TOShKENT, 8-iyul - Sputnik. Charter reyslari jadvali Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qayta ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati.
6 – 19-iyul kunlariga belgilangan parvozlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
6 iyul Seul – Toshkent – Seul (Asiana airlines)
6 iyul Toshkent – Moskva – Toshkent (Uzbekistan Airways)
7 iyul Toshkent – Istanbul – Toshkent (Uzbekistan Airways)
8 iyul Toshkent – Seul – Toshkent (Uzbekistan Airways)
8 iyul Minsk – Toshkent – Minsk (Belavia)
10 iyul Seul – Toshkent – Seul (Korean airlines)
12 iyul Sankt-Peterburg – Toshkent – Sankt-Peterburg (Rossia)
13 iyul Seul – Toshkent – Seul (Asiana airlines)
13 iyul Toshkent – Moskva – Toshkent (Uzbekistan Airways)
15 iyul Moskva – Toshkent – Moskva (Ural airlines)
16 iyul Istanbul – Toshkent – Istanbul (Turkish airlines)
16-17 iyul Toshkent – Nyu-York – Toshkent (Uzbekistan Airways)
19 iyul Toshkent – Vladivostok – Toshkent (Uzbekistan Airways)
"Epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan xorijiy davlatlardagi mamlakatimiz fuqarolarini O‘zbekistonga olib kelish maqsadida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda reyslar sonini sezilarli darajada ko‘paytirish choralari ko‘riladi", - deb qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, sal oldin O‘zbekiston hududida 10-iyuldan 1-avgustga qadar karantin choralari keskin kuchaytirilishi, xususan, xalqaro aviaqatnovlar xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilgan holda ikki baravarga qisqartirilishi haqida xabar bergan edik.