Poytaxtda uch marta o‘tkazilgan bitta to‘yda 79 kishi COVID-19 yuqtirib oldi

© Sputnik / AlexTikhomirovSvadebnie kolsa
Svadebnie kolsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda to‘yga borgan 110 kishi koronavirus yuqtirib olgan. Poytaxtning Yunusobod tumanidagi oila 30 kishilik cheklovga rioya qilish maqsadida bitta to‘yni uch marta o‘tkazgan.

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. So‘nggi 14 kunda aniqlangan koronavirus holatlarining 52 foizi chet eldan kelgan fuqarolarda, 48 foizi esa mamlakat aholi orasida aniqlangan. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, aholi orasida to‘y, turli marosim va oilaviy tadbirlar virusning tarqalishiga xizmat qilayapti.

“Masalan, 4 ta to‘yda 110 ta kasallik aniqlangan, bundan tashqari, birgina Yunusobod tumanida o‘tkazilgan to‘yda 79 kishi virus yuqtirib olgan. 30 kishilik limitga rioya etish uchun bir kunda uch marta to‘y qilgan”, - dedi SSV rahbari.

Oxirgi bir oyda “O‘rikzor”da 35 ta, “Yunusobod” bozorida 39 ta, “Chorsu”da 11 ta, “Abu Saxiy”da 47 ta, Chilonzor buyum bozorida 52 ta koronavirus holati aniqlangan. Shuningdek, qurilish tashkilotlarida 200 dan ortiq kishida virus qayd etilgan.

Surxondaryoda hashamatli to‘y ommaviy karantin bilan tugadi

O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 10 838 taga yetgan. Bemorlarning 6 811 nafari tuzalishga muvaffaq bo‘lgan. 41 kishi esa virus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0