Jahon energetikasida xaos boshlanmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishNeftanoe mestorojdenie im. V. Filanovskogo
Neftanoe mestorojdenie im. V. Filanovskogo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon energetikasining boshlangan transformatsiyasi energiya manbalarining “turlari ichidagi” va “turlararo” keskin kurash bilan birga kelmoqda: energiyaning yangi manbalari eskilari bilan raqobatlashmoqda.

Aleksandr Sobko. Jahon energetikasining boshlangan transformatsiyasi energiya manbalarining “turlari ichidagi” va “turlararo” keskin kurash bilan birga kelmoqda: energiyaning yangi manbalari eskilari bilan raqobatlashmoqda.

Bloomberg Rossiyaning neft urushidagi asosiy kuzirini aytdi

O‘z navbatida, “ketayotgan” (tez bo‘lmasada, yaqin o‘n yilliklar ichida) deb e’lon qilingan neft va gaz ishlab chiqaruvchilari ham, yigirma-o‘ttiz yil ichida ularning mahsulotlari bunday hajmlarda kerak bo‘lmay qolishi va qisman sotilmay qolib ketadi deb qo‘rqib bir-birlari bilan raqobat qilishmoqda.

Bu, keskin inqiroz loyihalarning yangi to‘lqinini keyinga qoldirganida ayniqsa, STG sektorida yaqqol ko‘rinmoqda. Shunga qaramay, kompaniyalar ortiqcha ishlab chiqarish xavfiga qaramay, yangi zavodlar qurilishiga qaytishni rejalashtirmoqdalar, deb yozadi Aleksandr Sobko RIA Novosti uchun.

Ushbu raqobatda kim muvaffaqiyatliroq bo‘lishini qanday tushunish mumkin? Nolga yaqinlashishda biz avval past uglerodli energiya manbalarini bozorda qo‘llab-quvvatlash choralarini tushurib yuboramiz. Shunda biz o‘z tovarlari uchun minimal narxni taklif qilgan g‘alaba qozonishini hisoblab chiqishimiz mumkin. Minimal narx esa, o‘z navbatida, tannarxga qarab belgilanadi. Ko‘rinishidan, hammasi oddiy. Aslida, energetik va ayniqsa qayta tiklanadigan energetika kabi ko‘p kapital talab qiladigan sohalarda energiya yoki energiya tashuvchilarning qazib olish/ishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya qilingan mablag‘lar qiymatiga bog‘liq, va biz buni oddiy misollar yordamida muhokama qilgan edik.

Yangi misol: Ispaniyada energiyani shamol yordamida ishlab chiqarish iqtisodini tahliliga bag‘ishlangan hisobot chop etildi, ko‘plab loyihalar o‘rganib chiqildi. Shuningdek, mualliflar mablag‘lar qiymatining ta’sirini ham namoyish etdilar: ishlab chiqarilgan megavatt-soat elektr energiyasining qiymati 46 dan 127 dollargacha bo‘lgan narx oralig‘ida deyarli uch baravar o‘zgargan, moliyalashtirish qiymati o‘zgarishi noldan (kredit bo‘yicha foizlarni to‘lash yoki kiritilgan kapital bo‘yicha daromad to‘lash nuqtayi nazaridan “tekin pullar”) 15 foizgacha. Farq hayratlantiradi.

Lekin sarmoyalangan kapitalning asli qiymati qanday? Birinchidan, bu kredit qiymatiga bog‘liq ekanligi aniq. Va dunyodagi biz hozirda guvohi bo‘lib turgan asosiy stavkalarning pasayishi salbiy darajaga tushishi qandaydir tarzda kreditlar bo‘yicha foiz stavkalariga ham ta’sir qiladi. Bularning barchasi qayta tiklanadigan energiya loyihalarini energetika sohasidagi eng katta kapital qo‘yilmalarni talab qiladigan loyihalar sifatida qo‘llab-quvvatlaydi.

