Artikxodjayev koronavirus sabab toshkentliklarga murojaat qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovXokim goroda Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev
Xokim goroda Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirusni jamiyatning birligi, jipsligi va bu borada belgilangan barcha qoidalarga rioya qilishi bilangina yengishimiz mumkin, deya ishonch bilan ta’kidlagan Artikxodjayev

TOShKENT, 9-iyul - Sputnik. Toshkent hokimi Jahongir Artikxodjayev koronavirus pandemiyasi munosabati bilan navbatdagi bosh shahar aholisiga murojaat qildi.

Glavniy saninspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus O‘zbekistonga 15-martdan oldin kirib kelgan bo‘lishi mumkin – Otabekov

Hokimning ta’kidlashicha, so‘nggi oylar davomida Toshkent shahrida epidemiologik vaziyatlar ijobiy tomonga o‘zgarganligi sababli oilaviy tadbirlar, to‘y-hashamlarning o‘tkazilishiga ruxsat berildi. Ishlab chiqarish korxonalari, qurilish va xizmat ko‘rsatish obyektlarining faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi.

Ammo xotirjamlikka berilish, sanitariya va epidemiologiya nazorati talablariga to‘liq rioya etilmaganligi, to‘ylar 30 dan ortiq kishilar ishtirokida o‘tkazilgani kabi karantin talablariga zid bo‘lgan harakatlar oqibatida oxirgi o‘n kunda poytaxtda kasallikka chalinish holatlari keskin oshib, kunlik 30-40 tadan o‘rtacha 150-200 tagacha ko‘paydi, o‘lim holatlari ham ortdi.

"Koronavirus menga ta’sir qilmaydi, mendan uzoqda degan fikrda bo‘lsak, adashamiz. Xavf ortda qolishi uchun hammamiz sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq amal qilishimiz, beporvolikka yo‘l qo‘ymasligimiz, zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmasligimiz, jamoa bo‘lib yig‘ilmasligimiz, avvaldan mo‘ljallangan jamoaviy tadbirlarni ortga surishimiz lozim", - deyiladi murojaatda.

Poxoroni cheloveka, skonchavshegosya ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda COVID-19ga chalinganlar soni 12 milliondan oshib ketdi

Artikxodjayev shuningdek, savdo-sotiq aksariyat xizmatlar singari onlayn yo‘lga qo‘yilganligini, undan unumli foydalanish lozimligini eslatib o‘tgan.

Hokimning ta’kidlashicha, 10-iyuldan uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shaxslarga tibbiy maslahat hamda axborot berishga qaratilgan tunu kun uzluksiz faoliyat ko‘rsatuvchi 1105 qisqa raqamli Call-markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shaxslarga joyiga chiqqan holda tibbiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan mobil guruhlar tashkil etiladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zingizga va oila a’zolaringizga nisbatan beparvo va befarq bo‘lmang! - Mirziyoyev

"Salomatligingizda biror noxushlik va kasallik alomatlarini his qilganingizda befarq bo‘lmang, darhol shifokorlarga murojaat qiling va nazoratda bo‘ling, o‘zingizni yakkalang va zarur muolajalarni o‘z vaqtida ko‘ring. Koronavirusni jamiyatning birligi, jipsligi va bu borada belgilangan barcha qoidalarga rioya qilishi bilangina yengishimiz mumkin. Bu masalada bizga yordam bering, salomat bo‘ling", - deya yakunlagan o‘z murojaatini Artikxodjayev.

O‘zbekistonda kuni kecha, 8-iyul kuni, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 092 nafarga yetdi.

Respublika Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatning yomonlashuvi tufayli karantin choralari keskin kuchaytiriladi.

Respublika hududida 10-iyuldan 1-avgustga qadar karantin choralari keskin kuchaytiriladi: avtotransport harakati va yirik jamoat obyektlari faoliyati cheklanadi.

Yangiliklar lentasi
0