Koronavirus O‘zbekistonga 15-martdan oldin kirib kelgan bo‘lishi mumkin – Otabekov

© Ministerstvo zdravooxraneniya respubliki UzbekistanGlavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov
Glavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sanitariya-epidemiologik nazorat inspeksiyasi bosh inspektori koronavirus mamlakatga 15-martdan avval ham kirib kelgan bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Koronavirus O‘zbekistonga 15-martdan oldin kirib kelgan bo‘lishi ham mumkinligi istisno qilinmadi. Bu haqda sanitariya-epidemiologik nazorat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Lechenie bolnix s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda birinchi chet ellik koronavirusdan vafot etdi

“Bir jihatga e’tibor beraylik. O‘zbekiston hududida birinchi bemor 2020-yilda 15-mart kuni qayd etildi. Biroq kasallik mamlakatimizga undan avval ham kirib kelgan bo‘lishi mumkinligini inkor etmaymiz. Biz birinchi aniqlagan bemorimizdan sarhisobni boshladik. Shundan keyin statistik raqamlar shakllandi”, — dedi Otabekov AOKAdagi Respublika maxsus komissiyasining karantin choralarini kuchaytirish borasidagi qarori yuzasidan brifingda.

O‘zbekistonda 15-mart kuni koronavirus Fransiyadan qaytgan fuqaroda rasman qayd etilgan edi. Shundan buyon 11 259 ta kasallanish holati aniqlangan. Bemorlarning 7 060 nafari tuzalib ketgan. Qurbonlar soni esa 47 nafarga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0