Novoe xranilishe gaza - Sputnik O‘zbekiston
"Gaz OPEK"i paydo bo‘ladimi va uni Rossiya boshqaradimi

Ammo bu, voqeaning faqat yarmi. Investitsiya qilingan kapital o‘z mablag‘lari va qarz mablag‘lari yig‘indisidan iborat. Bu holda, o‘z mablag‘larining foydagarchiligi kreditga olingan mablag‘larga nisbatan yuqori bo‘lishi kerak (o‘z mablag‘lariga xatar ko‘proq, chunki kreditlar birinchi navbatda qaytariladi). Bu yerda yana boshqa bir korrelyatsiya paydo bo‘ladi: qarz mablag‘lari ulushi qanchalik ko‘p bo‘lsa, energiya tashuvchi yoki energiya ishlab chiqarishning tannarxi shunchalar arzonroq bo‘ladi.

Shamol energiyasi bo‘yicha xuddi shu hisobotda modelli hisoblash misoli emas, balki real loyihalarni tahlil qilish misoli keltirilgan: qarz mablag‘larning ulushi 85 foiz holatida tannarx 40-60 yevro (bir megavatt/soat) atrofida va aksincha, qarz ulushi 10-15 foizni tashkil etsa, tannarx 160 yevroga yaqinlashadi.

Savol tug‘iladi: nimaga unda barcha kompaniyalar faqat qarz mablag‘lari bilan ishlamaydi? Darhaqiqat, bunday tendensiya mavjud. Agar ilgarilari yirik neft va gaz konlarini rivojlantirish asosan kompaniyalarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, qayta tiklanadigan energetikaning yangi loyihalariga jalb qilingan mablag‘larning katta hajmi hosdir.

Klassik neft va gaz loyihalarida ham, shuningdek, karzlar ulushi 70 foizgacha, ba’zan kamroq, kuzatilmoqda. Ammo nega unlari, arzonroq va foydalidir bo‘lsa, to‘laligicha kredit hisobiga moliyalashtirib bo‘lmaydi? Buning sabablari aniq: xavflar. Muvaffaqiyatsizlikka duch kelinsa, o‘z mablag‘larining ishtiroki ko‘p hollarda hech bo‘lmaganda kreditorlar bilan hisob-kitob qilishga imkon beradi. Boshqa tomondan, kreditorlarning o‘zlari ham, ushbu loyihani amalga oshirayotgan kompaniya ham o‘z mablag‘larini bu loyihaga investitsiya qilgan bo‘lsa, qarz berishga tayyor.

Va bu yerda nima sababdan qayta tiklanadigan energetika loyihalarida qarz mablag‘larining katta ulushi va kreditlashning stavkalari past bo‘lishi aniq bo‘ladi. Ularning xatarlari minimal deb hisoblanadi.

Stanok-kachalka - Sputnik O‘zbekiston
Ikki baravar foyda: Tramp tufayli oltin va neft rekord darajada qimmatladi

Birinchidan, hech bo‘lmaganda, yaqin vaqtlargacha shunday bo‘lgan: elektr energiya belgilangan narxlarda sotib olinadi.

Ikkinchidan, uzoq muddatli istiqbolda o‘nlab yillar davomida ularda energetika sektorini dekarbonizatsiya qilish sharoitida talabning pasayishi xavfi yo‘q deb hisoblanadi. Voqealar shu tarzda rivojlanishi shart emas (masalan, elektrenergiya narxlari pasayishi va kafolatli sotib olish tobora kamayishi), ammo qaror qabul qilishda aynan shu mantiqqa tayaniladi.

Bularning barchasi neft va gazga ham taalluqlidir, faqat energiya uzatish va dekarbonizatsiya xavfi fonida minus belgisi mavjud. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, kompaniyalar yangi neft va gaz loyihalarining faqatgina yuqori daromadliligi shartidagina investitsion qarorlarni qabul qilishga tayyor. Aynan shu taniqli tartibga soluvchi xavflarni aks ettiradi va agar narxlar kutilganidan past bo‘lsa, hech bo‘lmaganda natijada nol bilan chiqish imkonini beradi (chunki daromadlilik oldindan aytib bo‘lmaydigan kelajakdagi narxga ham bog‘liq). Natijada, yangi neft qazib olish uchun investitsion qarorni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan daromad darajasi endi 20 foizdan oshdi, STG uchun esa – 10 foizdan oshadi. Taqqoslash uchun: “shamol” va “quyosh” uchun – endilikda besh foizdan kam. Daromadlilik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, boshqa barcha teng shart-sharoitlarda tannarx ham shunchalik yuqori bo‘ladi.

Bunday holatlar nimaga olib keladi? Yaqinda yangi energiya sohasiga sodiq bo‘lgan Goldman Sachs investitsion bankining Carbonomics tadqiqotida boshqalar qatorida, quyidagi xulosalar chiqarildi.

