narxlar vaziyatida, boshqa ishlab chiqaruvchilarning qo‘shimcha taklifi.

Ammo, neft bilan bog‘liq vaziyatdan farqli o‘laroq, ikkinchi va uchinchi fikrlarni birlashtirish lozim. Zero, zavod qurilganidan keyin, tannarh qoplanmagan bo‘lsa ham, STG ishlab chiqarilaveradi. Biz buni hozir butun dunyo bo‘ylab, shu jumladan AQShda ham yaxshigina kuzatmoqdamiz. Hatto neft singari "egiluvchan" slanes gazini ishlab chiqarish bu yerda yordam bermaydi, chunki narxning 40 foizi zavodlarni kapital xarajatlari bilan belgilanadi.

Gazdagi vaziyatni neftnikidan ajratib turadigan yana ikki omil.

Birinchidan, gaz sohasida, neftdan farqli o‘laroq tabiiy renta ulushi kamroq, kapital xarajatlarining ulushi kattaroq. Shu sababli, mavjud ishlab chiqarishlarni cheklash ehtimoli kamroq, barcha ishtirokchilar xarajatlarni maksimal darajada qoplashni xohlashadi.

Ikkinchi jihat: "gaz - ko‘mir", "gaz – Tiklanadigan energiya manbalari" yoqilg‘i ichidagi raqobat ham mavjud. Dunyo miqyosidagi gaz savdosida yetkazib berish hajmining bir-ikki foizga kamayishi neft sektoridagi kabi narxlarning keskin o‘sishiga olib kelmaydi. Umuman olganda, gaz tiklanadigan manbalar bosimi ostida va ular bilan juda faqatgina arzon yoqilg‘i raqobatlasha oladi.

Xulosa qilaylik. STG ishlab chiqarishning yangi obyektlarini qurishni cheklash qiyin: Qatar ularni allaqachon e’lon qilib bo‘lgan, Rossiya ham o‘z rejalarini qayta ko‘rib chiqmaydi. Shuningdek, mavjud ishlayotgan zavodlarning ishini ham, bu mahsulotning yakuniy narxidagi kapital xarajatlarining yuqori ulushi bilan bog‘liq bo‘lib, ular hech bo‘lmaganda qisman bo‘lsa ham, hatto past narxlarda ham qoplab olishni istaydilar. Shu bilan birga, faqatgina arzon gaz qayta tiklanadigan energiya va ko‘mir bilan raqobatlashganda talabning qo‘shimcha o‘sishini yaratishi mumkin. Juda yuqori narxlar esa yangi loyihalarni, shu jumladan AQShda ham ishga tushirilishiga olib keladi. Bularning barchasi ko‘rinishidan jozibali "gaz OPEK"i g‘oyasini amalga oshishi qiyin qilib qo‘yadi.

V Buxare viavleni novie zapasi gaza na glubine 2000 metrov  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi gaz koni topildi

Ammo, agar biror sabablarga ko‘ra gaz narxi juda ko‘tarilib ketsa, bu yonilg‘i ichidagi raqobat doirasida (neft sektoriga qaraganda ancha tezroq) o‘rnini bosishga va kelajakda yangi ortiqchalik bilan qayta investitsiya kiritishga olib keladi. Gap qanday raqamlar haqida ketmoqda? Hozirda gaz va STG narxlarining yuqori chegarasi har ming kubometr uchun 200 dollarni tashkil etishini gapirish (Britaniya issiqlik birligi uchun olti dollardan ozroq) maqsadga muvofiqroq bo‘ladi.

Narhlarning bir oz balandroq darajasida, xuddi shu AQShning o‘zida yangi "ortiqcha" ishlab chiqarishlar quriladi (AQShda gazning ichki narxi unchalik ko‘p ko‘tarilmasligini taxmin qilsak). Quyidagi fikrning mavjudligi bejiz emas: "Gazprom" Yevropada gaz narxini shunday darajada ushlab turishga harakat qilmoqdaki (narxlar ko‘tarilgan mahalda), ular AQShning suyultirilgan gazining to‘liq narxidan oshmasligi kerak - yangi zavodlar qurilishini rag‘batlantirmaslik uchun. Narxlarning ko‘tarilishi amalga oshishi mumkin, ammo bir kubometr uchun 200 AQSh dollar miqdoriga yetishish uchun, biz yangi STG zavodlari yoki quvur liniyalarini qurish bo‘yicha muayan qarorlarni qabul qilishda konservativ optimistik jihatdan ssenariyga e’tibor qaratishimiz kerak.

Yangiliklar lentasi
0