Stanok-kachalka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda neft va gaz qazib olish kamaydi

Birinchidan, neft va gaz transmilliy korporatsiyalarining investitsiyalarida yangi energetika sohasi tomon keskin burilishlari kutilmoqda.

Avvalroq muhokama qilganimizdek, yashil energiyaga sodiqlik va energetik o‘zgarishga tayyorlik to‘g‘risida ko‘plab bayonotlarga qaramay, neft va gaz kompaniyalari o‘z kapital qo‘yilmalarining atigi uch foizini qayta tiklanadigan energetikaga yo‘naltirmoqdalar. Ammo yaqin yillarda, 2020-2021 yillarda, Goldman Sachs hisob-kitoblariga nazar tashlasak, ushbu ulush keskin ravishda 10-15 foizgacha ko‘tariladi.

Ikkinchisi va eng muhimi. Ushbu jihatlar fonida, prognoz 2020-yilda biz bozorda hali ham neft va suyultirilgan gaz tanqisligini ko‘rishimiz mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu paradoks tuyuladimi? Shuni yodda tutishimiz kerakki, taqchillik davri (va shunga mos yuqori narxlar ham) yigirma yilga cho‘zilmasligi ham mumkin, yirik loyihalarga investitsiyalar qoplanishi aynan shuncha vaqtni oladi.

O‘z navbatida, STG tanqisligi shubha ostida qolayotganini ta’kidlaymiz (ishtirok etishni istaganlar juda ko‘p: bu juda arzon gazga ega Qatar va to‘laqonli bozor qoidalariga xos bo‘lmagan qarorlar qabul qilinishi mumkin bo‘lgan AQSh). Ammo neft sohasida mavjud past narxlar va yetarlicha investitsiyalar kiritilmasligi fonida taqchillik deyarli amalga oshishi mumkin.

Amerikaning ExxonMobil va Chevron transmilliy korporatsiyalari hiyla ishlatishga va dunyodagi an’anaviy ishlab chiqarishlarining bir qismini slanes qazib olishga almashtirishga qaror qildi. Bunda investitsion sikl qisqaroq va kelajakda talabning pasayishiga munosabat bildirosh osonroq. Ammo joriy narxlarda bu yechim ham eng maqbul ko‘rinmaydi.

Xulosa qilamiz. Qaysi energiya manbai arzonroq degan savolga oddiy javoblar yo‘q. Barchasi investitsiyalarning daromadliliga bog‘liq, u esa hatto bir hil energiya tashuvchi doirasidagi loyihalarning har birida o‘zgarishi mumkin. Va neft va gaz va yangi energiyani taqqoslashda ba’zan bir necha baravarga farq qilishi mumkin.

Vodrujenie znamen Krasnoy armii nad Reyxstagom dostupno v formate VR-rekonstruksii   - Sputnik O‘zbekiston
Har o‘ninchi amerikalik Ikkinchi Jahon urushida AQSh Rossiyaga qarshi urush qilgan deb hisoblaydi

Eng sodda ko‘rinishda bu qarama-qarshi taqqoslashdir, bunda qayta tiklanadigan energiya manbalari yangi loyihasi arzon kredit olishi mumkin, yangi ko‘mir loyihasi esa uni foizlaridan qat’iy nazar ololmaydi - ba’zi banklar ko‘mirni moliyalashtirishdan bosh tortmoqda.

O‘z navbatida, daromadlilik har qanday holatda ham kelajakdagi narxlarga bog‘liq, narxlarni esa faqat bashorat qilish mumkin. Natijada, tannarx - o‘zining ichidagi bir narsa bo‘lib chiqmoqda.

Agar buni o‘qiyotgan odamda kutilmaganda, yuqorida muhokama qilingan holatlar uni kelajakdagi dunyo energetikasini bashorat qilishda yordam bermadi degan taassurot qoldirgan bo‘lsa, demak shunday bo‘lishi kerak.

Hozirgi vaqtda energetika sohasi duch kelayotgan noaniqliklar yig‘indisi yangi norma bo‘lib qolmoqda. Yuqorida keltirilgan moliyaviy jihatlardan qisman paradoksal xulosalar esa faqat ushbu noaniqlikni ta’kidlaydi.

Yangiliklar lentasi
0